Mundarija.
|
3
|
1. O’quv materiallar
|
4
|
1.1 Ma’ruzalar
|
4
|
1.2. Seminar mashg’ulotlarning har bir mavzu bo’yicha
|
64
|
1.3. Laboratoriya mashg’ulotlarining har bir mavzusi bo’yicha
|
74
|
2. Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari
|
132
|
3. Glossariy
|
154
|
4.Ilovalar
|
159
|
4.1. Fan dasturi
|
159
|
4.2. Ishchi fan dasturi
|
169
|
4.3. Test savollari
|
177
|
4.4. Yozma ish savollari
|
181
|
4.5. Joriy,oraliq va yakuniy nazorat savollari
|
183
|
4.6. Ishchifandasturigamuvofiqbaholashmezonlariniqo’llashbo’yichauslubiyko’rsatmalar
|
191
|
1. O’quv materiallari
MARUZA 1
“Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi” predmeti, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari.
Reja: “Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi ” predmeti, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari. Organik kimyoda nazariy tushunchalarning paydo bo’lishi va rivojlanishi. Vitalizm, radikallar va tiplar nazariyalari. Organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi. Organik kimyoda nazariy tushunchalarning rivojlanishiga xissa qo’shgan olimlarning ishlari.
Organik kimyo faniga olimlar turlicha ta'rif berishgan.“Organik kimyo uglerod birikmalarining kimyosi” (A.Kekule 1851y). Aniqroq ta'rifni 1889 yili K Shorlemmer bergan: “Organik kimyo uglevodorodlar va ularning xosilalarini o’rganadigan fandir”. Lekin bu ta'rif xam anorganik va organik kimyo o’rtasidagi farqni ko’rsata olmaydi, chunki CO2, CO, K2CO3, Na2CO3 va boshqalarni anorganik va organik moddalarning xosilasi deb aytish mumkin. Xamma organik birikmalar asosan uglerod, vodorod va boshqa element atomlaridan tashkil topgan. Organik kimyoning zamonaviy ta'rifi quyidagicha: “Organik kimyo uglerodning boshqa elementlar bilan xosil qilgan birikmalarini o’rganadigan fandir”. Organik birikmalarning tabiiy manba'lariga neft, tabiiy gaz, ko’mir, slanetslar, torf, yoqoch.qishloq xo’jalik maxsulotlarining chiqindilari kiradi. Bu manba'lardan organik birikmalar turli usullar bilan ajratib olinadi.Organik birikmalar asosan sintez qilib olinadi.Ma'lumotlarga qaraganda 7-8 million organik moddalar mavjud b’lib, bir kunda taxminan 500 ta yangi modda sintez qilinadi.
Organik kimyoni aloxida fan qilib o’qitishning asosiy sabablari:
Ma'lum bo’lgan organik birikmalarning turli-tumanligi va ko’pligi (7-8 mln.);
Organik birikmalarning tez o’zgaruvchanligi. Ular xarorat ta'sirida suyuqlanadi, parchalanadi va oson yonadi.
Organik birikmalar tarkibining murakkabligi (C6H10O5)n nq10-100000;
Organik birikmalar dissotsiyalanmaydi, chunki uglerod-uglerod orasidagi boq kovalent boqdir.
Organik birikmalarning reaksiyalari sekin, vaqtning o’tishi bilan boradi;
Organik birikmalarda izomeriya xodisasi mavjud. M-n: C5H12 uglevodorodning uchta izomeri bor: CH3CH2CH2CH2CH3 n-pentan, CH3CH(CH3)CH2CH3 2-metilbutan, CH3C(CH3)2CH3 2,2-dimetilpropan.
Do'stlaringiz bilan baham: |