Namangan davlat univеrsitеti boshlang‟ich ta'lim mеtodikasi kafеdrasi



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/365
Sana31.12.2021
Hajmi2,14 Mb.
#261057
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   365
Bog'liq
Namangan davlat univеrsitеti boshlang ich ta'lim mеtodikasi kafе

Otlarda modal shakl yasalishi 
Otlarda so‗z o‗zgarish, so‗z yasalish xususiyatlari bir qatorda modal shakl yasash 
hodisasi ham mavjud. 
Otlarning  leksik  ma‘nosiga  qo‗shimcha  modal  ma‘no  qo‗shilishi  bilan  hosil 
qilinadigan  shakl  modal  shakl  yasash  deyiladi.  Otlar  o‗z  leksik  ma‘nosiga  qo‗shimcha 
kichraytish,  erkalash,  hurmat,  kuchaytirish,  gumon,  noaniqlik  kabi  modal  ma‘nolarni 
ifodalaydi. 
Otlarda  bu  modal  ma‘nolar  ikki  xil  usul  bilan  yasaladi:  morfologik  usul  va 
takrorlash usuli. 
Morfologik usulga  ko‗ra  otning leksik  ma‘no ifoda  etuvchi  qismiga modal shakl 
yasovchi  affikslarni  qo‗shish  orqali  modal  ma‘no  yasaladi.  Bu  usulga  ko‗ra  otlarning 
kichraytish, erkalash, hurmat kabi modal shakllari hosil qilinadi. 
Otlarda modal shakl yasovchi affikslarga quyidagilar kiradi: 
-cha: qizcha, uycha 
-chak, -choq: kelinchak, qo‗zichoq, toychoq 
-loq, -aloq: joyloq, bo‗taloq, qizaloq 
-gina: bolagina, qizgina 
-xon, -jon, -oy, -boy: otaxon, onajon, Ra‘noxon, Yulduzoy, Karimboy. 
Otni  maxsus  takrorlash  yo‗li  bilan  gumon,  kamsitish,  umumlashtirish,  noaniqlik 
kabi modal ma‘nolar yasaladi. Bu usulga ko‗ra modal shakl hosil qilishda takrorlanuvchi 
qismda turli fonetik o‗zgarishlar yuz beradi: 
1.Ot unli tovush bilan boshlanganda, takrorlanuvchi qism boshqa p, m, s, ch, d, j, t 


74 
 
tovush  orttiriladi:  un-pun,  ot-pot,  o‗rik-mo‗rik,  irim-sirim,  irim-chirim,  imi-dimi,  alang-
jalang kabi. 
2.Ot undosh tovush bilan boshlanganda, takrorlanuvchi qismdagi birinchi undosh 
p, m, s, ch, b tovushlaridan biri bilan almashtiriladi: loy-poy, mosh-posh, non-pon, bosh-
mosh, poda-moda, patir-satir, meva-cheva, g‗idi-bidi kabi. 
3.Otning  takrorlanuvchi  qismida  keng  va  cho‗ziq  unli  qisqa  va  tor  unli  bilan 
almashadi: don-dun, xashak-xushak kabi. 
4.Takrorlanuvchi  qismda  birinchi  undosh  ham,  keng  unli  tovush  ham  almashadi: 
latta-putta kabi. 
Ba‘zan  otning  o‗zi  aynan  hech  o‗zgarishsiz  takrorlangan  holda  qo‗llanib, 
kuchaytirish ma‘nosini hosil qiladi: tog‗ -tog‗ , xirmon-xirmon kabi. 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   365




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish