Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyati havfsizligi kafedrasi



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/122
Sana20.09.2021
Hajmi0,59 Mb.
#179634
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   122
Bog'liq
yosh fiziologiya va gigiyenasi

Odam  tanasida  suyaklarning  joylashishi.  Odam  tanasidagi  suyaklar 

joylashishiga  ko'ra  bir  necha  qismga  bo'lib  o'rganiladi:  bosh,  gavda,  qo'l  va  oyoq 

suyaklari. 

Bosh skeleti: Bosh skeleti ikki qismdan: miya qutisi va yuz qismidan iborat 

bo'lib, 23 ta suyaklarning birikishidan hosil bo'lgan. Ularning hammasi pastki jag' 

va til osti suyagidan tashqari, uzluksiz chok bilan o'zaro mustahkam birikkan. 

Bola  tug`ilgan  vaqtda  uning  bosh  suyaklari  bir-biri  bilan  birikmagan  bir 

nеcha  suyakdan  iborat  bo`lib,  ular  orasida  bo`shliqLar  bo`ladi.  Bu  bo`shliqlar 



 

54 


liqildoq dеb ataladi. Ular katta, kichik va yon liqildoqlarga bo`linadi. Katta liqildoq 

pеshona  va  tеpa  suyaklari  orasida  joylashgan  bo`lib,  uning  bo`yi  3,5  sm,  eni  esa 

2,5  sm  bo`ladi.  Tеpa  va  ensa  suyaklari  orasida  kichik  liqildoq  va  tеpa  chakka 

suyaklari  orasida  ikkitadan  jami  4  ta  yon  liqildoqlari  bo`lib,  ular  1,5  yoshda 

suyakka  aylana  boradi. 4  yoshda  esa  miya  qutisining  choklari hosil bo`ladi. Bosh 

suyagi  7  yoshgacha  hamda  11-15  yoshda  ya'ni  jinsiy  balog`at  yoshida  tеz  o`sadi. 

Uning o`sishi va shakllanishi 25-30 yoshgacha davom etadi. 

Gavda  skeleti.  Gavda  skeletiga  umurtqa  pog'onasi  va  ko'krak  qafasi 

suyaklari  kiradi.  Umurtqa  pog'onasi  o'q  skeletning  asosiy  qismi  hisoblanadi. 

Umurtqa pog'onasi 33-34 ta umurtqadan tashkil topgan. Uning uzunligi odamning 

bo`yiga  qarab  erkaklarda  75  sm  ayollarda  68  sm  ga  tеng  bo`ladi.  Umurtqa 

pog'onasi  5  ta  qismdan  iborat,  ya'ni    7  ta  bo'yin,  12  ta  ko'krak,  5  ta  bel,  5  ta 

dumg'aza va 3-4 ta dum umurtqalaridan tashkil topgan.  

Umurtqa  pog'onasi  skeletning  tayanchi  vazifasini  bajaradi,  uning  ichidagi 

orqa  miyani  himoya  qiladi  va  oyoq-qo'llar  skeletining  og'irligini  o'z  zimmasiga 

oladi.  

Umurtqa pog'onasi o'sib rivojlangan sari tog'ay to'qimalari suyak to'qimalari 

bilan  almashinadi,  bu  asta-sekin  boradigan  jarayon.  Bo'yin,  ko'krak  va  bel  tog'ay 

to'qimalari 20 yoshga kelib, dumg'azaniki 25 yoshda, dum suyaklariniki 30 yoshga 

kelib suyaklanadi. 

Umurtqa pog'onasi bola hayotining birinchi yilida, shuningdek, 11 yoshdan 

14  yoshgacha  ayniqsa  jadal  sur'atda  o'sadi.  Umurtqa  pog'onasining  o'sishi 

taxminan 20 yoshda tugallanadi. 

Odam tik tura olishi va tik yurishi munosabati bilan umurtqa pog'onasining 

to'rtta  egriligi  bor  va  u  oyoqlarning  yirik  bo'g'imlari  bilan  amalda  bir  chiziqda 

joylashadi,  ana  shuning  uchun  odam  muvozanatni  saqlaydi.  Tug'ilishda  umurtqa 

pog'onasining  dumg'aza  bo'limida  faqat  bitta  egrilik  bo'ladi,  so'ngra  yana  uchta 

egrilik  hosil  bo'ladi.  Bo'yin  egriligi  qavariq  tomoni  bilan  oldinga  chiqib  turadi 

(lordoz)  va  bola  kallasini  tutgandan  keyin  paydo  bo'ladi.  Bu  bola  hayotining 

uchinchi  oyiga  to'g'ri  keladi.  So'ngra  bola  o'tiradigan  va  yuradigan  bo'lganda  bel 

egriligi paydo bo'ladi. Bu ham qavariq tomoni bilan oldinga chiqib turadi. Nihoyat, 

3-4  yoshga  kelib,  qavariqligi  orqaga  chiqib  turgan  ko'krak  egriligi  hosil  bo'ladi 

(kifoz).  7  yoshgacha  egrilikdar  hali  unchalik  mustahkam  bo'lmaydi  va  yotgan 

joyida  to'g'rilanishi  mumkin.  Bel  egriligi  qariyb  12  yoshga  kelib  uzil-kesil 

shakllanadi. 




Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish