335
cheklaydigan islohotlar o‗tkazish, mamlakatda konstitusiyaviy monarxiya o‗rnatish,
xalqni ma'rifatli qilish mo‗ljallangan.
YOSHLAR
— ma‘naviy dunyoqarashi shakllanayotgan, qaror topayotgan, asosiy
ijtimoiy o‗sishni, intensiv ijtimoiylashuv va moslashuvni, ijtimoiy va ruhiy-fiziologik
balog‗at yoshni (14-30) boshdan kechirayotgan ijtimoiy demografik guruhdir. Yoshlar
mamlakat va millatga hayotbaxshlik bag‗ishlab, davlatni kuch-quvvatga to‗ldirib,
harakatga keltiruvchi, yangilab turuvchi katta ijtimoiy qatlamdir.
YOSHLAR HARAKATI
— bu harakat asosan yoshlarni qamrab oladi. Bu harakat
ham yoshlarga xos bo‗lgan, ham umumsiyosiy, ham umumijtimoiy bo‗lgan maqsad va
vazifalarni o‗z oldiga qo‗yadi. Hozirgi yoshlar harakati oldingi-yillardagi yoshlar
harakatidan ancha farq qiladi. Bu harakatga an'anaviy hokimiyat institutlariga nisbatan
chuqur tanqidiy munosabat, o‗z qarashlarini ifoda etishda - mustaqillik, kengroq erkinlik,
faoliyat usullarida xilma - xillik xos. Hozir dunyoda 50 dan ortiq xalqaro yoshlar
tashkilotlari faoliyat ko‗rsatmoqdalar. Ulardan eng ommaviy va obro‗lisi - Jahon
demokratik yoshlar federasiyasi (JDYF) va Xalqaro talabalar ittifoqi (XTI). Bu
tashkilotlarda dunyoning barcha mintaqalarida 100 dan ortiq mamlakatlardan progressiv
yoshlar va talabalarning milliy uyushmalari ko‗rsatilgandir. Ularning faoliyati BMT,
YUNESKO va boshqa hukumatlararo tuzilmalar tomonidan tan olinadi va yuqori
baholanadi. O‗zbekistonda yoshlarning ―Kamolot‖ ijtimoiy harakati - mustaqil
yurtimizning kelajagi bo‗lgan yoshlarning ma‘naviy barkamol, vatanparvar, jismonan
sog‗lom bo‗lishi uchun faoliyat ko‗rsatadi.
YUNESKO
— Birlashgan Millatlar tashkilotining maorif, fan va madaniyat
masalalari bilan shug‗ullanuvchi tashkiloti - xalqaro hukumatlararo tashkilot; BMTning
ixtisoslashgan
muassasasi.
Davlatlar
o‗rtasida maorif, fan, madaniyat va
kommunikatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish yo‗li bilan tinchlikka va xalqaro
xavfsizlikka ko‗maklashish maqsadida 1946-yil tuzilgan. 188 mamlakat (shu jumladan,
O‗zbekiston Respublikasi 1993-yil 26-oktabrdan) a‘zo. YUNESKO Ustaviga ko‗ra, ―...
irqi, jinsi tili va dinidan qat'i nazar, barcha xalqlar uchun adolatga, qonuniylikka, inson
huquqlari va asosiy erkinliklariga umumiy hurmatni ta'minlash maqsadida ta'lim, fan va
madaniyatni rivojlantirish orqali xalqlar hamkorligiga‖ ko‗maklashish tashkilotning
ustuvor vazifasidir. 400 ga yaqin xalqaro nohukumat tashkilotlar va jamg‗armalar,
xalqaro va hududiy birlashmalar YUNESKO bilan hamkorlik qiladi. YUNESKO budjeti
a‘zo mamlakatlar badallaridan tashkil topadi. Tashkilot faoliyatining asosiy yo‗nalishlari
yalpi savodsizlikka qarshi kurash, maorif tizimi va kadrlar tayyorlashni rivojlantirish,
milliy madaniyatlarni o‗rganish va tarqatish, atrof-muhitni va madaniy yodgorliklarni
muhofaza qilish, okeanografiya, geologiya, gidrologiya, sotsiologiya, kommunikatsiya va
boshqalar sohalarda global ilmiy muammolarni hal etishda hamkorlik qilishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: