Navoiy Davlat konchilik instituti
Nukus filiali
Fan: Konchilik soxasiga kirish
Mavzu:KONCHILIK SOXASIGA HISSA QUSHGAN OLIMLAR
Mustaqil ish 13
1B.KI.– guruhi talabasi
Bajardi: Farmonov Ilhom
Qabul qildi: Djaqsimurodov Q
Nukus-2021
Konchilik ishi» kafedrasi 1920 yildan boshlab Turkiston davlat universiteti tarkibida faoliyatini boshlagan va professor M.M.Protodyakonov ixtisoslik hamda kafedra sifatida oliy texnika ta’limi tizimiga birinchi bor kiritilgan. O’rta Osiyo industrial instituti qoshida ham konchilik ixtisosligi kafedrasi o’quv darsi sifatida mavjud bo’lib, faqat mustaqil kafedra sifatida 1929 yilda faoliyatini boshlagan. Mazkur mutaxassislik muhandislariga talab-ehtiyoj birmuncha oshganligini inobatga olib, 1934 yilda “Foydali qazilma konlarini qazib olish” kafedrasi tashkil topgan va kafedrani birinchi rahbari professor, texnika fanlari doktori QozSSR FA ning akademigi A.S.Popov bo’lgan. “Konchilik ishi” kafedrasini tarixda 1939 yilda birinchi bor 25 kishidan iborat kon muhandislari bitirishdi. 1936 yilga kelib kafedra ikkiga bo’lindi, ya’ni, qatlamli konlarni qazib olish va ruda konlarini qazib olish. Birinchisiga – prof. A.S.Popov, ikkinchisiga – dos. N.V.Michenko rahbarlik qilishdi. Professor A.S.Popov yirik ilm-fan namoyandasi sifatida kafedra ishlari va an` analarini shakllantirishga katta hissa qo’shgan. A.S.Popov va N.V. Michenko rahbarligi ostida urushgacha bo’lgan davrda kafedrada dosentlar N.N.Dyakonov, L.G.Gertman, R.A. Berzak, katta o’qituvchilar A.R.Boguslovskiy, I.M.Azimov, professor N.L.Smirnovlar ishlashgan. Urushning birinchi kunlaridan oxirigacha N.V. Michenko, I.L.Sprigin, I.M.Azimovlar frontda bo‘lishgan. Urushdan so’ng kafedraga N.V.Michenko rahbarligi ostida R.A. Berzak, I.S. Sprigin, U.A. Isamuhammedov, F.M.Aripova, N.F. Fayzullaevlar faoliyat olib borishdi. 1950 yilga kelib kafedra tarkibiga B.S. Slutskaya, O.B. Levinskiy, I.I. Inog’omov, D.S.Djaymagambetov, H.H. Chamirzaev, R.A. Tadjibaev, E.Ch.Hodjaevlar qo’shilishdi. 1967 yilda kafedraga dosent, tehnika fanlari nomzodi U.A. Isamuhamedov rahbarlik qildi, hamda bir vaqtni o’zida Toshkent Politexnika instituti (ToshPI) prorektori lavozimida ishladi. 1974 yildan kafedraga dosent A.A. Abidov rahbarlik qildi. 1970 yilga kelib “Foydali qazilma konlarini qazib olish” kafedrasi ikkiga bo’lindi: “Foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olish” va “Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish”. Kafedrani tashkil topishida Tog’-metallurgiya fakulteti dekani professor V.R. Rahimov, dos. F.M.Aripovalar katta hissa qo’shishgan. “Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish” kafedrasining birinchi rahbari dots. F.M. Aripova hisoblanadi. Professor, birinchi o’zbek konchi ayoli F.M. Mavlyanova-Aripova 1946 yildan o’z umrining oxirigacha shu fakultetda faoliyat ko’rsatgan va “Geomexanika” laboratoriyasining tashkilotchisi, hamda, Universitet faxriysi hisoblangan. O’zbekiston fanlar Akademiyasining akademigi, Rossiya fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi, texnika fanlari doktori, professor Raximov Vahob Raximovich ko’p yillar moboynida “Konchilik ishi” yo’nalishi rahbari hisoblanib, bir vaqtning o’zida 20 yil moboynida fakultet dekani lavozimida ishlab kelgan. 1980-1990 yillarda sobiq Ittifoq Oliy ta’lim Vazirligi Konchilik o’quv-uslubiy kengashiga rahbarlik qilgan. 1984-1990 yillarda ToshDTU ning birinchi prorektori lavozimida ishlagan. Hozirgi kunda “Konchilik ishi” kafedrsida 20 nafar professor – o’qituvchilar va doktorantlar hamda 6 nafar o’quv- yordamchi xodimlar o’z faoliyatlarini davom ettirib kelmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |