laboratoriya ishi №2
MODDALARNI AJRATISH VA TOZALASH USULLARI
T ajriba №1. Moddalarni kristallash.Asbob va reaktivlar: benzoy kislota, asetanilid yoki sulfanil kislota, 50 ml.li kimyoviy o’tga chidamli stakan, elektr plita (yopiq), shtativ, voronka, filtr qogoz.
Ishning bajarilishi: Tozalanmagan, asetanilid, sulfanil kislota yoki benzoy kislotasidan 1g tarozda tortib olib, 50 ml stakanga soling. Ustiga oz-ozdan suv quyib aralashtirib turing va qaynagunicha extiyotkorlik bilan qizdiring. Moddaning hammasi erib ketguncha suv quyishni davom ettiring. (15-20 ml) va qaynoq eritmani filtr qog’ozli voronkadan o’tkazing. Filtrni suv jo’mragi tagida sovuting va hosil bo’lgan kristallni filtr yordamida ajrating, so’ng quriting. Quritilgan kislotani tarozda o’lchang. Toza olingan kislotaning chiqimini hisoblang.
Do'stlaringiz bilan baham: |