56
markazlashtirilgan davlat fondi bo‗lib, qat‘iy rejaga muvofiq tiklanadi va to‗ldirib
turiladi. D.r. favqulodda hollarda faqat hukumatning maxsus qarori va farmoyishi bilan
sarflanadi.
DAVLAT SHAKLLARI
— davlatning ichki tuzilishiga oid uch tarkibiy qism
birligi: boshqaruv shakli; davlatning ma‘muriy-hududiy tuzilishi shakli; siyosiy rejim
shakli. Davlatshunos olimlar D.sh.ni o‗rganishga tarixiy jihatdan yondashib, qadimgi,
o‗rta asr hamda xozirgi D.sh.larni ajratib ko‗rsatadilar. Tarixiy va madaniy rivojlanish
qo‗shib hisobga olinadigan bo‗lsa, deqqonchilik bilan shug‗ullanuvchi va sanoat bilan
shug‗ullanuvchi (yoki industrial taraqqiyotgacha, industrial va postindustrial) D.sh.larga
bo‗linishi mumkin. Sivilizatsiya xarakteriga ko‗ra, D.sh.lar sharqiy, g‗arbiy va aralash
(oraliq) d.sh.larga, iqtisodiy taraqqiyot darajasi bo‗yicha esa, yuksak rivojlangan,
o‗rtacha rivojlangan hamda «kambag‗al» d.sh.larga ajratiladi. Hozirgi zamonda fanda
keng foydalanilayotgan d.sh. tasnifi quyidagicha: totalitar, avtoritar, liberal va
demokratik d.sh.lar. Liberal D.da fuqarolarning huquq va erkinliklari jamiyat hayotining
barcha sohalarida rasman amal qiladi, d.sh. ishlarida fukarolarning rasman ishtiroklariga
yo‗l qo‗yiladi. Man etilmagan hamma narsaga ruxsat etiladi, biroq mavjud D.sh. va
ijtimoiy tuzumni o‗zgartirishga yo‗l qo‗yilmaydi. Totalitar d.sh.da hamma narsa bir
g‗oyaga - «d.sh. - bu hamma narsa, inson esa - hech nima» degan g‗oyaga
bo‗ysundirilgan. Butun hokimiyat hukmron elita qo‗lida bo‗lib, boshqalar D.ni
boshqarishdan chetlatilgan. Avtoritar D.sh.da ham hokimiyat tor guruh kishilar qo‗lida
bo‗lib, shaxsiy manfaatlar D.sh. manfaatlari yo‗lida qurbon qilinadi. Siyosiy jabhada
ruxsat etilganidan tashqari hamma narsa man etilishi tamoyili amal qiladi. Demokratik
D.sh. fuqarolarning D.sh. va jamoat ishlarini boshqarishdagi huquqlarini amalda
ta‘minlaydi, shunday ishtirokka amalda yordam beradi. Shaxsning huquq va erkinliklari
doirasi juda keng bo‗lib, ularni amalga oshirish ta‘minlangan bo‗ladi. Ijtimoiy hayotning
barcha sohalarida qonun bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri taqiqlanmagan hamma narsaga yo‗l
qo‗yiladi. D.sh. shakli boshqaruv shakli, D.sh. tuzilishi shakli va siyosiy idora usuli
(tartib, rejim) tushunchalarini o‗z ichiga oladi. D.sh. boshqaruv shakli — D.sh.
hokimiyati va b.ruvni tuzish hamda tashkil etishning muayyan tartibidir. Boshqaruv
shaklining eng qadimgi va xozirgi kunga qadar rivojlanib kelayotgan shakli monarxiya
va respublika. Monarxiya ko‗proq Qadimgi Sharq, shu jum., Turon zaminida tashkil
topgan D.sh.lar shakli edi. Monarxiyaning o‗zi ham mutlaq monarxiya vacheklangan
monarxiya ko‗rinishlariga ega. Mutlaq monarxiya D.sh.larida D. boshlig‗ining huquqi
cheklanmagan, hokimiyat muddatsiz, taxt meros sifatida avloddan avlodga o‗tadi, D.
boshlig‗ining ustidan nazorat yo‗q va u hech kimga hisobot bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: