Ionlanish energiyasi. Neytral atomdan bitta elektronni tortib olishga ketgan energiyaga ionlanish energiyasi deyiladi.
Elektronga moyillik. Neytral atomga bitta elektronning birikishi natijasida ajralib chiqqan energiya elektronga moyillik deyiladi.
Elektromanfiylik – molekuladagi atomning bog’ elektronlarini o’ziga tortish xususiyatidir. Element atomining elektromanfiyligi elementlarning davriy sistemasida davrlarda chpdan o’ngga, gruppalarda pastdan yuqoriga qarab ortib boradi.
Vodorod bog’ - bir molekuladigi elektromanfiyligi kata bo’lgan azot, kislorod, ftor elementlari bilan bevosita qutbli kovalent bog’ hosil qilgan vodorod atomining ikkinchi molekulaga azot, kislorod va ftor atomlari bilan hosil qilgan kuchsiz bog’i.
Do'stlaringiz bilan baham: |