Namangan davlat universiteti kimyo kafedrasi


II. XULOSA…………………………………………………………………



Download 425,83 Kb.
bet2/8
Sana11.07.2022
Hajmi425,83 Kb.
#775571
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
NEFTNI ATMOSFERA–VAKUUM SHAROITIDA HAYDASH NATIJASIDA OLINGAN FRAKSIYALARNI TARKIBINI O’RGANISH

II. XULOSA…………………………………………………………………..
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.........................................................












KIRISH
Organik birikmalarni ishlab chiqarish qadimdan boshlangan, ammo u uzoq yillar davomida tabiiy materiallar tarkibidagi mahsulotlarni (qand-shakar, skipidar, o'simlik va hayvon moylari hamda yog'lari va boshqalar) ajratib olishga asoslangan yoki murakkab tabiiy mahsulotlarni oddiy moddalarga (oziq-ovqat mahsulotlarini spirt va sirka kislotasiga, yog'larni sovun va gliseringacha) parchalashga asoslangan edi.
XIX asrning o'rtalariga kelib organik kimyo taraqqiyotida yirik muvaffaqiyatlar qo'lga kiritildi. A.M.Butlerovning organik modda­larning tuzilish nazariyasi yaratildi, fizika, kimyo va texnik fanlarning yutuqlari, toshko'mirni kokslashdan hosil bo'luvchi qo'shimcha mahsulotlarga asoslangan xomashyo bazasining yaratilishi va boshqalar, organik sintezning paydo bo'lishiga, ya'ni, oddiy moddalardan murakkab moddalarni olishga olib keldi.
O'zbekiston neftgaz sanoati ayni kunda mamlakat iqtisodiyotining eng yirik tarmoqg’i hisoblanadi va energetikaning muhim asosini tashkil etadi.
Hozirgi zamon jahon neftni qayta ishlash sanoati yoqilg’ilar sifatiga, chiqindi gazlarning midqoriga bo’lgan talabning ortishi bilan xarakterlanadi. Yonganida atmosferaga qo’rg’oshinning zaharli birikmalari chiqaradigan etilirlangan benzin ishlab chiqarish tabora kamayib bormoqda.
O’zbekistonda ham dunyoning boshqa davlatlari kabi qo’rg’oshin birikmalarisiz benzin ishlab chiqarish va ekologik toza benzinga to’liq o’tish, atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi sog’ligini saqlash borasidagi eng muhim yo’nalshlardan biri hisoblanadi.
Hozirgi kunda rivojlangan davlatlarda benzinning oktan sonini oshirishda aromatik aminlar, oksigenatlar- alifatik spirtlar, oddiy efirlar (metil-uchlamchi butil efiri) metallosenlardan foydalanilmoqda. Aromatik aminlar va metallosenlarning qimmatligi va xom ashyo bazasining mavjud emasligi ulardan katta miqdorda foydalanishga imkon bermaydi. Shuning uchun ham arzon sanoat xom ashyolari asosida yangi, ekologik toza oktan sonini oshiruvchi qo’shimchalar yaratish va ishlab chiqarish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Mazkur mavzuni tanlashimdan asosiy maqsad Respublikamizdagi neft va gaz kondensatlariga asoslangan kimyo sanoati korxonalari, hamda ulardan samarali foydalanishni o’rganish maqsad qilib olingan. Ma’lumki, hisob-kitoblarga ko’ra, hozirga kelib, dunyo mamlakatlarining energiyaga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun yer-dagi organik yonilg’ilar zahirasi taxminan 150 yilga, jumladan, neft 35-40 yilga, gaz 50 yilga, ko’mir esa 425 yilga etishi aniqlangan.
Ko’mir zahiralari neft va gaz zahiralaridan ikki marta ko’p. Olimlarning fikriga ko’ra, energiya manbalarining asosini tashkil qiluvchi neft va gazni tejab-tergab ishlatish uchun ulardan olinadigan sintetik mahsulotlar, turli xil xom ashyolarni ko’mirni qayta ishlash hisobiga almashtirish lozim. Qazib olish jarayonlarida texnologik jarayonlarni talab darajasida takomillashmaganligi natijasida, ko’mirning 45 foizi, neftning esa 60 foizi yer bagrida qolib ketmoqda. Neft konlaridan neftni to’la qazib olish kabi muhim vazifani hal etish uchun qatlamlararo bosimni oshirish, issiq suyuqliklar va elektr zaryadlari yordamida neftning qovushqoqlik xossasini kamaytirish usullarini qo’llash lozim. Energetik muammolarni hal etishning muhim yo’nalishlaridan biri — gaz bilan birga olinadigan, ammo gaz quvurlarida tashish imkonini bermaydigan gaz kondensatlaridan foydalanishdir. Ulardan foydalanishning eng maqbul yo’li ularni dizel yonilg’isigacha qayta ishlashdir. Kondensatlardan olingan dizel yonilg’ilarining toksiklik darajasi ancha kam bo’ladi. Bunday yonilg’ilarga ishlagan avtotransportlar sundirg’ichlaridan chiqadigan gazlar tarkibida konserogen moddalar odatdagi dizel yonilg’isidagiga nisbatan 30 foiz kam bo’ladi. Yaqin kelajakda benzin, kerosin va boshqa yonilg’ilarni ko’mir tarkibidan olish, shuningdek, noan’anaviy energiya manbalaridan va ikkilamchi energetik resurslardan keng foydalanishni yo’lga qo’yish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga mavjud energiya manbalari energayasidan tejab-tergab foydalanish lozim.
Respublika hoyob yoqilg’i–energetika resruslariga va qudratli energetik bazaga ega. O’rganilgan gaz bazasi salkam 2 trillion kubometr, ko’mir zahirasi 2milliard tonnadan ortiqdir. Bizda 160 dan ziyod neft konlari bor. Neft, gaz va kondensat zahiralari o’z talablarimizni to’la ta’minlabgina qolmay, energiya manbalarini chetga chiqarish imkonini ham beradi. Bugun bu sarmoya sarflashning eng foydali sohalaridan biridir.
Bugungi kunda O’zbekistonning yer ostida juda katta neft va gaz qatlamlari bor. Respublika hududining salkam 60 % ni ularni qazib olish uchun istiqbolli hududlar hisoblanadi.
Beshta asosiy neft–gaz mintaqsini; Ustyurt, Buxoro–Xiva, Janubiy–G’arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg’ona mintaqalarini ajratib ko’rsatish mumkin. Neft resruslari bo’yicha umumiy imkoniyat 4 milliard tonnadan ortiq. Gaz kondensati bo’yicha 630 million tonna, tabiiy gaz bo’yicha salkam 5 trillion kubmetrni tashkil etadi. Neft va gaz resruslarining zahiralari qiymati bir tirilliondan oshib ketadi.
Sho’rtan gaz -kimyo majmuida olingan propandan respublika rezina texnika va avtomabil sanoati uchun zarur bo’lgan nitril – aksil kislotasi , nitron tolasi olish uchun tegishli texnologiyalar joriy etish uchun foydalanish mumkin.
-Respublikada gaz transportining keng shaxobchali tizimi vujudga kelgan. U MDH mamlakatlari gaz quvurlarining yagona tizimiga chiqadigan umumiy uzunligi 12 ming km bo’lgan to’qqizta magistral gaz quvurlarini o’z ichga oladi.
Hozirgi kunda O’zbekistonning davlatlararo magistral gaz quvurlari, Turkmaniston–O’zbekiston–Qozog’iston–Xitoy va O’zbekiston–Afg’oniston–Pokiston gaz quvirlari qurilishida ishtirok etish masalasi ko’rib chiqildi va 2012 yilning may oyida shu quvurlarning ochilish mavzusida konfrensiya bo’lib o’tdi.
-Qashqadaryo neft va gaz kabi qimmat baho xom ashyolarning ulkan zahiralari bilan dunyoga mashhurdir. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan tabiiy gazning 88% i neftning esa 92% Qashqadaryo hududidan qazib olinayotganidan yaqqol ko’rishimiz mumkin.
-Sho’rtan gaz–kimyo majmiyi nafaqat Qashqadaryo zaminida, balki yurtimizning boshqa mintaqalari va hududlarida yangi–yangi ishlab chiqarish tarmoqlarining vujudga kelishiga va rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Eng muhimi, bu ulkan korxona mamlakatimiz sanoat bilan birga nihoyatda zarur bo’lgan xom ashyosi, plyonka, syultirilgan gaz suv va gaz quvurlari, boshqa ko’plab texnik uskunalar, uy–ro’zg’or buyumlari ishlab chiqarib, davlatimizning iqtisodiy qudratini oshirishga salmoqli hissa qo’shadi.

Download 425,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish