Bola qad-qomati normal shakllanishi uchun quyidagi gigiyena
qoidalariga amal qilish kerak.
Bolani yoshligidan tekis va bir oz qattiqroq to'shakda uxlatish kerak.
Bolani 6 oylik bo'lgunicha o'tqazmaslik, 10 oylik bo'lguncha oyog`'ida uzoq
vaqt tik turg'azmaslik kerak, chunki bu yoshdagi bolalarning umurtqa pog'onasi,
oyoq suyaklari egiluvchan bo'lganligi sababli, tana massasini ko'tara olmasdan,
egrilanib qolishi mumkin.
4-5 yoshgacha bo'lgan bolalarni katta odamlar uzoq vaqt qo'lidan yetaklab
yurmasligi kerak, chunki bolaning bir tomoni yuqoriga ko'tarilishi tufayli umurtqa
pog'onasi egrilanib qolishi mumkin.
Kichik yoshdagi bolalar, boshlang'ich sinf o'quvchilari uzoq vaqt bir joyda
o'tirmasligi,
tik
turmasligi,uzoq
masofaga
yurmasligi,
og'ir
byumlarni
ko'tarmasligi, ayniqsa doim faqat birqo'lida ish bajarmasligi kerak. Bularning
barchasi bolaning umurtqa pog'onasi va oyoq suyaklari egrilanib qolishiga, qad-
qomati buzilishiga sabab bo'ladi.
Bolalar va o'quvchilar bo'ylariga mos parta, stol-stulda o'tirishi kerak.
O'quvchilar parta, stol-stulda o'tirganda gavdasi tik, yelkalari bir tekisda,
beli stul suyanchig'iga suyanib tursin, oyoqlari tizza bo'g'imida to'g'ri burchak hosil
qilib bukilsin, oyoq kaftining hamma yuzasi polga baravar tegib tursin, ko'krak
bilan parta qirrasi orasidagi masofa 10 smga yaqin bo'lsin. Suyanchiq oralig'i oshib
ketsa, o'quvchi ishlayotganda kursi suyanchig'iga tayana olmaydi va bukilib
o'tiradi. Suyanchiq oralig'i kamayib ketsa, siqilib qoladi. Partaning oldingi cheti
o'tirg'ichdan 3-5 sm o'tishi maqsadga muvofiqdir. Partaning yozuv stoli 15-25
qiyaroq qilib tayyorlanadi.Bu ko'rinishni yengillashtiradi, kitob bir oz qiyaroq qilib
qo'yilganda pastki qator bilan yuqori qatorda ko'z bilan kitob orasidagi masofa bir
hil bo'ladi. Kitob garizontal qo'yilsa, o'qilganda ko'z moslashishi bir necha marta
o'zgaradi.
60
O'quvchilarni partaga o'tqazishda bo'yni parta raqamiga moslash zarur. Bo'yi
eng past bola 110 sm, novchasi 129-180 sm bo'ladi. Barcha o'quvchilar 7 ta bo'y
guruhiga bo'linadi. Parta raqamlari ham 6 dan 12 gacha bo'ladi.
Shunday qilib, o'quvchi partada to'g'ri o'tirganda qorin va ko'krak
bo'shlig'idagi organlari qisilmaydi, u bemalol nafas oladi, suyak-muskul apparatiga
yuk kam tushadi, ko'ziga zo'r kelmaydi. Bolalarda sinf taxtasiga qaraganda boshni
faqat bir toionga engashtirish odati borligi tufayli har bir o'quv choragida
o'quvchilarni partalarning bir qatoridan ikkinchisiga ko'chirish tavsiya qilinadi.
O'quvchilarning jismoniy mehnati tashkil etishga doir muayyan gigiyena
talablari mavjud. Bular texnik jihozlar, xonani shamollatish va mikroiqlimga
taaluqlidir. Dastgohlar va verstaklar o'quvchilarning bo'yiga mos kelish, ish
vaqtida nafas olish va qon aylanishini qiyinlashtirmaydigan to'g'ri tana vaziyatini
tanlay bilish kerak. Asboblar ham o'quvchilarning qo'liga va kuchiga mos qilib
tanlanishi lozim. Agar ular katta yoshdagi odamlar tutadigan asboblardan
foydalansa, bu avvalo qo'l muskullarini tez toliqtirib qo'yadi va suyak to'qimasini
mustahkamlashi o'rniga uning jadal suyaklanishiga olib keladi. Bolalar og'ir
narsalarni ko'tarishiga yo'l qo'ymaslik darkor. 2 ta o'quvchining zambilda
ko'taradigan yuki 7-8 yashar bolalar uchun 4 kgdan, 9-10 yoshdagi bolalar uchun
6kg, 10-12 yashar bolalar uchun 10 kg, 13-15 yashar va 14-16-17 yashar bolalar
uchun 24 kgdan oshmasligi kerak. Bitta o'quvchi shundan ikki baravar kam yukni
ko'tarishi mumkin.
Yassioyoqlik. Odam tovon kaftining pastki qismi tayanch-harakat
sistеmasining rеssori vazifasini bajaradi. Bolalar uzoq vaqt tik turganda, Og`ir yuk
ko`targanda, tor poyafzal kiyganda oyoq panjasi gumbazi yassilanadi, natijada
yassioyoqlik kеlib chiqadi. Yassioyoqlik natijasida oyog``ining tovon- panja va
boldir muskullarida og`riq bo`ladi. Yassioyoqlik tug`ma va hayotda orttirilgan
bo`ladi. Yassioyoqlikning tug`ilgandan kеyin yuzaga kеlishi sabablari
quyidagilardan iborat: bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurg`izish,
uzoq vaqt tik turg`izish, yosh bolaga poshnasi yumshoq poyabzal kiygizish,
o`quvchilarning kun bo`yi poshnasiz sport poyabzalida yurishi, poshnasi baland,
uchi tor poyabzallarni kiyish, og`ir yuk kutarish. Ana shularni hisobga olib,
yassioyoqlikni oldini olishga e'tibor bеrish kеrak.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |