IRRATSIONAL
(lot.
irrationalis
)
— bilishning asosiy vositasi sifatida his-tuyg‗u,
instintk va e‘tiqodni tan oluvchi falsafiy qarash. U aql bilan tushunib bo‗lmaydigan,
g‗ayri ilmiy, mistik, mavhum – nooqilonama‘nolarini bildiradi.
ISHCHILAR
— industrial jamiyatda mehnatga layoqatli aholining yollanib
ishlovchi va jismoniy mehnat bilan shug‗ullanuvchi toifasi, ijtimoiy guruh. XIX a.
o‗rtalarida Yevropada sanoat rivojlanishi bilan dehqonlar va hunarmandlar hisobidan
sanoat proletariati paydo bo‗ldi, I. ning kasaba uyushmalari va siyosiy partiyalari
shakllandi (q. Marksizm, Sotsializm).
ISHONCH YORLIG„I
— biror shaxsning muayyan mamlakatda elchi yoki
diplomatik vakil sifatida tayinlanganligini tasdiqlovchi rasmiy xat shaklidagi maxsus
hujjat. Yorliq xorijiy davlat boshlig‗i nomidan uni qabul qiluvchi davlat boshlig‗iga
yo‗llanadi. I. yo. da mazkur shaxsga davlat manfaatlarini ifodalash topshirilganligi, uning
so‗zlari va harakatlariga ishonish lozimligi ta‘kidlanadi.
ISHONCHLI VAKIL
— O‗zbekiston Respublikasida Oliy Majlis deputatligiga
nomzod yoki Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzodning
vakili. I.v. nomzodning deputat etib saylanishi uchun tashviqot yuritadi, davlat organlari
va jamoat birlashmalarining organlari, saylovchilar bilan o‗zaro munosabatlarda, shun.,
saylov komissiyalarida nomzodning manfaatlarini himoya qiladi.
ISHONCHNOMA
, vakolatnoma — muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o‗z
nomidan ish ko‗rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli
hujjat.
ISHSIZLIK
— bir qism iqtisodiy faol aholining o‗ziga loyiq ish topa olmasdan
qolishi va mehnat zaxirasiga aylanishi. I. inson manfaatlariga to‗g‗ridanto‗g‗ri ta‘sir
qiladigan yirik ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan biri hisoblanadi. Mamlakat miqyosida
3-5% darajasidagi I. iqtisodiyot uchun normal holat (I. ning tabiiy chegarasi) hisoblanadi.
ISLOHOT
— ijtimoiy hayotning biron-bir tomoni (tartiblar, idoralar,
muassasalar)ni tubdan o‗zgartirish, qaytadan tuzish, yangidan tashkil qilish. I. rasman -
har qanday mazmundagi yangilikni joriy etish hisoblansada, aslida I. deyilganda ko‗p
yoki oz darajadagi ilg‗or qayta o‗zgartirish nazarda tutiladi. Jamiyatdagi ijtimoiy-
iqtisodiy o‗zgarishlarning pirovard maqsadini vaziyatdan kelib chiqqan holda to‗g‗ri
belgilab olish muhimdir. I.lar turli mamlakatlarda ularning geografik joylashishi, iqlimi,
iqtisodiy, intellektual salohiyati, ma‘naviyati, madaniyati, milliy xususiyatlari va b.
o‗ziga xos omillardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Jamiyatning siyosiy,
iqtisodiy, harbiy, madaniy, ma‘rifiy, huquqiy va shahar k. sohalarida alohida yoki bir
necha sohalarida bir yo‗la I. qilinishi mumkin. I. vaziyatga qarab tadrijiy tarzda,
bosqichma-bosqich amalga oshirilsa muvaffaqiyatli bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |