Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti
Tarix yoʻnalishi talabasi Abdujabborov Shohruxbekning Metrologiya
fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Kirish
Tarixdan maʼlumki oʻlchov birliklarisiz hayotimizni
tasavvur qila olmaymiz. U soha bizning har bir
qadamimizni qamrab olgan.Oʻlchov birliklari
ham juda qadim zamonlarda insoniyat oʻzining
yaratuvchilik va quruvchilik faoliyatini boshlashi
bilan vujudga keldi. Chunki oʻlchov birliklarisiz
ov va mehnat qurollarini yasash turar joy qurish
hamda kiyim kechaklar tikish mumkin boʻlmagan
Bir soʻz bilan aytganda u bizni oʻrab olgan.
Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma " asarida keltirilgan
oʻlchov birliklari .
Reja
1.Uzunlik oʻlchov birliklari
2.Pul oʻlchovlari.
3.Ogʻirlik oʻlchovlari.
Gaz- uzunlik oʻlchovi qariyb 70sm turli joy
va vaqtlarda ishlatilgan.
Izoh: Balandligi yuz gazdan ortiq boʻlib xonalarning hammasi ipak va parchalar bilan oʻralib (devor nazarda tutilgan )nafis gavharlar osilgan edi.
Marra uzunlik oʻlchovi taxminan 400- 450metr boʻlgan.
Mil uzunlik oʻlchovi taxminan 2kmni tashkil etgan.
Farsang uzunlik oʻlchovi taxminan 6-7 kmga teng boʻlgan.
Izoh: Shahar darvozasidan to oʻsha bogʻgacha boʻlgan masofa
bir farsang edi.
Pul oʻlchov birliklari
Bolish -moʻgʻullar hukmronligi davrida tilla va kumushdan yasalgan pul birligi
1tilla bolish 8 misqolga teng boʻlgan.
Dinor - oltin yoki kumushdan tayyorlangan pul birligi vazni
4.235gr.
Dirham kumush tanga vazni 3.5gr boʻlgan.
Izoh : U bir shirin ichimlik tayyorladiki oʻsha noʻshdorudan
bir dirham bir misqol isteʼmol qilmasdanoq xididan bexush
boʻlib butun dunyoni kemirib yuboradigan ishq egasi boʻlgan
daryodek joʻsh va xurushga keldi.
Ogʻirlik oʻlchov birliklari
Man ogʻirlik oʻlchovi xar xil yerlarda turli miqdorni
anglatgan . Masalan Arab xalifaligida ishlatilgan
1 Man 831gr boʻlgan.
Misqol ogʻirlik oʻlchovidir turli joylarda turli qiymatda ishlatilgan.
Samarqandda 4.6gr Buxoroda 4.8-5gr Xorazm va Fargʻonada 4.55grga teng boʻlgan.
Izoh: Taomdan 1misqol olmasdan toʻydim dedi.
Xulosa
Xulosa qilib ayta olamizki Tarixchi bu jamiyatshunosdir
va jamiyatdagi roʻy berayotgan voqea hodisalarga oʻz
fikrimizni bildira olishimiz kerak. Oʻlchov birliklarini
yillar davomida hamma oʻz xoxishicha tatbiq etgan.
Bu holat esa juda koʻp muammolarni keltirib chiqardi.
Oʻzgarib borayotgan dunyoda oʻlchov birliklarini
biz aniq holda insoniyatga foydali tarzda saqlab
qolishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |