2- mavzu: «Paleografiya»ning fan sifatida vujudga kelishi va insoniyat
tarixidagi yozuv turlari.
Reja:
1.
«Paleografiya»ning fan sifatida vujudga kelishi
2. Insoniyat tarixidagi yozuv turlari
3. O‗rta Osiyodagi qadimgi yozuvlar.
Maqsad
: Paleografiyaning fan sifatida shakllanishi. Turli tarixiy davrlarda
grafik xatshunoslik shakllarining paydo bo‗lish jarayoni, yozma va bosma harflar
shakli. Piktografiya. Ideografiya. Maxfiy yozuv (kriptografiya).
«Paleografiya»ning fan sifatida vujudga kelishi.
Paleografiya (paleo... va
... grafin) – yozuv belgilarining yaratilishi va ularning rivojlanishini o‗rganuvchi
tarixiy-filologik
fan;
nazariy
paleografiya
tarixan
o‗zgargan
yozuv
xususiyatlarining qonuniyatlarini aniklaydi; amaliy va tavsifiy paleografiya
muayyan qo‗lyozmaning qachon va qaerda yaratilganini, uni yozgan yoki
ko‗chirgan shaxsning ishtirokini hamda kotiblarning ish hajmini aniklash
maqsadida kotiblarning yoki ayrim qo‗lyozmalarning individual (o‗ziga xos)
jihatlarini o‗rganadi.
Paleografiya mustaqil fan sifatida diplomatika (qad. hujjatlar, yorliqlar va
qad. yozma manbalarning haqiqiyligini aniqlovchi soha)dan ajralib chiqqan.
«Paleografiya» terminini birinchi marta fransiyalik monax Bernar de Monfokon
qo‗llagan (1708). Paleografiyaning asosiy vazifasi – sanasi ko‗rsatilgan
qo‗lyozmalar yozuvining xronologik va hududiy xususiyatlarini aniklash va
tartibga solish va shu asosda muayyan matnda uning yozilish vaqti va joyi
ko‗rsatilmagan, bu haqda bilvosita ma'lumotlar bo‗lmagan qo‗lyozmalarning ham
davri va joyini aniklashdir.
Paleografiya yozuv belgilarini, asosan, harflar va ularning tarkibiy
unsurlarini, satr usti hamda farqlovchi belgilarni, qisqartirib yozish usullari va b.ni
o‗rganadi. Vaqt o‗tishi bilan almashinib va o‗zgarib turgan yozuv materiallari va
qurollari ham paleografiyaning urganish ob'ektidir. Asosiy yozuv materiallari
hisoblangan palma yaprog‗i, papirus, maxsus ishlov berilgan teri (pergament) va,
nihoyat, qog‗ozdagi yozma manbalarni paleografiya urgansa, boshqa yozma
yodgorliklarni paleografiyaga yondosh bo‗lgan sohalar o‗rganadi. Mas, tosh,
yog‗och, sopol, metall va sh.k.da saqlangan yozuvlarni epigrafika, muhrlardagi
yozuvlarni sfragistika, tangalardagi yozuvlarni numizmatika o‗rganadi. Paleograf
o‗z tadqiqotlarida ana shu yordamchi fan sohalaridan, shuningdek, paleografiyadan
ajralib chiqqan filigranologiya (qog‗ozdagi suv belgilari asosida qog‗ozni ishlab
chiqargan korxonani va davrni aniklaydi), kodikologiya (qad. qo‗lyozma
kitoblarning hoz. holatini o‗rganadi), neografiya (hoz. yozuvni, hatto mashinka
yozuvi
va
matbaa
mahsulotlarini
o‗rganadi)dan,
matnshunoslik
va
kitobshunoslikdan yaxshi xabardor bo‗lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |