(Бабабеков X. Народные движения в Кокандском ханстве и их
социально-экономические и политические предпосылки (XVIII-
XIXвв.). - Ташкент: Фан, 1990. - С. 69.).
1854-yil qipchoqlar qo'zg'oloni
boshlangan. Н. Bobobekov-
ning ma'lumotiga ko'ra, qo'zg'olonga O'tanboy qipchoq bosh-
chilik qilgan. Qo'zg'olonchilar Andijon va Marg'ilon shaharlarini
egallagan.
Keyinroq qo'zg'olonga qirg'iz urug'lari
ham
qo'shilganlar. Muallifning xabariga ko'ra, qo'zg'olon olti oydan
ko'proq davom etgan.
Xudoyorxonning ukasi, Andijon hokimi So'fibek to'y qilish
maqsadida akasini taklif etgan paytda, Qo'qonda yana bir
qo'zg'olon ko'tarilgan. Qo'zg'olonga Maxdum A'zam avlodidan
bo'lgan Rustamxonxo'ja boshchilik qilgan. V. P. Nalivkinning
yozishicha, xon xalq orasida ta'siri katta bo'lgan xojalar va to'-
ralami xuddi qipchoqlar kabi tugatishni maqsad qilgan edi
(Наливкин В. П. Краткая история Кокандского ханства. - Ка
зань, 1886. - С. 185). Xonning maqsadidan xabardor bo'lgan
Rustamxonxo'ja poytaxtda uning yo'qligidan foydalanib, xojalar-
ni to'plagan va xavfdan xabardor qilgan. Shu yig'inda ona
tomondan xonlarga qarindosh bo'lmish Rustamxon xon qilib k o '
tarilgan. Xon Qo'qonga Qosim mingboshi va Qambar ponsodni
qo'zg'olonchi Rustamxonni jazolash maqsadida jo'natgan.
Qo'qon aholisi Rustamxonning tarafmi olib, xon vakillarini poy-
taxtdan quvib yuborgan. Shu yerda qo'zg'olonga sabab bo'lgan
bir voqea eslangan. Musodora qilingan qipchoq yerlari masa-lasi
edi. Bu harakatga Mirza M unawar boshchilik qilgan. Tarixiy
adabiyotlarda bu voqea 1855-yilda sodir bo'lganligi yozilgan.
Toshkent hokimi Mirzaahmad qozoq qabilalariga og'ir
soliqlar solibgina qolmay, voyaga yetmagan bolalami qullikka
sotar edi. Natijada 1857-yil Avliyootada qozoqlar qo'zg'oloni
boshlangan. Qozoqlar Mirzaahmad qo'shinlari tomonidan tarqa-
tilgan bo'lsa-da, keyinroq katta kuch bilan Avliyootani qamal
qilgan. Bu ma'lumotlar V. P. Nalivkinning “Краткая история
Кокандского ханства” asarida berilgan. Lekin, bizga ma'lumki,
bu voqealar bo'lib o'tayotgan vaqtda Avliyoota ruslar tomonidan
bosib olingan edi.
-
6 7
-
1857-yilda Alatov yaqinidagi Jetisuv hududida qozoqlaming
qipchoq urug'i qo'zg'olon ko'targan. Xudoyorxon qo'zg'olonni
bostirish uchun 500 kishilik qo'shin bilan yo'lga chiqqan. Lekin,
Mallaxonning hokimiyatni qo'lga kiritish uchun qilgan harakati
tufayli ortga qaytishga majbur bo'lgan.
Qozoqlaming dulat, beshtamg'al va changlin urug'lari 1858-
yil qo'zg'olon ko'targan. Toshkent parvonachisi chorvadorlardan
soliq yig'ish maqsadida o 'z odamlarini jo'natgan. Soliq faqatgina
chorva hayvonlaridangina emas, balki har bir qiz bola uchun 20
mbl to'lanishi kerak edi. Soliq yig'uvchilar boshlig'i Mirzaboy
qiz bolalami ro'yxatdan o'tkazish paytida erkaklar telpagi kiyib
yurgan Qanayboyning qizini payqab qolgan. Qanayboydan jarima
to'lashni talab qilganida, Mirzaboy o'ldirilgan. Boshqa chorva-
dorlar soliqchilarga hujum qilib, ulaming aksariyatini o'ldirganlar.
Shu tariqa qo'zg'olon boshlanib ketgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |