Bog'liq Namangan davlat univеrsitеti boshlang ich ta'lim mеtodikasi kafе
Otlarda egalik kategoriyasi Predmet yoki predmetlik tushunchasining uch shaxsdan biriga (ba‘zan predmetga)
taalluqli ekanligini ko‗rsatuvchi umumiy ma‘nolar va bu ma‘nolarni ifoda etuvchi
shakllar tizimiga egalik kategoriyasi deyiladi.
Predmet yoki predmetlik tushunchasining uch shaxsdan biriga, ya‘ni so‗zlovchi (I
shaxs), tinglovchi (II shaxs), o‗zga (III shaxs) shaxsga taalluqliligini ifodalaydigan
72
affikslar egalik affikslari deyiladi. Egalik affikslari shaxs ma‘nosi bilan birga uning
sonini (birlik yoki ko‗plik ma‘nosini) ham ifodalaydi. Egalik affikslari quyidagi jadvalda
berilgan.