3-mavzu. Robototexnika asoslarini zamonaviy maktablarga joriy qilish. Reja



Download 229,36 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi229,36 Kb.
#779701
Bog'liq
3-mavzu (1)


3-MAVZU. ROBOTOTEXNIKA ASOSLARINI ZAMONAVIY MAKTABLARGA JORIY QILISH.
REJA:

  1. Robototexnika tarixi?

  2. Robotlar haqida umumiy tushunchalar va ta’riflar?

  3. Robotlarning hayotimizdagi o‘rni?

Tayanch so‘z va iboralar. Robot, robototexnika, texnologiya va h.k.
Bugun tilimizda faol ishlatilayotgan robototexnika termini qachon paydo bo‘lgan? Ilk bor “robot” va “robototexnika” so‘zlari 1921-yili chex yozuvchisi Karel Chapekning “Rossum universal robotlari” asarida keltirilgan. Undan so‘ng 1941-yili Ayzek Azimov “Yolg‘onchi” ilmiy-fantastik asarida “robototexnika” so‘zini ishlatadi.

Bugun jahon mehnat bozorida texnologik yo‘nalishdagi muhandis-mutaxassilarga talab har qachongidan ham ortgan. Texnika asri talablariga javob beradigan kadrlar avlodini shakllantirish uchun yurtimizda keng ko‘lamli ishlar olib borilyapti. Ana shu harakatlar qatorida bir masalaga e’tibor qaratilishini zarur va shart deb hisoblayman, ya’ni maktab o‘quv dasturlariga robototexnika fanini kiritish vaqti allaqachon yetib keldi! Chunki rivojlangan davlatlar zamonaviy ta’lim dasturlarida robotexnika kursi yetakchi o‘rin egallaydi. Sun’iy intellekt bilan boshqariladigan texnologiyalar qamrovi oshayotgan bir davrda robototexnikani maktabda fan sifatida o‘rganish zaruriy ehtiyojga aylandi. Shu sabab, bugun qaysi bir mavqeyi baland o‘quv markazini olmang, deyarli barchasida robototexnika guruhlari ochilgan va ularda o‘rganuvchilar soni juda ko‘p. Narxlar qanchalik qimmatligiga qaramay, robototexnika kurslari juda ommalashgan va ota-onalar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘­otmoqda. Demak, yurtdoshlarimiz orasida farzandi ixtirochi va yaratuvchi bo‘lishini istaydiganlar salmoq­li. Afsuski, bu ta­lab maktablarda emas, pulli tarzda o‘quv markazlarda qondirila­yapti. Xorijiy davlatlar maktablarida olib boriladigan robototexnika darslarida o‘quvchining boshqa fanlardan o‘rgangan ma’lumotlarini amaliy topshiriqlar yordamida mustahkamlayotgani kuzatiladi. Masalan, fizikadan o‘rgangan bilimlarini bola biror mexanik buyum yasayotganida qo‘llaydi, fizik qonun-qoidalar mohiyatini anglaydi, matematik hisob-kitobni amalga oshiradi, informatikadan o‘rgangan komandalariga murojaat qiladi. Nazariy bilimlarini amaliy boshqaruvga yo‘naltiradi. O‘quvchilar bu darslarda individual yasash ish­larida ham, jamoa bo‘lib topshiriqlarni bajarayotganida ham mexanikaning asos­larini tushunib yetadi va tahlil qilish qobiliyati rivojlanadi.
Aslida texnikaga qiziqmagan bolaga ham akvariumning termoregulyatori, mashinani to‘xtatayotgan tormoz, 3D printer, televizorni boshqaradigan pult, lazerli keskich, masofadan boshqariladigan o‘yinchoq mashina va samolyotlar, o‘zi ochiladigan darvoza va eshik kabi moslamalarning elektrotexnika natijalari ekanligini amaliy ko‘rsatib bersangiz, unda ixtirochilik qobiliyatlari rivojla­nish bosqichiga o‘tadi. Sababi, insoniyatda yaratuvchilik instinktlari umri davomida faol bo‘lishini olimlar isbotlagan.
Rossiya maktab dasturiga kiritilgan robototexnika darslarida asosiy uchta yo‘nalishda bilimlar beriladi: dasturlash, konstruksiyalash va mikroelektrotexnika. Ushbu yo‘nalishlarda o‘quvchi yangi buyum yasar ekan, nafaqat uning intellektual bilimlari, balki zamonaviy texnologiyalarning yangi avlodini yara­tishga ishtiyoqi va qo‘l mehnati orqali mo‘jizalar yaratish mumkinligiga ishonchi ortadi. Bunda boshlang‘ich sinflarda sodda detallar va bolalar uchun qiziqarli bo‘lgan mikrosxemalar yaratish o‘yin orqali o‘rgatilsa, yuqori sinflarda tizimlashgan tarzda yasalgan elektrotexnika vositalarini dasturlash bosqichiga o‘tiladi. Yasalgan robotlar yoki boshqa elektrotexnika vositalari o‘rtasida musobaqalar o‘tkazish esa o‘quvchilarni yanada izlanishga, yangilik yaratishga undaydi. Modellashtirish, algoritmlarni boshqa­rish malakalari esa albatta quyi sinflardagi olingan bilimlar asosida tizimlashtiriladi. Ayniqsa bu yo‘nalishga qobiliyati bor o‘quvchilar AKTning beqiyos imkoniyatlarini o‘zi yaratayotgan sxemalarda qo‘llab ko‘radi va yangilik yaratishga bo‘lgan qiziqishi ortadi. Darsliklardagi nazariy ma’lumotlarni ko‘z oldida jonlantiradi, ularni amaliyotga ko‘chiradi. An’anaviy ma’ruzali dars o‘tish usulidan butunlay yiroq bo‘lgan – ko‘rgazmali va amaliy harakat bilan o‘zining salohiyatini aniqlash o‘quv­chi uchun o‘zini ko‘rsatish va isbotlash imkonini beradi.
Aslida bolalar kichkinaligidan biror narsani buzib ko‘rishga, o‘sha buyum­ning ichida nima borligini bi­lishga qiziqadi. Mayda detallarni yig‘ib yuradi. Ana shu qiziqishni maktabda shakllantirsak, ayni muddao bo‘ladi. Ayniqsa fizika-matema­tika, informatikaga ixtisoslashgan maktablar o‘quvchilari uchun amaliy maydon kerak. Shu o‘rinda maktab dasturidagi texnologiya darslari tarkibida robototexnika soatlari uchun keng o‘rin ajratilishini masalaga yechim sifatida taklif etmoqchiman. Yoki bo‘lmasa, maktablarda texnologiya fani o‘qituvchilari tegishli malaka oshirish soatlarini o‘tagan holda robototexnika to‘garak mashg‘ulotlarini muntazam o‘tishini yo‘lga qo‘yish zarur. Robototexnika darslari amaliy faoliyatni taqozo etgani tufayli, maktab moddiy-texnik bazasini shu yo‘nalishdagi asbob-uskunalar bilan jihozlash muammosi ko‘ndalang bo‘lishi tabiiy. Chunki robototexnika uskunalari va jihozlarining kamyobligi va qimmatligi bor gap. Yasash va yaratish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha metodik ma’lumotlar bazasi ham yara­tilishi zarur. Biroq o‘quv markazlaridagi robototexnika mashg‘ulotlari ham yuqori texnologik jihozlanganligini uchratmadik. Shunday ekan, o‘quvchiga robototexnika sirlarini o‘rganish imkoniyatini maktabda yaratish davri kelganligini yana bir bor ta’kidlayman.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2020 yil 28 fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumani o‘tkazdi. Matbuot anjumani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi doirasida III-yo‘nalishi “Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish” masalalariga bag‘ishlandi.
Matbuot anjumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning uchinchi tashabbusi Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish doirasida Vazirlik tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Respublika bo‘yicha 24 ta Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etildi. Shundan 22 tasi 2019 yilda, 2 tasi 2020 yilda faoliyatini boshladi. “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi”larning to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur jihoz hamda texnologik vositalar bilan jihozlandi. Jumladan, ma’ruzalar zallari va kompyuterlashtirilgan o‘quv xonalarida telekommunikatsiya korxonalari xodimlarining malakasi hamda yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ko‘nikmalarni oshirish, yoshlarga axborot texnologiyalari va elektron tijorat sohasida innovatsion tadbirkorlik asoslarini o‘rgatish, axborot texnologiyalari sohasida startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy hamda samarali mexanizmlarini yaratish, kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersport asoslarini o‘rgatish uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi. Markazlar kompyuterlar va zarur jihozlar, Wi-Fi hududi bilan ta’minlanib, endilikda unda tuman yoshlariga axborot texnologiyalari, dasturlash, robototexnika, kibersport asoslari va elektron tijorat kabi yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalar beriladi. Mazkur markazlarda o‘qishlarni samarali tashkil etish maqsadida 14-30 yoshdagilar uchun dasturlash asoslari, kompyuter grafikasi, robototexnika, veb va mobil ilovalar yaratishga oid jami 19 ta fan dasturlari ishlab chiqildi. Mazkur markazlarda xozirgacha 5,0 ming nafar tinglovchi o‘quv kurslarini yakunladi, hozir 600 nafar tinglovchi tahsil olmoqda. Ushbu Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini 2020 yil yakuniga qadar 80 ta yetkazishga rejalashtirilmoqda. Bundan asosiy maqsad aholining kompyuter savodxonligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Bulardan, tashqari vazirlik tomonidan 2019 yilda Hindistonning Amiti universiteti bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi Amiti universiteti o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 1200 o‘rinli zamonaviy yangi binosi foydalanishga topshirildi. Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki “IT-Park” tashkil qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida Toshkent shahrida zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki “IT-Park” barpo etilyotganini, u hozirdanoq o‘zining dastlabki natijalarini bera boshlaganini ta’kidladi. Shuningdek, bunday “IT-Park”lar Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida ham tashkil etilishi aytildi. Hozirda ushbu xududlarda ishlar keng qamrovli olib borilmoqda. Shu bilan birga yoshlarni ushbu sohaga yanada qiziktirish maqsadida, Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlik doirasida “Bir million dasturchilari” (One Million Uzbek Coders) loyihasi amalga oshirilmoqda. Respublika telekommunikatsiya infratuzilmasini zamon talablari darajasida keskin rivojlantirish orqali Internet tarmog‘ini kengaytirish va buning natijasida barcha aholi maskanlarini, shuningdek ijtimoiy soha ob’ektlarini, jumladan sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarini yuqori tezlikdagi Internet bilan ta’minlash bo‘yicha bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda Respublikada telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish orqali 2019 yil yakuniga qadar 3 433 ta umumta’lim maktablari, 1 836 ta maktabgacha ta’lim muassasalari va 1 127 ta sog‘liqni saqlash ob’ektlariga jami 4 150 km optik tolali aloqa liniyalari tashkil etilgan. 2020-2021 yillarda jami 12 mingta ijtimoiy soha ob’ektlari, ya’ni sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim muassalari va umumta’lim maktablarining yuqori tezlikdagi Internetga ulanishi ta’minlanadi. Birgina 2020 yilda optik tolali aloqa liniyalari qurish orqali jami sog‘liqni saqlash muassasalarining 95 foizi (3 340 ta), umumta’lim maktablarning 86 foizi (8 710 ta) hamda barcha maktabgacha ta’lim muassasalarini (5 707 ta) yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanishi ta’minlanadi. 2021 yilda esa barcha ijtimoiy soha ob’ektlari yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlanadi hamda chekka olis hududlardagi aholi maskanlarida ham telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Matbuot anjumani davomida ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.
Download 229,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish