Reklamaning vazifasi. Reklamaning asosiy vazifasi tovarlar va xizmatlar
to‘g‘risida ularni qay tariqa va qaerlarda sotilishi to‘g‘risida maxsus axborot
vositalaridan foydalanib turib so‘zlab berishdir. Lekin reklamaning vazifasi birgina
axborot berishning o‘zi bilan cheklanmaydi. Reklamaning o‘ziga xos tomoni
shuki, u axborot berishni targ‘ib va tashviqot qilishni ishontirish bilan birga olib
borishi kerak. Reklamaning pirovard maqsadi bozorda taqdim etilayotgan
tovarlarga xaridorlar rag‘batini oshirishdan iborat. Bunda quyidagi maqsadlar
ko‘zda tutiladi:
- Xaridorga yangi bo‘lgan tovar va xizmatlar uchun «quvvatlovchi» reklama.
- Biror qahramon reklamasi (masalan Ruslan Chagaev)
- Raqibdan qayta tiklanish
- Reklamachi mahoratini namoyish qilish
Reklama funksiyalari uning maqsadi va vazifalaridan aniqlanadi. Ularning
har xilligidan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
- tovar va uning ishlab chiqaruvchisi yoki sotuvchisini tenglashtirish
- Tovarni, xizmat ko‘rsatishni yoki g‘oyalarni rivojlantirish
- Xaridorga axborot berish
- Talabni shakllantirish va boshqalar.
Reklama o‘zining bunday rollarida albatta naqd tovar to‘g‘risida uning
bahosi xususiyatlari haqida axborot berishi shart, biroq asosiysi reklama xaridga
undashi shart, reklamaning asosiy maqsadi shunda, bosh funksiyasi ham shu.
Reklamaning vazifalaridan biri – tovarlar va xizmatlar to‘g‘risidagi maxsus
axborot vositalaridan foydalanib turib so‘zlab berishdir. Lekin reklamaning
vazifasi birgina axborot yuberishning o‘zi bilan cheklanmaydi. Reklamaning
o‘ziga xos tomoni shundaki, u axborot berishni targ‘ib va tashviqot qilishni
ishontirish bilan birga olib boradi. Demak, ta'sirchan reklama zarur ma'lumotlarni
beradigan va shu bilan birga ishontiradigan, ma'lum maqsadga qaratilgan, faol
bo‘lishi kerak. Anna shunday reklama talabni ma'lum yo‘nalishda shakllantiradi-
da, tovar va xizmatlarning bir turidan boshqa turiga ko‘chiradi. Xaridorlarning
ehtiyojlarini ochib beradi va ularning ahdi va niyatlariga ta'sir o‘tkazadi.
Reklama – tovarni bozorda sotishni rivojlantirish usullaridan biri
hisoblanadi. Reklama tovar yoki xizmat ko‘rsatishni ishlab chiqarish foydasiga
aynan shu tovar xizmat ko‘rsatishlarga iste'molchini iloji boricha ko‘proq e'tiborini
o‘ziga qaratish uchun yaratilgan.
Reklamada ishning turli shakllaridan foydalaniladi. Reklama filmlari,
eshittirish va ko‘rsatuvlari, plakatlar va varaqalar, maxsus ishlangan vitrinalar,
ko‘rgazmalar, reklama komponentlari va boshqa ana shunday shakllardan
foydalaniladi. Reklama uning samaradorligini ta'minlovchi talablarga javob
beradigan bo‘lishi kerak: haqqoniy va aniq, tayinli bir doiraga qaratilgan, ilmiy
jihatdan asoslangan ko‘p ma'lumot beradigan va kishida zavq uyg‘otadigan, foyda
beradigan bo‘lishi shart.
Reklama ishini ishlab chiqaruvchilar ham sotuvchilar ham olib borishlari
mumkin. Bunda tovar ishlab chiqaruvchi firmalar o‘z reklamalarini bir tomondan
sotuvchilar ikkinchi tomondan iste'molchilarga qaratadilar. Savdo xodimlari o‘zlari
sotadigan tovarlarni yaxshi bilishlari kerak. Shu sababli savdo tarmog‘iga
qaratilgan reklama jo‘shqinligi jihatidan iste'molchilarga mo‘ljallangan reklamadek
bo‘lmasa-da, lekin ko‘proq ma'lumotlarni o‘ziga jo qilganligi bilan undan ajralib
turadi. Savdo reklamasi esa xaridorlarga mo‘ljallangan bo‘ladi va tovar to‘g‘risida
ma'lumot berishdan tashqari savdoning estetik saviyasi bilan madaniyatini
yuksaltirishga yordam beradigan bo‘lishi kerak. Reklamaning asosida shu ikkita
element: ishontiruvchi va ma'lumot beruvchi element yotadi. Ishontiruvchi
elementlari (ko‘ndirish, rozi bo‘lishga undash) reklamaning motivatsion
funksiyasini, ma'lumot beruvchi elementlari esa uning bildiruvchi funksiyasini aks
ettiradi. Ikkalasi birga ta'sir o‘tkazadi va reklamani muvaffaqiyatini ta'minlaydi.
Reklama xaridorlarga har xil ta'sir o‘tkazadi. Ba'zi hollarda odam molni darrov
sotib oladi yoki aksincha mol to‘g‘risida axborot to‘planib borib, xaridor uni
olishga tayyor bo‘lganidan keyin molni sotib oladi.
Reklama sotuvning kengayishini ta'minlab, unga ketgan harajatlarni ortig‘i
bilan qoplangan taqdirdagina maqsadga erishilgan hisoblanadi. Agar shartnoma
tuzilgan reklama agentliklari zo‘r reklama filmi, matbuotda e'lonlar seriyasini,
tashqi reklama shitlarini yaratsayu, bu hyech qanday natija bermasa, ya'ni tovar va
xizmat ko‘rsatish sotuvini kengaytirmagan taqdirda ham harajatlar mijoz hisobiga
amalga oshiriladi.
Masalan, «Snikers» shokoladi chiqmoqda, xabar beradi «Reklama dunyosi»
jurnali, - Aylantirish uchun katta pul qo‘yilgan. Agarda ular sotuv hajmini 10-15
marta oshirishga erishishmasa, buning hyech qanday ma'nosi bo‘lmaydi. Shuning
uchun reklamaga katta e'tibor qaratish kerak.
O‘zining asosiy maqsadini bajarish uchun reklamaga e'tibor qaratish
usullarini topishga, potensial xaridorni qo‘lga kiritish va uni «jalb qilish» va
oxirida esa xarid qilishga undashga ko‘tarilishi kerak bo‘ladi. Bunday usullarni
axtarish davom etib kelayotganiga yarim asrdan oshgan va ularning shakllarini
zamonaviylashtirishga harakat qilinadi.
Reklama haqiqiy va ishonarli, zamonaviy, savodli va unumli bo‘lishi shart.
Reklamaning chiroyli va xunukligi, bema'ni va mazmundorligi ahamiyatlidir.
Reklama yaxshi ma'noda agressiv va emotsional bo‘lishi kerak. Faqat shundagina
xaridorning fikrini o‘zgartirishga g‘rishish mumkin.
Reklama yaratmaydi, balki bor narsani kuchaytiradi, ixtiro qilmaydi, balki
ixtiro qilinganlarni yoyadi. Reklama ishi bo‘yicha ba'zi mutaxassislar
ogohlantiradilar: har bir reklama e'lonlari jamiyat strukturasida iste'molchi
sharoitiga ta'sir etadi. Boshqa so‘z bilan aytganda reklama qo‘shimcha rag‘bat
bag‘ishlaydi yoki mo‘ljalni yo‘qotgan insonni yolg‘izlikdan olib chiqadi. Reklama
xabarlari ko‘rinishdan aybsiz o‘yinchoqdek tuyulsada, juda ko‘pchilik e'tiborini
o‘ziga tortib fikrlarini o‘zgartirishga qodir.
Reklama beruvchi- reklamani tayyorlash yoki tarqatish uchun uning
buyurtmachisi bo‘lgan shaxsdir.
Reklama faoliyati ishlab chiqaruvchi va iste'molchi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-
to‘g‘ri shaxsiy aloqalarni yaratadi, haqiqatan va ehtimol bo‘lishi mumkin bo‘lgan
hollarni ham keltirib chiqaradi.
Reklama shunday hollarda albatta kerak bo‘ladi:
- yangi, hyech kimga tanish bo‘lmagan firma paydo bo‘lsa;
- xaridoga tanish bo‘lmagan tovar taklif qilinsa;
- bozor bir xil tovarlar bilan to‘la bo‘lsa va sotuvchi xaridor e'tiborini aynan
o‘zining mahsulotiga qaratish kerak bo‘lganda;
- sotuv hajmi pasayib ketganda;
- sotuvchi sotuv hajmini tezkor kengaytirishni, yangi bozor territoriyasini
qo‘lga kiritishni, yangi mijozlarning e'tiborini qaratishni rejalashtirganda.
Quyidagi hollarda reklamaga sarflangan pul bekorga ketishi mumkin:
- bozorda tovar monopolisti hukmronlik qilsa;
- tovarga talab kuchli bo‘lsa;
- tovar reklamasiz ham tez tarqalsa;
- sotuv o‘sishini boshqa usullar, ya'ni arzon usullar bilan qiziqtirish mumkin
bo‘lganda;
- sotuvchi qandaydir fikr bilan sotuv hajmini kengaytirishni xohlamaganda;
- aholining kamdaromadli qismi reklamaga muhtoj bo‘lmaganda.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda reklama soha industriyasidir. Reklama
faoliyati bilan maxsus reklama agentliklari shug‘ullanadi, ular korxona va
tashkilotlarning buyurtmalari bilan reklama sohasida tadqiqotlar olib boradilar,
uning samaradorligini o‘rganadilar, konkret reklama buyurtmalarini bajaradilar.
Tijorat axboroti va reklama vositalari shu qadar ko‘pki, odamlar bu
axborotning hammasi bilan tanishib chiqish va unga qarab ma'lum bir qarorga
kelishga qodir bo‘lmaydilar. Tekshiruvlar natijasida odamlar har kuni 600 ga yaqin
reklama xabari ta'siriga uchrashi aniqlandi. Ana shuncha xabarlarning kichik bir
qismigina odamlarning diqqat-e'tiboriga tushishi, qiziqish uyg‘otishi mumkin,
xolos.
G‘arbdagi eng yirik reklama va tijorat firmalari o‘zlarining amaliy
faoliyatlarida reklama kompaniyasidan avval iste'molchilarga ruhiy jihatdan ta'sir
o‘tkazishning shu kompaniya samaradorligini oshiradigan turli-tuman usullarni
oldindan o‘rganib chiqishga tobora ko‘proq ahamiyat bermoqdalar. Ana shuni
o‘rganib chiqilgandan keyin reklama beruvchilar bilan iste'molchilarning til
topishishlari yaxshilashadi, xaridorlar ahlini aniqlab olib, reklama xabarlarining
shakli va mazmunini ularning ijtimoiy ahvoliga yarasha belgilash osonroq bo‘ladi.
Bu ishning eng muhim tomoni quyidagi savollarga javob topishdir:
- iste'molchilarning diqqat-e'tiborini reklamaning qanday vositalari bilan
hammadan ko‘ra ko‘proq jalb etish mumkin;
- xabarlardagi qanday dalil isbotlar iste'molchiga hammadan ko‘ra ko‘proq
ta'sir qilishi mumkin;
- axborotni uzatishning eng ma'qul vositalari(kanallari) qanaqa va ulardan
foydalanish usullari qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |