O'zbekiston Respublikasi ichki va tashqi investitsiyalarlarning nisbati (yakunga nisbatan foizlarda)
Yillar
Investitsiya
|
2001
|
2002
|
2003
|
2004
|
2005
|
2006
|
2007
|
2008
|
Jami
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
Jumlandan:
- ichki investitsiyalar
|
78,3
|
75,3
|
79,6
|
80,7
|
75,5
|
80,8
|
76,7
|
|
- xorijiy investitsiya
|
21,7
|
24,5
|
20,4
|
19,3
|
24,5
|
19,2
|
23,3
|
|
Ulardan:
kreditlar
|
18,3
|
19,7
|
15,4
|
12,2
|
17,1
|
10,9
|
17,7
|
|
To' g'ridan- to' g' ri investitsiya
|
3,4
|
4,8
|
4,7
|
7,1
|
7,4
|
8,3
|
5,6
|
|
3. O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarishni
mahalliylashtirish masalalalari.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Inqirozga qarshi choralar dasturida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, oziq-ovqat va boshqa iste'mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishni rag'batlantirish tadbirlari ahamiyatli o'rin tutadi.
Mahalliylashtirish dasturi o'z mazmuniga ko'ra respublikamiz korxonalarida zamonaviy talablarga javob beruvchi, raqobatbardosh va import o'rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini oshirish, asossiz import hajmini qisqartirish, eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish, yangi ish joylarini yaratish kabi maqsadlarni namoyon etadi. Mazkur dasturning rivojlanish bosqichlari Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan bir qator me'yoriy hujjatlar, jumladan: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 14 yanvardagi 18-sonli qarori; O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 22 iyundagi PQ-386-sonli qarori; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2007 yil 8 maydagi 93-sonli qarori; O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 maydagi PQ-879-sonli qarori; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 3 iyuldagi 149-sonli qarori orqali belgilab berilgan.
Mamlakatimizda mahalliylashtirish jarayonlarining salmoqli natijalarga erishishida ishlab chiqaruvchilarga berilgan imtiyoz va qulayliklarning roli beqiyosdir. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 maydagi PQ-879-sonli qaroriga ko'ra butlovchi qismlar va detallar, tayyor mahsulotlar, materiallar va xom-ashyo turlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar 2011 yil 1 yanvargacha:
chetdan keltiriladigan texnologik asbob-uskunalar va ular uchun ehtiyot qismlar, shuningdek mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarishda texnologik jarayonda foydalaniladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan komponentlar uchun bojxona to'lovlari (bojxonada rasmiylashtirish yig'imlaridan tashqari);
mahalliylashtirish loyihalari bo'yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar bo'yicha foyda solig'i, yagona soliq to'lovi (soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qo'llaydigan sub'ektlar uchun);
mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari bo'yicha mulk solig'i to'lashdan ozod qilinadilar.
Mahalliylashtirish jarayonlarini kuchaytirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yanada rag'batlantirish maqsadida Mahalliylashtirish dasturiga loyihalarni kiritishning maqsadga muvofiqligini baholashga qo'yiladigan quyidagi yagona mezonlar va talablar majmui ishlab chiqilgan:
Iqtisodiyot vazirligining xulosasiga ko'ra mamlakat sanoatini rivojlantirishning asosiy ustuvorliklariga muvofiqlik;
mahalliylashtiriladigan mahsulotni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun quvvatlar va xomashyo resurslarining mavjudligi;
mahalliylashtirish darajasi bosqichma-bosqich oshirib borilgan holda ishlab chiqarish boshlangan paytdan boshlab 12 oy mobaynida ishlab chiqarilayotgan mahsulot bo'yicha mahalliylashtirish darajasining kamida 30 foizga etishi;
TIF TN kodi bo'yicha pirovard mahsulot tovar pozitsiyasi boshlang'ich xomashyoga taqqoslaganda kamida birinchi 4 belgilardan biri darajasiga o'zgarishi ta'minlanishi;
mahalliylashtiriladigan mahsulotning sotish narxi ana shunday import qilinadigan mahsulot narxidan yuqori bo'lmaganda loyihaning iqtisodiy o'zini qoplashi (O'zbekistongacha bo'lgan transport sarf-xarajatlari, bojxona va soliq to'lovlari hisobga olingan holda);
Iqtisodiyot hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirliklarining xulosalariga ko'ra mahalliylashtiriladigan mahsulotga ichki va tashqi bozorlarda barqaror talabning mavjudligi;
mahalliylashtiriladigan mahsulotga nisbatan xalqaro standartlar bo'yicha ishlab chiqarish boshlangan paytdan boshlab 18 oy mobaynida sifatni boshqarish tizimi joriy etilishi.
Belgilangan qulay shart-sharoitlar va imtiyozlar natijasida Mahalliylashtirish dasturi doirasidagi ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga oshib bormoqda (2.3.1-rasm). Rasmdagi ma'lumotlardan ko'rinadiki, mazkur ko'rsatkich 2006-2008 yillar mobaynida avtomobillar bilan hisoblanganda 1,9 marta, avtomobillarsiz 3,5 marta o'sgan.
SHuningdek, mamlakatimizda oziq-ovqat va boshqa iste'mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishni rag'batlantirishga ham katta e'tibor qaratilmoqda. Buning natijasida 2008 yilda mamlakatimiz hududlarida iste'mol tovarlarni ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada o'sdi (2.3.1- jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |