Namangan davlat universiteti "iqtisodiyot"


To'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni



Download 403,55 Kb.
bet17/39
Sana30.12.2021
Hajmi403,55 Kb.
#90331
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
Bog'liq
XORIJIY INVESTITSIYA

To'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni

rag'batlantirish

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.04.2005 yildagi “To'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” farmoni mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xususiylashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va rekonstruktsiya qilish, respublikaning ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo'lgan mintaqalarida yangi ish joylarini yaratish dasturlarini amalga oshirishga to'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shuningdek xorijiy investorlar uchun ishonchli huquqiy himoya va kafolatlarni ta'minlash qaratilgan. 2005 yilning 1 iyulidan boshlab to'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari asosiy faoliyati bo'yicha daromad (foyda) solig'i, mulk solig'i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to'lovi to'lashdan, shuningdek Respublika yo'l jamg'armasiga majburiy ajratmalar to'lashdan ozod qilinadi.

To'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha bo'lganda mazkur soliq imtiyozlari beriladi:

300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha - 3 yil muddatga;

3 milliondan ortiq AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha - 5 yil muddatga;

10 million AQSH dollaridan ortiq bo'lganda - 7 yil muddatga.

Soliq imtiyozlari quyidagi shartlar asosida qo'llanilishi mumkin:


  • mazkur korxonalarni ortiqcha ishchi kuchi bo'lgan mintaqalar - Qoraqalpog'iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida, shuningdek Navoiy, Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarining qishloq aholi punktlarida joylashtirish;

  • xorijiy investorlar tomonidan to'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalarni O'zbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirish;

  • korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 50 foizni tashkil etishi lozim;

  • ushbu korxonalar davlat ro'yxatidan o'tkazilgandan keyin to'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalarni kiritish;

  • xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna tarzida qo'yish;

  • mazkur imtiyozlarni qo'llanish muddati davomida imtiyozlardan olingan daromadni korxonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yo'naltirish.

Imtiyoz olgan korxonalar shunday imtiyoz berilgan muddat tugashidan keyin bir yil barvaqtroq faoliyatini to'xtatgan taqdirda foydani o'z mamlakatiga o'tkazish va xorijiy investorning kapitalini chet elga olib chiqib ketish faqat berilgan imtiyozlar summasini byudjetga qaytargandan keyin amalga oshiriladi.

O'zbekiston Respublikasining "CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to'g'risida"gi qonuni 3-moddasining to'rtinchi qismida xorijiy investorlar uchun belgilangan kafolatlar quyidagi hollarda qo'llanilishi mumkin:



  • xorijiy investorlarga to'lanadigan, dividend tarzida olinadigan daromadlarga soliq miqdori (stavkalari) ko'payishi;

  • xorijiy investorning chet elga o'tkaziladigan daromadlari (foydasi)ni o'z mamlakatiga qaytarish tartibotini murakkablashtiruvchi yoki ularning miqdorini kamaytiruvchi qo'shimcha talablar joriy etilishi, bunda davlat xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonaning to'lovga qobiliyatsizligi va bankrotligi yoki kredit beruvchilarning huquqlarini himoya qilish, xorijiy investor - jismoniy shaxs sodir etgan jinoiy qilmish yoki ma'muriy huquqbuzarlik hollarida yoxud sud yoki hakamlikning qaroriga muvofiq daromad (foyda)ni o'z mamlakatiga qaytarishni to'xtatib turishning boshqa zarurati bo'lganda xorijiy investor mablag'larini qonun hujjatlarini kamsitmaydigan tarzda qo'llash shartlari asosida o'z mamlakatiga qaytarilishini to'xtatib turish hollari mustasno;

  • investitsiyalarning miqdori bo'yicha investitsiyalash hajmlariga miqdoriy cheklashlar hamda boshqa qo'shimcha talablar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarda xorijiy investitsiyalarning minimal miqdorini ko'paytirish tarzidagi talablar joriy etilishi;

  • respublika korxonalarining ustav jam-g'armalarida xorijiy investorning ulush bilan ishtirok etishi bo'yicha cheklashlar joriy etilishi;

  • xorijiy investorlarning vizalarini rasmiylashtirish va uzaytirish borasidagi qo'shimcha tartibotlar, shuningdek xorijiy investitsiyalarni amalga oshirish bo'yicha boshqa qo'shimcha talablar joriy etilishi.

To'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun beriladigan imtiyozlar joriy etiladigan iqtisodiyot tarmoqlari quyidagilar hisoblanadi:

  1. Radioelektronika sanoati buyumlari hamda komp’yuter va hisoblash texnikasi butlovchi buyumlarini ishlab chiqarish.

  2. Engil sanoat:

tayyor ip gazlama va jun gazlamalar ishlab chiqarish; tayyor tikuvchilik, trikotaj, paypoq mahsulotlari va to'qimachilik galantereyasi ishlab chiqarish; terini qayta ishlash; poyabzal, tayyor ko'n-galantereya buyumlari ishlab chiqarish.

  1. Ipakchilik sanoati:

shoyi gazlamalar va ipakdan tayyor buyumlar ishlab chiqarish.

  1. Qurilish materiallari sanoati:

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 24 martdagi PF-3586-sonli Farmoni 1a- ilovasida ko'rsatilgan qurilish materiallarining yangi turlarini ishlab chiqarish.

  1. Parranda go'shti va tuxumni sanoat miqyosida etishtirish.

  2. Oziq-ovqat sanoati:

mahalliy xomashyodan sanoat miqyosida qayta ishlangan tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (alkogolli, alkogolsiz ichimliklar va tamaki mahsulotlari bundan mustasno).

  1. Go'sht-sut sanoati:

go'sht va sut mahsulotlarining tayyor turlari, pishloq va sariyog' ishlab chiqarish.

  1. Kimyo-farmatsevtika sanoati:

dori-darmon vositalari ishlab chiqarish; sintetik kir yuvish vositalari, maishiy kimyo tovarlari ishlab chiqarish.


  1. Download 403,55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish