Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti lingvistika


Magar boshdan-oyoq g`am qoniga botsam



Download 96,7 Kb.
bet33/43
Sana31.12.2021
Hajmi96,7 Kb.
#233396
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
Bog'liq
hamlet tragediyasi ozbekcha tarjimalarining lisoniy tahlili

Magar boshdan-oyoq g`am qoniga botsam,
O`shanda ham qonga botgan shu qo`llarimni
58

Qodirmasmi, yuvib, shaffof aylasa falak?..(307)


Asarning har bir sahnasida, har bir qahramon nutqida metaforani kuzatishimiz mumkin. Bu esa asar tili jozibadirligini oshirib, qahramonlar dunyoqarashi va qalbini yaqqol ochib berishga xizmat qilgan.
3.2. O`xshatishlarning lisoniy tahlili
Badiiy ijod jarayoni mehnat, lekin u boshqa barcha aqliy mehnat turlaridan katta farq qiladi. Unda mehnat qandaydir sirli ruh bilan amalga oshadi, shuning uchun odatda badiiy ijod jarayoni masalasiga yondashuvlar har xil: unda kimlardir ratsional, kimlardir noratsional jihatlarni ustuvor hisoblaydi, ba`zilar uni umuman tushunib va tushuntirib bo`lmaydigan, favquloddalik, sirli tasodif hamda har bir ijodkorning shaxsi bilan belgilanadigan o`ta xususiy hodisa sifatida talqin qiladilar. Bizningcha, har uchala fikrda ham asos bor, lekin ularning hech qaysisi o`zicha butun ijodiy jarayonni qamrab ham ololmaydi, to`liq ochib ham berolmaydi. Shuning uchun uni shartli ravishda qismlarga bo`lib o`rganish maqsadga muvofiq bo`ladi deb o`ylaymiz.
G`oyaviy niyat esa badiiy ijod jarayonining ibtidosi san`atkorning muayyan g`oyani yoki g`oyalar tizimini badiiyat orqali boshqalarga yetkazish istagi bilan bog`liq. Uni biz g`oyaviy niyat deymiz. U ko`zga ilg`amaydigan darajada nozik va ko`z ilg`amaydigan darajada miqyoslikka ega. Chunki g`oyaviy niyat o`z nomi bilan g`oyaga taalluqli, u ijodkorning dunyoqarashining mevasi, butun asarning poydevori. U badiiy asarning mavzusi, shakli, mazmuni, “tili”, badiiy vositalari qanday bo`lishi kerakligini belgilanib berish uchun ular bilan “kurash olib boradi”. Ba`zan ularning o`ziga bo`ysundiradi, ba`zan esa ularga biroz yon berib, ma`lum nuqtalarda o`zgaradi, “ sharoitga moslashadi”. G`oyaviy niyatni shu bois hech qachon to`liq amalga oshgan estetik hodisa sifatida tasavvur qilish mumkin emas.
Badiiy tasavvur ijod jarayonining boshidan oxirigacha ishtirok etadigan ruhiy quvvat, bu-tasavvur. Ijodiy tasavvur, to`g`rirog`i, badiiy tasavvur qidiruvchan hissiyot, biror-bir hodisa yoki hodisalarning keskin aniqlikka ega bo`lmagan, lekin ayricha tovlanib, ijodkorni o`ziga chaqirib turadigan ehtirosli, mavhum shakli.
59

Tasavvurni ta`riflashning, nima ekanini aniqlashning qiyinligi, uning o`zi aql-idrokni inkor etgani holda, aqlga mos estetik ko`rinish topadi, u, mo`jizaviylik,


xayoliylik va karomat unsurlarini o`zida mujassam etgani holda, aql-idrokni shartlilik bilan “aldaydi”. Badiiy asarda shartlilik tarzida in`ikos etgan tasavvur mahsuli, u sujetmi, badiiy qiyofami, majoziylikning turli ko`rinishlarimi, qanday bo`lmasin, sizni hayotiy reallik sifatida ishontira olmaydi, lekin uni badiiy reallik shaklida qabul qilasiz, undan hayratlanasiz, quvonasiz, qayg`urasiz, xullas, aqlga quloq solmay, unga ishonasiz. Shunday qilib, tasavvur orqali ijodkor sizni bo`lmagan narsaning bo`lganligiga yoki uning shunday bo`lishi kerakligiga ishontiradi.

Badiiy ijod jarayonida tasavvur bilan birga ilhom ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Uni ilohiy, mo`jizaviy pari (qadimgi yunonlarda muzalar) tarzida tasavvur qilish odatga aylangan. Lekin u asli ijodkorning ilmiy jihatdan nima ekanini aniqlab, xususiyatlarini belgilab bo`lmaydigan ruhiy holati. To`g`rirog`I, u nihoyatda ko`tyarinki ruh. Ukishini shunchalik yuksaklikka olib chiqadiki, u yerdan turib ijodkor hamma narsani haroratli nigoh bilan ko`ra oladi va tasvirlash uchun


kerak bo`lgan shaklni, mazmunni, kompozitsiyani, umuman, asarni butunligicha tasavvur qiladi. Shu sababli ilhomni qadimgilar ilohiy hodisa, yangi va eng yangi davr mutafakkirlari onglanmaganlik deb ta`riflaydilar.
Idrok mazmunan kengqamrovli tushuncha bo`lib, mavjud barcha sohalarga dahldor sanaladi. U narsalarning o`ziga xos xususiyatlarini tafakkur orqali talqin etishda hamda turli xil munosabatlarni o`rganishda insonga ko`mak beradi. Shuningdek, idrok jarayonining to`g`ri shakllanishi aqliy taraqqiyotning asosiy
omili hamdir. Bir so`z bilan aytganda, idrok narsa-hodisalarning yaxlit qiyofasini aks ettiradi, voqelikni inson sezgi a`zolarining ta`siri orqali belgilovchilik va boshqaruvchilik imkoniyatlarini namoyon qiladi. Jahon adabiyotining o`lmas namoyandasi Vilyam Shekspir asarlarida yuqoridagi tushunchalarning uyg`unligini kuzatishimiz mumkin.

60

Adabiyotning eng buyuk va muqaddas burchi odamga uning kimligini ko`rsatishdir. Badiiy adabiyotda, eng avvalo, inson va uning taqdiri, ruhiy olami va kechinmalari tasvirlanadi.Adabiyotni fikr va xis-tug`ular sintezining teranlashgan


formasi deyishadi. Bu hol yakka, yolg`iz mohiyatlardan, teran falsafiy umumlashmalarda kelishida, bugungi voqealigimizdan kelajakka dahldor belgilarni ko`rish va topa bilishda, ularni umumlashtira olishida namoyon bo`ladi. U birinchi navbatda, insonning ma`naviy –ma`rifiy tasavvurlarini shakllantiradi. Insonnning faqat aqliy quvvatigina emas, uning ruhiy holatiga hamda emotsional kayfiyatiga ham ta`sir etadi. Bu haqda yurtboshimiz shunday yozadi: “Insonni, uning ma`naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo`lsa, so`z san`ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik, yozuvchi va shoirlarni esa inson ruhining muhandislari deb ta`riflanishi bejiz emas”.
Adabiyotshunos Y.Solijonoav ta`kidlaganidek,”So`z insonga xos ichki va tashqi dunyoning tarjimoni. So`zning qudrati, go`zalligi, ma`nodorligi, ta`sir kuchi, ayniqsa, badiiy asrda bilinadi”. Yozuvchi asarlari orqali insonning ichki olami, xarakteri, orzu –istaklari va tuyg`ularini ochib berar ekan, unda shu real borliqning ijtimoiy –siyosiy, falsafiy, ruhiy –ma`naviy qiyofasini ham tasvirlaydi. Mana shu tasvirdan qalamga olinayotgan davrning ijtimoiy, iqtisodiy va ma`naviy obrazi vujudga keladi. Bugungi kundagi murakkab ijtimoiy munosabatlarni badiiy adabiyot, xususan, hajviy va sargzasht asarlar talqini, birinchi navbatda adabiyotshunoslikning o`zi uchun, ikkinchidan, sotsiologiya, psixolingvistika, lingvokul turologiya fanlari uchun muhim kasb etadi.
Badiiy adabiyot ijod mahsulida inson xarateri masalasi deyarli barcha ilmiy tadqiqotlarda tilga olinadi. Nasriy ijodkorlar faoliyatiga bag`ishlangan ishlarda ham dastavval inson xarakteri bilan bog`liq hollar tahlil etiladi.
Badiiy tarjimada asliyatdagi personajlar tilini, aniqrog`i nutqini muqobil qayta yaratish masalasi tarjimashunoslikdagi muhim muammolardan sanaladi. Zero tarjimadagi har qanday qiyinchilik oxir-oqibat asarning tilini o`qirishga borib taqalaveradi. Tadqiqotchilarning shahodat berishlaricha buyuk ingliz dramaturgi
61

Vilyam Shekspirning so`z boyligi nihoyatda boy bo`lib, Yevropa shekspirshunos tadqiqotchilarning xulosalariga ko`ra bu 17.750 ta so`zdan iborat. Shekspir asarlari tilining o`ziga xosligi, avvalo unda qo`llanilgan so`zlarning stilistik rang-barangligiga ekanligidir. Shekspir ingliz tilining yuqori darajadagi murakkab so`z o`yinlaridan ham, ayni paytda oddiy xalq tilidan ham bab-baravar mahorat bilan foydalana olgan. Shuni ta`kidlab aytish lozimki, Shekspir davrida adabiy til me`yorlari, xususan, grammatika, orfografiya hamda talaffuz qoidalari hali maxsus ishlab chiqilmagan bo`lib, bu ish faqatgina XVIII asrga kelibgina bir qadar ilmiy asoslashga erishilgan Shekspir jahon adabiyotining titanlaridan biri ekanligi uchun ham uning ijodini boshqa tillarga tarjima qilishda anchagina tajriba va mahorat talab qilinishi tabiiy. Birgina "Hamlet" asaridagi o`xshatishlarning o`zi badiiy tasvir vositalarini tarjima qilish bilan bo`liq bo`lgan bir qator muammolarni ko`rib chiqishga asos bo`la oladi.


Shekspirning “Hamlet” tragediyasida eng ko`p qo`llangan badiiy tasvir vositalaridan biri bu o`xshatishdir.O`xshatish eng qadimiy tasviriy vositalardan biri bo`lib, nutqni bezashda, tasvirning aniqlash va obrazliligini ta`minlashda foydalanib kelinadi.
O`xshatish ikki narsa yoki voqea-hodisa o`rtasi o`xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining belgisini, mohiyatini to`laroq, konkretroq tasvirlab berishdir. O`xshatish asosan nutqiy hodisa bo`lib, ma`lum predmet biror boshqa predmetga o`xshatilsa, xuddi shu predmet boshqa o`rinda ikkinchi narsaga o`xshatilishi mumkin.
O`xshatish subekti, o`xshatish etaloni, o`xshatish asosi, o`xshatishning shakliy ko`rsatkichi o`xshatishni tashkil etuvchi elementlardir.
Har qanday o`xshatishning lingvistik asosini o`xshatish etaloni tashkil qiladi.
o`xshatishning orinigalligi o`xshatish etalonining originalligiga ko`ra yuzaga keladi.
O`xshatishlar 3 ga bo`linadi:

62


  1. An`anaviy o`xshatishlar-nutqimizdagi bir qancha o`xshatishlardagi o`xshatish etalonlari o`zining originalligini yo`qotgani uchun an`anaviy o`xshatish sifatida qaraladi: toshday qattiq, paxtaday oq, tulkiday ayyor.

  2. Yozuvchining badiiy idroki, o`z nigohi asosida xalq tilidan foydalanilgan holda yar-l o`xshatishlar xususiy-muallif o`xshatishlari deyiladi.




  1. Qavatlangan o`xshatish

O`xshatishning tuzilish tiplari:




  1. O`xshatish oborotlari: Sidiqjon xuddi allaqachon uyg`onganu, shunga maxtal bo`lib turganday darrov o`rnidan turdi.




  1. O`xshatish ergash gaplari




  1. O`xshatishning –dan chiqish kelishigi qo`shimchasi bilan ifodalangan shakli: To`g`ri so`z qilichdan o`tkir.




  1. –day, dek, -simon, -ona, -omuz, -chasiga, -larcha affikslari bilan h/b




  1. O`xshash, teng, aynan kabi so`zlar




  1. Kabi, qadar, singari, go`yo, xuddi yordamchi so`zlar




  1. Izohlovchi-izohlanish: Sog`liging-boyliging




  1. O`xshatishning kengaytirilgan shakli




  1. Birdan ortiq vosita ishlatilgan shakli

Bu kabi turli vositalar matnga tasviriylik va hissiylik beradi. Chunki bular


matnning asosiy xususiyatlaridandir.1 Shekspirning “Hamlet” asarida qo`llangan o`xshatishlarni tahlil qilganimizda ularning originalligi, oxorliligi, voqelikni obrazli tarzda tasvirlashda kata ahamiyatga ega bo`lganini kuzatdik. Masalan, asarning 1-parda 2-sahnasida Hamletning ichki monologida uning otasi nohaq o`ldirilganligi, onasi esa erining azasini o`tkazib bo`lmay turib tezda turmushga chiqishga shoshilishi, amakisining kechirib bo`lmas xiyonati, xullas zamonasining nohaqliklaridan to`yib ketgan shahzodaning ruhiy iztiroblari quyidagi satrlarda kitobxon ko`z o`ngida asta gavdalanadi:





  1. Лапасов Ж.Бадий матн ва лисоний тахлил- Тошкент Ўқитувчи , 1995, .3-б.

63

Qanday ayanch, qanday jirkanch va to`mtoq bo`lib,


Ko`rinadi butun olam, butun koru bor,
Qarab-qarab ko`ngling aynab ketadi! Xuddi


Download 96,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish