14- mavzu: Xiva shahri me'morchiligi tarixi.
Reja:
1. Ichan qal'a.
2. Juma masjidining arxitekturasi.
3. Toshhovlining me'moriy yechimi.
4. Ota darvoza yodgorligi.
5. Muhammad Aminxon madrasasi me'morchiligi.
6. Kalta Minor.
7. Pahlavon Mahmud maqbarasi.
8. Arxitekturaviy inshootlar zilzilabardoshligi.
Maqsad
: Ichan qal'a. Juma masjidining arxitekturasi. Toshhovlining
me'moriy yechimi. Ota darvoza yodgorligi. Muhammad Aminxon madrasasi
me'morchiligi. Kalta Minor. Pahlavon Mahmud maqbarasi. Arxitekturaviy
inshootlar zilzilabardoshligi to`g`risidagi tasavvurlarini boyitish va bu boradagi
ma`lumot berish.
Ichan qal'a.
Ichan qal'ada me'moriy va shaharsozlik kompozitsiyalarini
o'rganish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Ichan qal'a Xivaning ichki qal'a
qismidir. U Dishan qal'adan kungurador devor bilan qisman ajratilgan. Dishan
qal'adan baland qo'rg'ontepaga o'xshab ko'rinadi. Ichan qal'aga Bog'cha, Polvon,
Tosh va Ota deb nomlangan darvozalaridan kirilgan.
Ichan qal'aning yaratilish tarixi uch davrga bo'linadi: mo'g'ullar istilosidan
keyingi tiklanish (Sayd Alovuddin maqbarasi va boshqalar), XVI-XVII asrlardagi
tiklangan (Anushaxon hammomi, l657-yil; peshayvonli Oq masjid, 1675-yil;
Xo'jamberdibek madrasasi, 1688-yil; xonning qabulxonasi, 1686-l688-yillar).
XVIII -XX asrlardagi tiklanish.
Uchinch davrda mahalliy me'morchilik an'analari asosida masjid, madrasa,
tim va toqlar qurilgan, Ota va Polvon darvozalari orasida katta yo'l o'tkazilgan,
masjid qayta qurilgan, minoralar qad rostlagan. Qutlug' Murod Inoq madrasasiga
qaratib tim va toqlar qurilgan. Muhammad Rahimxon (1806-1825-yillar,
Olloqulixon
(1825-1842-yillar),
Muhammad
Aminxon
(1845-1855-yillar)
hukmronligi yillarida bu yerda qurilish avj olib ketgan. Muhtasham saroy,
madrasa, maqbaralar barpo etilgan. Toshhovli saroyi qurilgan. Pahlavon Mahmud
maqbarasi qad ko'targan. Kalta Minor yuzaga kelgan va hokazo.
Ichan qal'a qurilishida Markaziy Osiyoda qadimdan qo'llanib kelingan uslub -
inshootlarni yuzma-yuz qurish uslul (qo'sh) dan foydalanilgan.
Binolarning alohida ansambl holida qurilishi ham Xiva me'morchiligining
o'ziga xos jihatlaridan biri hisoblanadi. Masalan, Juma masjid yonida ikkita kichik
madrasa, Muhammad Amin Inoq va Muhammad Aminatpanoboy minorasi
hamda Matniyoz Devonbegi madrasasi qurilishi ancha yirik ansamblni
tashkil etgan. Polvon darvoza oldida bir necha masjid va madrasalar,
hammom, toqi, karvonsaroy va xon saroyini barpo etilishi o'ziga xos
ansamblni tashkil etgan. Qutlug' Murod Inoq bilan Olloqulixon madrasasi,
Tosh hovli bilan Oq masjid o'rtasidagi maydoncha shu ansamblning
kompozitsion
markaziga
aylangan.
Xiva
yodgorliklari
yog'och
o'ymakorligi, sangtaroshlik, ganchkorlik, sirkor sopol va boshqa rang-
barang naqqoshlik bezaklari bilan bezatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |