Organik kimyo nazariy tushunchalarini rivojlanishi
Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi va reaksiyaga kirishish qobiliyati, molekuladagi atomlarning boqlanishi to’qrisidagi ta'limot, molekuladagi atomlarning o’zaro ta'siri va kimyoviy reaksiyaga kirishishi organik kimyoning nazariy asoslaridir.
Radikallar nazariyasi: organik kimyoning birinchi tuzilish nazariyasi radikallar nazariyasidir. I. Bertselius anorganik birikmalarning kimyoviy boqlarini elektrokimyoviy nazariyasini yaratgan. Bu nazariyaga asosan xamma birikmalar qarama-qarshi ionlardan tashkil topgan va ular o’zaro elektrostatik tortilib turadi. Organik birikmalarda ionlarning o’rnida radikallar bo’lib, bu radikallar reaksiyalarda bir moddadan ikkinchisiga o’zgarmasdan o’tadi. M-n: C6H5-COOH, C6H5-CHO, C6H5-COCl. Ammo keyinchalik radikallar nazariyasi inqirozga uchradi, ya'ni organik birikmalarning vodorodi o’rniga xlor va boshqa guruxlarni almashtirish mumkinligi aniqlandi.. M-n: CH3H == CH3Cl
Do'stlaringiz bilan baham: |