shaxsiyati
birinchi o’rinda turadi, biz hamma narsani faqat u orqaligina qabul
qilamiz va anglaymiz. ”
119
Ijodkorning shaxs sifatidagi o’ziga xosligi nutqiy
faoliyatda yaqqol namoyon bo’ladi. Bunda ijodkorning psixologik quroli so’zdir va
u orqali shaxsning intellektual faolligi, anglash, xotira va tafakkur kabi psixologik
funktsiyalari yuzaga chiqadi. “Badiiy matnda muallif shaxsi ko’p qirrali va turli
darajada – tilda, syujetda, mavzuda, g’oyada namoyon bo’ladi”.
120
Mavzu tanlashda produtsientning (yozuvchi, shoir, dramaturg) roli katta,
ya’ni har bir ijodkorning uzoq yillar davomida xayolida yetilayotgan mavzulari
bo’ladi. A. Qahhor bu jarayonni yozishga majbur qiladigan holat sifatida baholaydi
va bu hol ijtimoiy hodisalarni tahlil qilish asosida yuzaga kelishini ta’kidlaydi.
121
“Ijtimoiy hodisalarni tahlil qilish, uning yaxshi-yomon ekanini bilish uchun
yozuvchining saviyasi
juda-juda
baland bo’lishi kerak”
122
ligini uqtiradi.
Produtsient individualligi badiiy matnda tasvirlanayotgan muammoda va
g’oyada ham namoyon bo’ladi. Borliqdagi har qanday hodisa san’at sohasida
tasvirlandimi tamom, u nafaqat borliqdagi ma’nosiga, balki ijodkor ichki
dunyosining belgisiga ham aylanadi.
123
SHuning uchun har qanday badiiy matnga,
u qaysi millatga, qaysi adabiy-badiiy an’analarga, qaysi madaniyatga
mansubligidan qat’iy nazar muallif dunyoqarashi muhrlanadi.
Asarning g’oyaviy-tematik mohiyati, muallif yaratgan xarakterlar asosida
aniqlanadi (konkretlashadi). Ya’ni asar qahramonlarining yurish-turishi, ruhiy
kechinmalari, asar g’oyasining aniq va ishonchli ifodalanishiga xizmat qiladi.
Yozuvchi ijod jarayonida o’zining ichki kechinmalariga asoslanmay iloji yo’q.
117
Дмитрюк Н.В. Национально-культурная специфика вербальных ассоциаций: Автореф. канд. дисс. М,
1985.
118
Ингарден Р. Исследования по эстетике. М., 1962. С. 242.
119
Белинский Л.И. Танланган асарлар. Т., “Ўзбекистон” 1995. Б. 134.
120
Тимофеев Л.И. Основы теории литературы. М., 1971, С. 406-407.
121
Қуронов Д. Мутолаа ва идрок машқлари. Т., 2013. Б. 28.
122
Қаҳҳор А. Асарлар. Т., 1989,5-жилд. Б. 66.
123
Цит. по, Белянин В.П. Психологические аспекты художественного текста. М., 1988. С. 20.
Asar qahramonining xarakterini, shaxsini ochishda ixtiyoriy yoki beixtiyor o’z his-
tuyg’u istak va talablarini tasvirlaydi. Boshqacha aytganda, muallif matndagi ijobiy
qahramonga o’ziga yaqin va tushunarli bo’lgan sifatlar beradi, personajlarning
hayoti, harakatlari ham muallif nazarida to’g’ri, ayni haqiqat deb tan olingan
yo’nalish bo’yicha amalga oshadi. Masalan, Abdulla Qodiriy o’z qahramonlariga
quyidagicha ta’rif beradi:
Otabek:
Do'stlaringiz bilan baham: |