bo`lishi, faqat Orol bo`yida emas, balki dengizdan ancha naridagi bepoyon hududlarda erlarning
cho`lga aylanishi, iqlim landshaftning o`zgarishi bular ana shu fojia oqibatlarining to`liq
bo`lmagan ro`yxatidir.
Orol bo`yida dengizning qurib borishi
munosabati bilan xalqaro, keng ko`lamli ahamiyatga
molik bo`lgan ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik muammolarning murakkab majmui
vujudga keldi.
Orol dengizining qurib borishi va mintaqaning cho`lga aylanishi bilan bog`liq
ekologik
fojia bu havzada yashayotgan barcha xalqlarning dard alamidir.
Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining 1993 yil mart oyida qizil o`rdada bo`lib o`tgan
uchrushuvi ana shu muammolarni xal qilish yo`lidagi turtki bo`ldi. Bu uchrashuvda Orol dengizi
tangligini xal etish yuzasidan birgalikda harakat qilish to`g`risida bitim imzolandi. Orol dengizi
muammolari bo`yicha Davlatlararo Kengash va uning ishchi organi - Ijroiya qo`mitasi,
shuningdek, Orolni qutqarish xalqaro fondi tashkil etildi. Markaziy Osiyo Respublikalari davlat
boshliqlarining 1994 yil yanvarida Nukus shahrida bo`lib o`tgan ikkinchi
uchrashuvida Orol
dengizi havzasidagi ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan yaqin uch-besh yilga mo`ljallangan,
mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning aniq harakatlar dasturi tasdiqlandi. 1994 yil mart
oyida Toshxovuzda bo`lgan uchinchi uchrashuvda Davlatlararo Kengashning ushbu dasturining
bajarilishi haqidagi hisoboti tinglandi.
Orol muammosining butun keskinligini uni saqlab qolish yuzasidan kechiktirib
bo`lmaydigan chora-tadbirlar ko`rish zarurligini tushungan holda, Markaziy Osiyo va
mintaqaning ilmiy jamoatchiligi, xalqaro tashkilotlari 1995 yil 20 sentabrda Nukus shahrida
Markaziy Osiyo davlatlari va xalqaro tashkilotlarining Orol dengizi havzasini barqaror
rivojlantirish muammosi bo`yicha Deklaratsiyasini qabul qildilar. Deklaratsiya barqaror
rivojlanish qoidalariga qat`iy amal qilishni nazarda tutadi va e`tiborni quyidagi g`oyat muhim
muammolarni hal qilishga qaratadi:
-qishloq va o`rmon xo`jaligining yanada muvozanatli va ilmiy asoslangan tizimiga o`tish;
-suv zaxiralaridan foydalanishning tejamli usullarini
ishlab chiqish, sug`orishda va atrof-
muhitni muhofaza qilishda takomillashgan texnologiyalarni qo`llash vositasida irrigatsiyaning
samaradorligini oshirish;
-mintaqaning tabiiy zaxiralarini boshqarish tizimini takomillashtirish.
Pirovard natijada Orol tangligi barqaror rivojlanish, bu mintaqada yashayotgan
odamlarning turmush darajasining pasayib ketishiga yo`l qo`ymaslik, kelajakda yosh avlod
uchun munosib turmushni ta`minlash tamoyillari asosida hal qilish bo`yicha uzoq muddatli
strategiya va dasturni ishlab chiqish hamda ro`yobga chiqarish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: