IYUPAK (sistematik) nomenklaturada nomlash
Alkanlarni IYUPAK bo`yicha nomlash uchun quyidagi tartib qabo`l qilingan:
1.Asos sifatida uglerod atomlarining eng uzun zanjiri tanlab olinadi. Zanjirga boғlangan alqil radikali o`rinbosar sifatida qaraladi;
2.Tanlab olingan eng uzun zanjir nomerlanadi. Nomerlash zanjirning tarmoqlanishi chetga yaqin bo`lgan tomonidan boshlanadi;
3.Agar zanjirning bitta yoki bir nechta uglerod atomlarida o`rinbosarlar joylashgan bo`lsa nomlanganda nomer xar bir o`rinbosarga qo`yiladi va vergul bilan ajratiladi, bir xil o`rinbosarlarning soni di-, tri-, tetra- va x.k. grek sonlari bilan ko`rsatiladi. M-n:
Alkenlarni sistematik nomenklaturada nomlash uchun tegishli alkanning an qo`shimchasi en ga almashtiriladi:
CH2=CH2 etenCH3CH=CH2 propen
CH3CH2CH=CH2 buten-1CH3CH=CHCH3 buten-2
1. Allen turidagi dien uglevodorodlar. M-n:
C=C=C CH2=C=CH2allen, propadien
CH3-CH=C=CN2 metilallen, butadien-1,2
2. Kon’yugirlangan boғ tutgan dien uglevodorodlar. M-n:
3. Ajratilgan boғ tutgan dien uglevodorodlar. Qo`sh bog’lar bir-biridan (CH2) guruxlar orqali ajratilgan bo`ladi.
CH2CH-CH2-CHCH2 divinilmetan, pentadien-1,4
CH2CH-CH2-CH2-CHCH2 diallil, geksadien-1,5
Galogenuglevodorodlarni nomlash uchun eng uzun zanjir tanlab olinadi.Uglerodatominomerlanadi. So`ngranomi quyidagichayoziladi:
CH2CHCl vinil xlorid, 1-xloreten
CH2CHBr vinil bromid, 1-brometen
CH2CHCH2Cl allil xlorid, 3-xlorpropen
CH3CHCHCH2Cl 1-xlorbuten-2
Metallorganik birikmalarning nomlanishi uglevodorod qoldig’i va metall nomlaridan xosil bo`ladi:
CH3Na-metilnatriy, C6H5Na-fenilnatriy, (C2H5)2Hg-di-etilsimob va x-zo.
To`yingan spirtlar 3 xil-karbinol bo`yicha, sistematik va tarixiy nomenklaturalar asosida nomlanadi. M-n:
Oddiy efirlar quyidagicha nomlanadi:
C2H5-O- C2H5 dietil efiri; etoksietan
CH3-O- CH3 dimetil efiri; metoksimetan
CH3-CH2-O- CH3 metiletil efiri, metoksietan va x-zo.
To`yingan spirtlar tarkibidagi qo`sh bog’ yoki uch bog’ bo`lishi mumkin va ular quyidagicha nomlanadi: Masalan,
Tarkibida ikkita gidroksil gurux tutgan bo`lsa glikollar deyiladi. Gidroksil guruxlar 1,2; 1,3 va x-zo xolatlarda joylashgan bo`lishi mumkin:
a-glikollarda ON-guruxlar yonma-yon joylashgan bo`ladi:
b-glikollarda ON-guruxlar 1,3-xolatda joylashgan bo`ladi:
-glikollarda ON-guruxlar 1,4-xolatda joylashgan bo`ladi:
Karbon kislotalarni tarixiy va sistematik nomenklaturada nomlanadi. Karbon kislotalarni sistematik nomenklaturada nomlash uchun uglevodorod nomiga kislota so`zi qo`shib aytiladi. M-n:
H-COOH metan kislota, chumoli kislota
CH3COOH etan kislota, sirka kislota
CH3-CH2COOH propan kislota, propion kislota
CH3(CH2)2COOH butan kislota, moy kislota
Ammo ko`p kislotalar tarixiy nomda nomlanadi.
Ba`zida tarmoqlangan tuzilishga ega bo`lgan kislotalarni nomlashda a-, b-, g-, xarflaridan foydalaniladi:
Kislotalarni sirka kislota asosida xam nomlash mumkin.M-n:
To`yingan ikki asosli kislotalar tarixiy nomlash va sistematik nomenklaturalar bilan nomlanadi. M-n:
HOOC-COOH oksalat kislota, etandikislota,
HOOC-CH2-COOH malon kislota, propandikislota,
HOOC-CH2- CH2-COOH qaxrabo kislota, butandikislota va x-zo.
Ratsional nomenklaturada aminlar uglevodorod qoldig’i asosida nomlanadi. M-n: CH3NH2 metilamin, CH3NHC2H5 metiletilamin, N(CH3)3 trimetilamin va x.k. Sistematik nomenklaturada uglevodorod nomiga amino so`zini qo`shib nomlanadi, raqam bilan esa aminoguruxning o`rni ko`rsatiladi:
NH2- amino, -NH-CH3 metilamino va -N(CH3)2 dimetilamino guruxlardir.
Agar molekulada turli darajada almashgan azot atomlari bo`lsa, bunday aminlar quyidagicha nomlanadi. M-n:
NH2-CH2-CH2-NH2 ‘ etilendiamin, 1,2-diaminoetan
H2N-(CH2)6-NH2 geksametilendiamin
Okso-kislotalar-tarkibida xam karbonil, xam karboksil gurux tutgan birikmalardir. Agar karbonil gurux al’degid guruxi bo`lsa al’degidokislotalar, karbonil gurux keton guruxi bo`lsa keto-kislotalar bo`ladi.
Bu moddalar xam karbonil birikmalar, xam karbon kislotalar kabi reaktsiyaga kirishadi.
Aminokislotalar-molekulasi tarkibida xam amino-(-NH2), xam karboksil -(-COOH) guruxi bo`lgan moddalardir.
Oqsil tarkibiga kiruvchi a-aminokislotalar o`ziga xos nomlarga ega.M-n:
NH2-CH2-COOH - glikokol, glitsin
Alitsiklik uglevodorodlarga misollar:
siklopropilsiklogeksilmetan siklopentilsiklogeksan
Do'stlaringiz bilan baham: |