qamish – uy, ho’kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab
qo’yish kerak bo’ladi.
125
Suv qalqisa, loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon qalqigandan buyon
yomon ko’paydi. Erta bahorda ularning tug’ay deb turgan sigirini o’g’irlab
ketishdi. O’sha kecha SHoikrom tungi smenada edi. Kechasi bilan sharros
jala quyib chiqdi. SHoikrom tong saharda bir nimani sezganday ko’ngli g’ash
tortib, uyiga qaytdi. Kelsa xotini, onasi, bolalari dod solib o’tirishibdi
.
126
Uch mashhur asarlardan olingan parchalar ustida o’tkazilgan ixcham
tadqiqotlarimiz
ham
produtsientning
matnga,
matnning
retsipientga,
produtsientning mashhurligi, insoniiy fazilatlarining bevosita retsipientga ta’siri va
mana shu ta’sir natijasida matnga munosabatning shakllanishiga olib kelishini
isbotladi. Tajriba jarayonida milliy guruhlar hech bir xatosiz yuqoridagi parchalar
qaysi muallifga tegishli ekanligini topdilar. Ushbu matnlar ularga maktab
programmasidan tanish. SHuning uchun ularda eslash orqali aniqlash oson
bo’lganini nazarda tutib, rus guruhlarida ham sinab ko’rdik. Avval G’.G’ulom,
A.Qahhor, O’.Hoshimov ijodi. ularning o’ziga xos qirralari haqida qisqacha
ma’lumot berdik. So’ng yuqoridagi matnlarni raqamlab, qaysi matn qaysi
yozuvchiga tegishli ekanligini topishlarini so’radik. Natija biz kutgandek. Milliy
guruhlardagi kabi yuz foiz emas 60% dan 80% gacha to’g’ri topilgan. SHu
jarayonda yana bir fikr tug’ildi. Rus guruhlariga noto’g’ri yo’nalish bersak-chi,
ya’ni G’.G’ulomning yumorga boy sodda tilini O’.Hoshimovga, A.Qahhorning
ixcham, keskirligini G’.G’ulomga, O’.Hoshimovninig keng, mulohazakorligini
A.Qahhorga nisbat bersak retsipientlar biz ko’rsatgan yo’nalish bo’yicha
ketadilarmi? Ha, xuddi shunday bo’ldi. Ular biz bergan yolg’on informatsiyaga
aldanishdi. O’z-o’zidan natijalar ham biz yo’naltirgan yo’nalish bo’yicha ketdi.
SHu o’rinda yana bir fikr tug’ildi. Demak, yolg’on axborotlar bilan
retsipientlarning fikriga ta’sir ko’rsatish mumkin ekan. SHuning uchun ommaviy
axborot vositalari bunday holatga zinhor yo’l qo’ymasliklari lozim. Ularning
125
А.Қаҳҳор. Асарлар. 5 жилдлик. 1-ж. Т., 1987. Б. 291.
126
Ў.Ҳошимов. Ўзбек адабиѐти дарслик- мажмуа. 6-синф. Т., 1997. Б. 209.
auditoriyasi juda katta, ozgina xatolik ham shov-shuvga, tushunmovchilikka olib
keladi.
Badiiy matn tili uning mavzusi, muammosi, g’oyasi bilan uzviy bog’liq,
mavzuning tanlanishi bevosita asar tilini ham belgilashi tabiiy hol.
127
Mavzu
sintaktik konstruktsiyalarni tanlashda ham alohida ahamiyatga ega. Oybek
mutafakkir shoir, davlat arbobi, komil inson Alisher Navoiy obrazi, saroy muhiti
va urf-odatlarini, o’sha davr ruhi va Navoiy mansub bo’lgan ijtimoiy tabaqaning
nutqini to’laqonli yoritish uchun uzundan uzoq qo’shma gaplardan, ravishdosh,
sifatdosh oborotlardan, dabdabali, hashamatli so’z va iboralardan unumli
foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |