Namangan davlat universiteti kimyo kafedrasi organik birikmalarning tuzilish nazariyasi



Download 5,96 Mb.
bet28/216
Sana31.12.2021
Hajmi5,96 Mb.
#233202
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   216
Bog'liq
2 5231100923341704252

3. Dispersion kuchlar. Molekula dinamik sistemadir, unda elek-tronlar xar doim xarakatda va yadro tebranishda bo`ladi, shuning uchun zaryadning xamma vakt teng taksimlanishi mumkin emas. Masalan, Sl2 molekulasi qutbsiz molekuladir. Uning dipol’ momenti nolga teng. Lekin xar bir onda zaryadning xlor atomlaridan biriga siljishi va bi-ror onli mikrodipol’ xosil bo`lishi mumkin. Atomda yoki molekulada elektron xolatining o`zgarishi juda tez; sekundiga ≈10-16 marta sodir bo`ladi. Oniy dipol’ kushni molekula bilan tortishishi mumkin. Bu kuchlar dispersion kuchlar deyiladi. Bu kuchlar fakat molekulalar ora-sidagina bo`lmay balki atomlar orasida xam sodir bo`ladi. Dispersion ta`sirlanishsiz suyuk xolatda qutbsiz molekulalarni olib bo`lmay-di. Molekulalararo kuchlar fakat tortishish kuchlari ekanligini alo-xida takidlab utamiz. Ular kimyoviy kuchlar ta`siridan printsipal fark qiladi ( chunki kimyoviy ta`sir kuchlarida tortishish xamda itarish kuchlari mavjud) molekulalararo kuchlarining energiyasi 1,67-17,55 J/mol’ bilan ifodalanadi.
Uglerod atomi elementlar davriy sistemasida II davrda, IV gruppasida 6-o`rinda joylashgan elementdir. 6 ta protoni bor uglerod yadrosi atrofida 6 ta elektron harakatlanadi. Bu elektronlardan 2tasi 1-pog’onada harakatlanadi. N.Borning korpuskulyar modeli bo`yicha elektronlar doiraviy va elliptik orbitalarda harakatlanadi. Bu orbitalar bilan yadro orasidagi masofa qat`iy chegaralangan. elektron bir orbitadan ikkinchisiga o`tishi uchun nur ko`rinishidagi energiya yutilishi yoki ajralib chiqishi kerak.

Em - En= h

YAdro bilan orbitalar orasidagi masofa oddiy butun sonlar kvadratiga proportsional ravishda ortib boradi. Bu sonlar kvant sonlar deb ataladi. Orbitada harakatlanayotgan elektron holati 4 ta kvant son bilan harakterlanadi: n, l, m, s.

n – bosh kvant son, u elektron qavatning yadrodan qanday uzoqligini bildiradi 1 dan n gacha bo`lgan sonlar qiymatiga ega bo`ladi: n =1, 2, 3... n.

Bu elektron qobiqlar yana K, L, M, N, ... kabi harflar bilan ham ko`rsatiladi.

Elliptik orbitani xarakterlash uchun yon (l) va magnit (m) kvant sonlar qo`llaniladi.

lyon kvant son elliptik orbitaning kichik o`qini xarakterlaydi. elliptik orbitaning katta o`qi bosh kvant son n bilan xarakterlanadi. Yon kvant son 0 dan n–1 gacha bo`lgan butun sonlar bilan ifodalanadi. l= 0, 1, 2, 3, . . . n–1. m – magnit kvant son elliptik orbitaning fazoda qanday joylashganligini belgilaydi. U –l dan ...0 +.lgacha bo`lgan qiymatlarga ega bo`ladi. s – spin kvant son elektronning o`z o`qi atrofida aylanish impul’sini ko`rsatadi va -1/2, +1/2 qiymatlarga ega bo`ladi. Bu qiymatlar uning chapga va o`ngga aylanishini ko`rsatadi. Pauli printsipiga ko`ra, orbitada harakatlanayotgan elektronlar bir-biridan kamida 1 ta kvant son bilan farq qilishi kerak. SHuning uchun pog’onada bo`lishi mumkin bo`lgan elektronlarning maksimal soni N=2n2 ga teng bo`ladi, bunda n – bosh kvant son.

SHunday qilib q1 bo`lganda (1-qavat, K-qavat) l=0; mq0; s=±1/2 bo`ladi, ya`ni 1-elektron qavatda 2 tagina elektron bo`ladi, xolos. nq2 bo`lganda (2-qavat, L-qavat) l=0, 1; m=-1, 0, +1; s=±1/2 qiymatlarga ega bo`ladi, ya`ni 2-qavatda 8 ta elektron ko`pi bilan bo`lishi mumkin va h.k. elektronning l q0 bo`lgan hamma holatlari shar simmetriyasiga ega bo`lib, elektronning bu holati s holat (s-elektronlar) deb ataladi. Uglerod atomida 1-elektron qavatda 2 ta (n=1; l=0), 2-qavatda ham 2 ta (n=2; l=0, 1) s-elektronlar bor. elektronning l=1 bo`lgan holatini p-holat (p-elektronlar), l=2 bo`lgan holatini d-holat (d-elektronlar) deyiladi va h.k. Uglerod atomining 2-elektron qavatida 2 ta p-elektron mavjud.

SHunday qilib uglerod atomining elektron tuzilishi quyidagicha:



Atomning to`lqin-mexaniq modeliga ko`ra elektron zarracha emas, balki to`lqin tabiatga ega deb qaraladi. SHuning uchun De-Broyl’ tenglamasiga ko`ra m massali  tezlikda harakatlanayotgan zarracha to`lqin tabiatiga ega bo`ladi:

YAdro atrofida aylanayotgan elektron sinusoidal harakatga ega deb qaraladi va uning SHredinger tenglamasi bilan ifodalanadi:

bunda,- Laplas operatori;  - tebranish amplitudasi; E – umumiy energiya; V – potentsial energiya. Endi Borning orbitalari elektronlarning bo`lishi mumkin bo`lgan oblastga aylanadi. Uni atom orbitalari (AO) deyiladi. Masalan: s-orbital, p-orbitallar atom orbitallardir. Bu orbitallar mos ravishda shar simmetriyasiga va gantel’ formasiga ega.



Organik birikmalarda biz uch xil uglerod-uglerod kovalent bog’ida duch kelamiz. Bular oddiy (S-S), qo`sh (SqS) va uch (CC) uglerod-uglerod bog’lardir. Bu bog’larni p, sp3, sp2 va sp-atom orbitallari hosil qiladi. Bog’ hosil bo`lishida ikkita atom orbitallari (AO) ikkita molekulyar orbital (MO) ga aylanadi. Bu molekulyar orbitallardan biri bog’lovchi, ikkinchisi esa bo`shashtiruvchi molekulyar orbitallardir. Bog’lar hosil bo`lishini tushuntiruvchi metodlardan biri – molekulyar orbitallar metodi bo`yicha bog’lovchi molekulyar orbital hosil bo`lishi uchun atom orbitallar funktsiyalarining ishorasi bir xil bo`lishi kerak. Turli ishoraga ega bo`lgan atom orbitallari esa bo`shashtiruvchi molekulyar orbital hosil qiladi. Masalan, C-C oddiy uglerod-uglerod -bog’ining hosil bo`lish sxemasini quyidagicha ko`rsatish mumkin:

Uglerod-uglerod qo`sh bog’ hosil bo`lganda bog’larning biri -, ikkinchisi esa -bog’ bo`ladi. - bog’ni ikkita uglerod atomiga tegishli 2 ta sp2-gibrid atom orbitallari yuqoridagi sxemadagi kabi hosil qiladi. p-atom orbitallarining ta`sirlashuvi natijasida -bog’ning hosil bo`lish sxemasini quyidagicha tasvirlash mumkin:



-bog’lovchi MO elektronlari o`qi yotuvchi tekislik molekula atomlari yotuvchi tekislikka perpendikulyar bo`ladi. -bog’ning bunday tuzilishi , -almashingan olefinlarda geometrik (tsis-trans) izomerlarning paydo bo`lishiga sabab bo`ladi.

Uglerod-uglerod uch bog’idagi bog’lardan biri -bog’ bo`lib, bu bog’ni uglerodlarning sp-gibrid atom orbitallari hosil qiladi. Qolgan ikkita bog’ -bog’ bo`lib, ular p-atom orbitallarining juft-juft bo`lib ta`sirlashuvidan hozirgina keltirilgan sxemadagi kabi hosil bo`ladi.

Atsetilen molekulasidagi -bog’lovchi MO larni quyidagicha tasvirlash mumkin:






Download 5,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish