11
AHD
(arab.) — 1) qat‘iy so‗z, qaror, va‘da; 2) kelishuvchi tomonlar o‗rtasida biror
masalada tuzilgan shartnoma, bitim. Mas., tinchlik ahdi.
AKADEMIYA
(yun.
akademos
– afsonaviy qahramon Akadem nomidan) —
ko‗pgina ilmiy muassasa,
jamoat tashkilotlari, o‗quv yurtlarining nomi. Mil. av. IV a.da
Platon (Aflotun) asos solgan yunon falsafiy maktabi (q. Platon akademiyasi), Afina
yaqinidagi joy ham uning nomi bilan atalgan. Sharq mamlakatlarida A. tarzidagi
muassasa va jamiyatlar VIII-IX a.larda tarkib topa boshlagan. Xususan, arab xalifaligida
Horun ar-Rashid hukmronligi davri (786-809) da «Bayt ul-hikmat» («Hikmat xonasi»)ga
asos solinib, xalifa Ma‘mun hukmronligi davri (813-833)da «Bayt ul-hikmat»ning
faoliyati
yanada rivoj topgan, uning rasadxonasi va katta kutubxonasi bo‗lgan (buyuk
matematik Muso Xorazmiy va astronom Ahmad Farg‗oniy shu yerda ishlagan). Mashhur
olim va shoir Ibn Xamdon (935-yil vafot etgan) Mosul shahrida kutubxonali «Dor ul-
ilm» («Ilm uyi») ochgan va bu joy ilmga intilganlarning kirishi uchun bemalol bo‗lgan.
Bunday A.lar Bag‗dodda, shun. Misrda ham ochilgan. 1010-yilda Urganchda Mamun
akademiyasiga asos solingan. Abu Rayhon Beruniy shu A.ning rahbari bo‗lgan (bu A.
doirasida Abu Ali ibn Sino, faylasuf Abu Saxl Masihiy, tabib Abulhasan Hammor va b.
ish olib borishgan). Amir Temur tomonidan Samarqandda to‗plangan olim, yozuvchi va
me‘morlar XV a. fani va madaniyati taraqqiyotiga munosib hissa qo‗shganlar. Ulug‗bek
madrasasi va rasadxonasi ham o‗z davrining A. sidir (q. Ulug‗bek akademiyasi); bu A.
Qozizoda Rumiy, G‗iyosiddin Jamshid al-Koshiy, Ali Qushchi va b.
buyuk matematik
hamda astronomlarni birlashtirgan. XV a.ning 2-yarmida ilmiy va madaniy markazga
aylangan Hirotda, Navoiy atrofida olim,
yozuvchi, rassom, sozanda va b.dan tarkib
topgan o‗ziga xos ilmiy va badiiy jamiyat yuzaga kelgan. Hirot miniatyura maktabinn
o‗rta a. Sharqida davlat tomonidan ta‘sis etilgan birinchi badiiy A. deb hisoblash mumkin
(Behzod shu A.ning eng yirik vakilidir). XV-XVI a.larda Yevropada (Italiyada)
turli
ilmiy jamiyatlar A. deb atala boshlagan; ularning faoliyati asosan ijtimoiy fanlar
yo‗nalishida bo‗lgan. XVII a.da bir qancha ilmiy jamiyatlar - A.lar tuzilib,
ular asosan
tabiatshunoslik masalalari bilan shug‗ullangan. XVII a.ning 2-yarmidan davlat
hokimiyati yordami bilan bir qancha mamlakatlarda milliy ilmiy markaz sifatidagi A.lar
tuzildi; mas., Londondagi Qirollik jamiyati (1660), Parij FA (1666), Berlindagi Prussiya
FA (1700), Peterburg FA (1724). Hozirgi vaqtda kompleks turdagi FA yoki ularga
o‗xshash muassasalar ko‗p mamlakatlarda bor; bu mamlakatlarning ko‗plarida fan yoki
madaniyatning biror tarmog‗ini qamragan soha A.lari ham mavjud. O‗zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasiga 1943-yil 4-noyabrda
asos solingan, u mamlakatning
oliy ilmiy tashkiloti hisoblanadi, ilm-fan soxalari bo‘yicha ko‘plab
markazlari faoliyat
yuritmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: