Buning asosiy sababi shundaki qishloqning geografik jihatdan joylashuvi asosan tekislik bo'lib simoliy qismlari past tog'lik zonadan iboratdir. Shu bois aholi dehqonchilik bilan shug'ullanishi uchun qulay geografik hududga egadir. Aholi bundan tashqari ajdodlardan avlodlarga me'ros bo'lib kelayotgan hunarmandchilikni ham o'z navbatida kanda qilmasdan davom ettirib kelmoqdalar Bu erda savdo-sotiq ishlari va aholining tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi rivojlanib bormoqda - Varzik shaharchasida 6ta MFY (Qoraqo'rg'on, Qal'ai Poyon, Pilol, Bolo, Yangichak va Maydon) joylashgan bo'lib, aholisi 25-30 mingni tashkil etadi. Tarixan bu hudud aholisi "varzikliklar" deb nomlanadi. Aholisining mutloq ko'pchiligini tojik millatidagi O'zbekiston fuqarolari tashkil etadi. Qishloqda yashovchi aholi asosan utroq xalq bo'lganligi sababli azal-azaldan qihloq xo'jaligining dehqonchilik va qisman chorvachilik turi bilan shug'ullanib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |