Ichki nutq = 0
Tashqi nutq. Motor reallashuv
.
Ba’zan, har ikki modelga ham mos kelmaydigan holatlarni uchratamiz.
Affektiv holat o’ta kuchli bo’lganda, yoki kommunikantlardan biri muloqotni
davom ettirishni istamaganda umuman nutqiy apparat harakatga kelmasligi
mumkin. Bunday holatda paralingvistik vositalar kommunikativ vosita sifatida
birinchi planga chiqadi. Bunday holatlarni professor A.Nurmonov kommunikatsiya
kanalining funktsionallashuviga qarshilik deya izohlaydi. “Bu qarshilikning o’zi
ikki xil: ichki va tashqi omillar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Masalan,
kommunikatsiya ochiqlikda yuz berib, suhbatdoshlarning masofasi uzoq bo’lsa
yoki masofa yaqin bo’lib, kuchli shovqin suhbatga halaqit bersa, qo’shimcha
noverbal vositalarga – imo-ishora va mimikalarga ehtiyoj kuchayadi. Ichki
sabablari esa so’zlovchi va tinglovchining sub’ektiv holatlari bilan bog’liqdir”.
Mana shunday ilmiy xulosalarga tayangan holda ushbu holatlar uchun ham
nutqning yaratilish jarayoni modelini ikki xil variantda taklif etamiz. Sababki,
kuchli ruhiy zo’riqish – stress holatida, miya faoliyatidagi ayrim o’zgarishlar bilan
bog’liq xastaliklarda, ichki nutq va tashqi nutq nolga teng bo’lsa, so’zlashishni
xohlamaslikda esa vaziyat butunlay boshqacha. Unda ichki nutq bilan bog’liq
barcha jarayonlar amalga oshiriladi. Tashqi reallashuvga tayyor holatga keltiriladi,
faqat so’zlovchining ongli ravishdagi istagiga ko’ra tashqi nutq reallashmaydi.
Ichki nutq
Maqsad
Fikr
Ichki dasturlash
Fonetik izlanishlar
Leksik izlanishlar
Grammatik konstruktsiyalar tanlash – loyihalash
2. Tashqi nutq = 0
3. Paralingvistik vositalar
Imo-ishora, mimika, badan harakatlari kommunikatsiyada ishtirok etuvchi
qo’shimcha vositalar sanaladi. Ular axborot uzatishga, uning mazmunini
to’ldirishga xizmat qiladi. Bu ko’proq jonli nutqda namoyon bo’ladi va
so’zlovchining fikrini qisqa, lo’nda, ta’sirchan ifodalash maqsadi bilan izohlanadi.
Ma’lum axborotni tinglovchiga yetkazish jarayonida qo’l, bosh, yelka, gavda, yuz
harakatlari, ovozning baland-pastligi, cho’ziq yoki qisqaligi ham ma’no ifodalaydi.
Va aksincha, tinglovchining olayotgan informatsiyaga munosabati ham uning yuz
ifodasidan ham sezilib turadiki, so’zlovchi shunga qarab keyingi jumlalarni
tuzishda tinglovchi bilan moslashishga harakat qiladi. Psixolingvistik tahlillarda
paralingvistik vositalarga nutqning ta’sirchanligini oshiruvchi omil sifatida
qaraladi. Kolshanskiy G.V. paralingvistik vositalar sub’ektning verbal
kommunikatsiyasining
chala
tomonlarini
to’ldiradigan
kommunikativ
podsistemaligini aytadi.
95
G.M.Nikolaeva B.A.Uspenskiy esa informatsiyada
qatnashadigan barcha yordamchi vositalarni uch guruhga ajratadilar.
95
Колшанский Г.В. Паралингвистика. М., 1974. с. 6.
1. Tabiiy nutqni kuzatib boruvchi noverbal vositalar.
2. Nutq ifodasi o’rnida qo’llaniladigan noverbal vositalar.
3. Verbal vositalar bilan birga ishlatilib aralash holatni hosil qiladigan
noverbal vositalar. Birinchi tur paralingvistik holat, ikkinchisi til belgilari
substitutsiyasi, uchinchisi esa til va til bo’lmagan vositalar interferentsiyasi sifatida
izohlanadi. Birinchi va uchinchi holatni kundalik hayotimizda ko’p kuzatamiz. Har
ikkisida ham muloqot ham verbal, ham paralingvistik vositalar yordamida amalga
oshsa-da, verbal vosita birinchi planga chiqadi va turli imo-ishoralar, mimikalar,
xarakterizatorlar faqat nutqni kuzatib boradi. Psixolingvistik nuqtai nazardan aynan
ikkinchi holatda insonning ruhiy holati yaqqol aks etadi. Paralingvistik vosita
birinchi planga chiqadi. Muloqot asosan ko’z orqali amalga oshadi. Bunday
axborot almashinuvining sifati kommunikantlarning bir-birining fe’l-atvori,
ruhiyati, hayotini qay darajada yaxshi bilishlariga bog’liq bo’lib qoladi.
“CHorshanbiev ustoziga
Do'stlaringiz bilan baham: |