joylashishiga ko'ra bir necha qismga bo'lib o'rganiladi: bosh, gavda, qo'l va oyoq
bo'lib, 23 ta suyaklarning birikishidan hosil bo'lgan. Ularning hammasi pastki jag'
va til osti suyagidan tashqari, uzluksiz chok bilan o'zaro mustahkam birikkan.
Bola tug`ilgan vaqtda uning bosh suyaklari bir-biri bilan birikmagan bir
nеcha suyakdan iborat bo`lib, ular orasida bo`shliqLar bo`ladi. Bu bo`shliqlar
54
liqildoq dеb ataladi. Ular katta, kichik va yon liqildoqlarga bo`linadi. Katta liqildoq
pеshona va tеpa suyaklari orasida joylashgan bo`lib, uning bo`yi 3,5 sm, eni esa
2,5 sm bo`ladi. Tеpa va ensa suyaklari orasida kichik liqildoq va tеpa chakka
suyaklari orasida ikkitadan jami 4 ta yon liqildoqlari bo`lib, ular 1,5 yoshda
suyakka aylana boradi. 4 yoshda esa miya qutisining choklari hosil bo`ladi. Bosh
suyagi 7 yoshgacha hamda 11-15 yoshda ya'ni jinsiy balog`at yoshida tеz o`sadi.
Uning o`sishi va shakllanishi 25-30 yoshgacha davom etadi.
Gavda skeleti. Gavda skeletiga umurtqa pog'onasi va ko'krak qafasi
suyaklari kiradi. Umurtqa pog'onasi o'q skeletning asosiy qismi hisoblanadi.
Umurtqa pog'onasi 33-34 ta umurtqadan tashkil topgan. Uning uzunligi odamning
bo`yiga qarab erkaklarda 75 sm ayollarda 68 sm ga tеng bo`ladi. Umurtqa
pog'onasi 5 ta qismdan iborat, ya'ni 7 ta bo'yin, 12 ta ko'krak, 5 ta bel, 5 ta
dumg'aza va 3-4 ta dum umurtqalaridan tashkil topgan.
Umurtqa pog'onasi skeletning tayanchi vazifasini bajaradi, uning ichidagi
orqa miyani himoya qiladi va oyoq-qo'llar skeletining og'irligini o'z zimmasiga
oladi.
Umurtqa pog'onasi o'sib rivojlangan sari tog'ay to'qimalari suyak to'qimalari
bilan almashinadi, bu asta-sekin boradigan jarayon. Bo'yin, ko'krak va bel tog'ay
to'qimalari 20 yoshga kelib, dumg'azaniki 25 yoshda, dum suyaklariniki 30 yoshga
kelib suyaklanadi.
Umurtqa pog'onasi bola hayotining birinchi yilida, shuningdek, 11 yoshdan
14 yoshgacha ayniqsa jadal sur'atda o'sadi. Umurtqa pog'onasining o'sishi
taxminan 20 yoshda tugallanadi.
Odam tik tura olishi va tik yurishi munosabati bilan umurtqa pog'onasining
to'rtta egriligi bor va u oyoqlarning yirik bo'g'imlari bilan amalda bir chiziqda
joylashadi, ana shuning uchun odam muvozanatni saqlaydi. Tug'ilishda umurtqa
pog'onasining dumg'aza bo'limida faqat bitta egrilik bo'ladi, so'ngra yana uchta
egrilik hosil bo'ladi. Bo'yin egriligi qavariq tomoni bilan oldinga chiqib turadi
(lordoz) va bola kallasini tutgandan keyin paydo bo'ladi. Bu bola hayotining
uchinchi oyiga to'g'ri keladi. So'ngra bola o'tiradigan va yuradigan bo'lganda bel
egriligi paydo bo'ladi. Bu ham qavariq tomoni bilan oldinga chiqib turadi. Nihoyat,
3-4 yoshga kelib, qavariqligi orqaga chiqib turgan ko'krak egriligi hosil bo'ladi
(kifoz). 7 yoshgacha egrilikdar hali unchalik mustahkam bo'lmaydi va yotgan
joyida to'g'rilanishi mumkin. Bel egriligi qariyb 12 yoshga kelib uzil-kesil
shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: