4-bob. Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish ta’minlanishini inobatga olgan holda axborot mahsulotining aylanishiga qo‘yiladigan talablar
18-modda. Axborot mahsulotining aylanishiga doir umumiy talablar
Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni ta’minlashga doir ma’muriy va tashkiliy chora-tadbirlarga, dasturiy-apparat va texnika vositalariga doir talablar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot aylanishining shart-sharoitlari buzilganligi holati aniqlangan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilarga va tarqatuvchilarga bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari buzilganligi hollarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda ularning oldini olish uchun ko‘rsatmalar yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |