Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/462
Sana25.10.2022
Hajmi2,52 Mb.
#856021
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   462
Bog'liq
LUG\'AT (1)

DAVLAT IMMUNITETI 
(daxlsizligi) — davlatning xorijiy yurisdiksiya (sudlov 
ishlarini olib borish ququqi)dan daxlsizligi, xalqaro huquq qoidalaridan biri. Unga ko‗ra, 
davlat va uning organlariga xorijiy davlat sudida da‘vo qo‗zg‗atilishi, davlat mulki 
hisobidan to‗lov undirilishi, mulki xatlab qo‗yilishi mumkin emas. 
DAVLAT IQTISODIY SEKTORI
— mamlakat iqtisodining davlat tomonidan 
nazorat qilinadigan qismi. 
DAVLAT KAPITALIZMI 
— davlat (yoki davlatlar birlashmasi) aralashadigan, 
davlatlashtirilgan, davlat tomonidan boshqariladigan va tartiblanadigan, davlat homiyligi 
va nazoratida, davlat belgilaydigan yo‗nalishlarda rivojlanadigan kapitalizm. Tarixan 
D.k.ni shartli ravishda rivojlangan mamlakatlardagi D.k.; tarixan muayyan sotsialistik 
mamlakatlarning kapitalizmdan sotsializmga o‗tish davridagi D.k.; hozirigi bir necha 
sotsialistik mamlakatlardagi D.k.; postsotsialistik mamlakatlardagi, ya‘ni Sharqiy 
Yevropa va sobiq SSSRda sotsializmning inqirozi natijasida sotsializmdan voz kechgan 
va bozor iqtisodiga o‗tayotgan mamlakatlardagi D.k.; mustamlakachilik asoratidan ozod 
bo‗lgan, rivojlanayotgan mamlakatlardagi D.k. kabi turlarga ajratish mumkin. Davlat 
tomonidan iqtisodiyotning boshqarilishi korxonalarni bevosita ro‗yxatga olish, faoliyatini 
yo‗naltirish, iqtisodiy qonunchilik orqali ularning iqtisodiy huquqlarini va faoliyat 
me‘yorlarini belgilab qo‗yish, belgilangan tartib-qoidalarning bajarilishi, ularga rioya 
qilinishini nazorat qilish, rag‗batlantirish va jazo choralarini qo‗llash, soliqlar, jarimalar 
va iqtisodiy imtiyoz kabilardan foydalanish, turli ijtimoiy-qtisodiy va siyosiy-iqtisodiy 
dasturlar tuzish, ularni bajarish bo‗yicha tadbirlar ko‗rish orqali amalga oshiriladi. XVIII 
a. va XIX a.ning 70-yillarigacha xorijiy mamlakatlarda yakka xususiy kapital, yollanma 
mehnat va erkin raqobatga asoslangan sohibkorlik hukmron bo‗lib, davlatning 
iqtisodiyotga aralashuvi juda past darajada edi. Sohibkorlar faoliyati asosan bozor 
tomondan boshqarilar edi. Shuning uchun ham bu davr oddiy, sof, erkin raqobatga 
asoslangan kapitalizm deb ataladi. XIX a. oxiri va XX a. boshlarida korporativ 
mulkchilik, korporatsiyalar (aksiyali jamiyatlar) va korporativ xo‗jalik yuritish hukmron 
mavqega ega bo‗ldi. Korporatsiyalarning bir qismi monopoliyalarga aylana borib, erkin 
raqobat bilan bir qatorda monopolistik raqobat paydo bo‗ldi. Davlatlararo ziddiyatlar 
kuchayib, ularda monopoliyalarning kuchi va ahamiyati muhim rol o‗ynay boshladi. Bu 
jarayonlarni taxlil etgan olimlar, kapitalizmning yangi jihatlariga ahamiyat berib, uni 
imperializm, korporativ kapitalizm, monopolistik kapitalizm deb ham atay boshladilar. 
Ingliz iqtisodchisi J.M.Keyns «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» 
(1936) kitobida davlatning iqtisodiyotni boshqarishi zarurligi to‗g‗risidagi g‗oyani ilgari 
surdi va asosladi. Bu g‗oyaning hayotga ta‘siri juda katta bo‗ldi. AQSHda 30-yillardayoq 
Prezident Ruzveltning «Yangi yo‗l» siyosati natijasida, boshqa mamlakatlarda II jahon 
urushi yillarida va undan keyingi davrda kapitalizm D.k.ga aylandi va shundan beri turli 
ko‗rinishlarga ega bo‗lgan D.k. sifatida rivojlanmoqda. Yevrosiyodagi sobiq SSSR, 


53 
Markaziy va Sharqiy Yevropada tarixan mavjud bo‗lgan sotsialistik mamlakatlar, 
Osiyodagi sobiq Mo‗g‗ulistonda kapitalizmdan sotsializmga o‗tish davrida hal qiluvchi 
tarmoqlardagi ishlab chiqarish, transport va mehnat vositalari sotsialistik davlat mulkiga 
aylantirilgan bo‗lib, D.k., alohida uklad, xo‗jalik shakli tarzida mavjud edi. Boshqa 
sotsialistik mamlakatlardagi D.k. xo‗jaliklari birmuncha kengroq iqtisodiy erkinlikka ega 
bo‗lgan edi. Biroq sotsialistik xo‗jalik mustahkamlanib olgandan keyin ularning deyarli 
hammasida D.k.ga barham berildi. Bunday qol Sharqiy Yevropada va SSSRda 
sotsializmning qulashigacha davom etdi. Hozirgi davrda o‗zini sotsialistik hisoblab 
kelayotgan mamlakatlar – Xitoy Xalq Respublikasi, Vetnam Sotsialistik Respublikasi, 
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va Kuba Respublikasida iqtisodiyot asosan 
umumlashgan mulkchilikka, markazdan boshqarishga va rejalashtirishga asoslangan 
iqtisodiyot bo‗lib qolmoqda. Biroq ularning ba‘zilari (Xitoy, Vetnam) da jiddiy iqtisodiy 
islohotlar amalga oshirilmoqda, bozor iqtisodiyotini ham shakllantirish siyosati 
o‗tkazilmoqda; mamlakat iqtisodiyotida, ayniqsa, erkin iqtisodiy zonalarda, davlat 
nazoratida xususiy va xorijiy kapital faoliyatiga, kapital, yollanma mehnat 
munosabatlariga erkinlik berilmoqda. Natijada ularda D.k.ning ko‗lami va iqtisodiy 
hayotga ta‘siri o‗smoqda. Bozor iqtisodga o‗tayotgan sobiq sotsialistik mamlakatlarga 
xorijiy tovarlar va kapitallar juda erkin, tez kirib kelmoqda, ba‘zi tarmoqlarda va 
bozorlarda katta hukmron mavqelarga ega bo‗lmoqda. Mustaqillikka erishib 
sotsializmdan voz kechgan sobiq sotsialistik davlatlarning ba‘zilari, mas., O‗zbekistan 
mustaqil taraqqiyotning o‗ziga xos yo‗lini tanlab oldi. O‗zbekistonda ijtimoiy 
yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish yo‗li, bozor iqtisodiyotini 
bosqichma-bosqich tarzda shakllantirish yo‗li tanlandi. Davlat bosh islohotchi sifatida 
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan tamoman yangi umumdemokratik 
jamiyat qurish siyosatini izchillik bilan amalga oshirmoqda, ko‗p ukladli va bozor 
xo‗jaligi tizimini shakllantirish uchun zarur barcha choratadbirlarni ko‗rmoqda. Natijada 
xorijiy kapital ishtirokidagi qo‗shma korxonalar, savdo tashkilotlari, banklar va h.k. 
shakllandi, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarning vakolatxonalari ochildi. 
Pirovardida O‗zbekistonda o‗ziga xos D.k. ukladi vujudga keldi. 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   462




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish