169
1
. Ifoda maqsadiga ko‗ra turi.
2. His-hayajon ifodalashiga ko‗ra turi.
3. Tuzilishiga ko‗ra turi.
4. Gap bo‗laklari va ularning turlari.
5. Uyushiq va ajratilgan bo‗laklar bo‗lsa,
aniqlanadi.
6. Gap bo‗laklari
sanalmaydigan birliklar
bo‗lsa, aniqlanadi.
7. O‗zga gap bo‗lsa, turi aniqlanadi.
1-ilova . Mashqlar
438-mashq. O‘qing. Qo‘chirma gap va muallif gapini topib, ulardagi bosh bo‘laklarni
aniqlang. Ko‘chirma gapni muallif gapi bilan bog‘lovchi vositalarga va tinish belgilarga
diqqat qiling.
1. ―Siz haddan ziyod ko‘ngilchan va olijanobsiz‖, — deb e‘tiroz bildirdi Haydar
qiziqqonlik bilan.
(L. Bat) 2. ―Men birinchi galda vijdonim buyrug‘iga quloq solaman,—
dedi Latifjon,— sening buyrug‘ingga emas‖.
(J. Abd.) 3. «Sahroning bag‘ri yomg‘irga
tashna bo‘lganidek, — dedi Sultonmurod qo‘llarini harakatga solib, — ko‘hna Xurosonning
eli adolat va fazilat quyoshiga tashnadir».
(O.) 4. ―Uh... — dedi og‘ir so‘lish bilan. — Nega
kelmas ekan otam, to‘da-to‘da askarlar qaytyapti, ne bo‘ldi ekan otamga?—dedi u ichida
o‘z-o‘ziga. — Ehtimol dushman qo‘liga tushib, tutqunlikda yurganmikan — dedi va yosh
yuragi kattalarnikiday zirqirab, xomush holda uzoq o‘tirdi. — Yo‘q, mumkin emas, nahotki
otam shunday yuraksiz, nomard bo‘lsa, aslo yo‘q‖, — dedi qat‘iyat ila xayolida bola va
ovutdi o‘zini.
(O.) 5. Xayrlasha turib Yoqub Husaynga dedi: ―Sulton Mahmudning Hind
mamlakatiga qilgan g‘olibona yurish xabari Xorazmga etib kelganida, hazrati ustoz shunday
degan edilar: ―Mahmud gullagan obod o‘lkani butkul er bilan yakson qildi. Uning ko‘rsatgan
hayratomuz jasorati shu bo‘ldiki, hindlar tuproq zarralaridek chang-g‘uborga aylanib, har
taraf to‘zib ketdilar‖. Qo‘rqamanki, — deb qo‘shib qo‘ydi Yoqub, — bu gap faqat
Hindistonga emas, Xorazmga ham taalluqli bo‘lib qolmasa edi‖.
(K. Moiseyea.)
439-mashq. O‘qing. Ko‘chirma gap va muallif gapining o‘rnini aniqlang, ko‘chirma
gap bilan muallif gapidagi ega va kesimlarni tolib, tartibini qiyoslang, farqini
tushuntiring, tinish belgilarining ishlatilishini ayting.
―Yaxshiki Ibn Sinoni Xorazmshoh o‘z saroyiga chaqirtirgan, — deb o‘yladi Aburayhon.
— U bilan uchrashmoq naqadar ko‘ngilli!‖
(K. Moiseyeva.) 2. Bektemir ularga
qaramasdan, sekin dedi: ―Qopqonga tushibmiz, bu qalay?‖.
(O.) 3. «Balli, dehqon uchun
savob Makka yo‘lida emas, cho‘lni yashnatishda», — dedi Mirhaydar.
(O.) 4. Dedi kulib:
―Xafaroqsiz, sababi sir emasmi?‖
(Sh.) 5. Uning yonidagi boshqa bir kosaga: ―Ilmning
ibtidosi achchiq, so‘ngi boldan ham totli‖, — deb yozilgandi.
(K. Moiseyeva.)
Do'stlaringiz bilan baham: