233
podshipniklarning
aylanish tezligi n
1
dan n
2
(ayl/min)ga ko`paysa, shovqin
quyidagicha aniqlanadi.
1
2
/
lg
3
,
23
n
n
L
=
D
Mashina va mexanizmlarda, qurilmalarda,
texnologik liniyalarda
shovqinni kamaytirish, detallarni tayyorlash sifatini oshirish, kam shovqin hosil
qiluvchi materiallardan foydalanish, uzatmalarni to`g’ri tanlash, eyilgan
detallarni o`z vaqtida almashtirish va shu kabi yo`llar orqali amalga oshiriladi.
Masalan, dumalash podshipniklarini ishqalanish podshibniklariga almashtirish
shovqin darajasini 10…15 dB ga, to`g’ri tishli g’ildiraklarni
boshqa
g’ildiraklarga almashtirish 10…12 dB ga, zanjirli uzatmalar o`rniga ponasimon
tasmali uzatmalardan foydalanish 10…15 dB ga, tishli uzatmalarni yig’ish
sifatini oshirish 5…10 dB ga kamaytirishga imkon beradi. Bundan tashqari
shovqin darajasini kamaytirishda aylanuvchi detallarni balansirlash ham muhim
rol’ o`ynaydi.
Ma`lumki, gazlar va suyuqliklarni quvurlarda harakatlanishi natijasida
shovqin hosil bo`ladi. Bundan tashqari, bunday
shovqinlar shamollatkichlar,
kompressorlar, nasoslar va ichki yonuv dvigatellarini ishlashi vaqtida ham
yuzaga keladi. Bunday aerogidrodinamik shovqinlar gazlar va suyuqliklarni
uyurmasimon harakati natijasida sodir bo`lganligi sababli, ularni manbasida
kamaytirishning samarasi kam bo`ladi. SHu sababli bunday shovqinlar darajasi
uning yo`liga shovqinni kamaytiruvchi qurilmalar o`rnatish orqali kamaytiriladi.
Elektr qurilmalari va mashinalarda elektromagnit xarakterdagi shovqinlar
yuzaga keladi. Bunday shovqinlar hosil bo`lishining asosiy sababi, o`zgaruvchan
magnit maydonlari ta`sirida ferromagnit massalarning titrashi hisoblanadi.
Transformatorlardagi bunday shovqinlar paketlarni zich joylashtirish va demfer
(tebranishni pasaytiruvchi, yutuvchi) materiallardan
foydalanish orqali
kamaytiriladi.
Iloji boricha tishli g’ildirakli va zanjirli uzatmalarni ponasimon tasmali
uzatmalar bilan almashtirish lozim. Bunda biz shovqinni 10-14 dB kamaytirish
imkoniyati yaratiladi.
SHarikli potishipniklarni sirgaluvchi potishipniklar bilan almashtirish
maqsadga muvofiq, bu esa shovqinni 10-15 dB ga kamaytiradi.
Iloji boricha metalldan tayyorlangan detallarni nometall detallar, masalan,
kapron, tekstolit, plastmassa detallar bilan almashtirish yoki metall tishli
g’ildiraklar juftligi o`rniga kapron tekstolitdan yasalgan g’irdiraklar o`rnatish
shovqinni 10-12 dB ga kamaytirishi mumkin.
Korpus detallarini tayyorlashda plastmassa materiallardan foydalanish,
masalan, reduktor qopqog’i plastmassadan tayyorlanganda past chastotadagi
shovqinlarni 2-6 dB ga, yuqori chastotadagi shovqinlarni esa 7-15 dB ga
kamaytiradi. Metall detallarni tanlaganda har xil metallarning ichki
qarshiligi
turlicha ekanligini hisobga olish muhim. CHunki ichki qarshilikning o`zgarishi
metall jarangdorligini oshirishga yoki kamaytirishga yordam beradi. Masalan,
234
cho`yanga nisbatan po`lat jarangdor hisoblanadi. Ba`zi bir qotishmalar
jarangdorligi keskin kam bo`lishi bilan ajralib turadi. SHuning uchun ham
birikmalarda qotishmalardan foydalanish yaxshi natija beradi. Mexanizmlarning
aylanuvchi qismlarining mutanosibligini taminlash zarur. Tosh maydalash
qurilmalarida shovqinni kamaytirish maqsadida uning devorlarini rezinadan
qilingan materiallar yoki asbestdan qilingan karton vositalari bilan qoplash
maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: