Bilga xoqon bitigi
– Bilga xoqon 734 yil 25 noyabrda o‘z yaqinlari
tomonidan o‘ldiriladi. Uning o‘g‘li Ichan xoqon 735 yili otasining xotirasi uchun
Kultegin bitigidan 1 km uzoqlikda bitiladi. Bu Yozuvni ham Bilga xoqonning
amakisi Yullig Tegin yozgandir. Bitigtosh ag‘darilib 3 bo‘lakka bo‘lingan, shuning
uchun ham Yozuvlarning ma`nosi unchalik tushunarli emas. Bitigtosh Bilga
xoqonning taxtga o‘tirishidan boshlanadi. Bitigtoshda Bilga xoqonning xoqonlik
yillari, davlatni adolatli boshqarganligi aytiladi. Bitigtoshning so‘nggi misralarida
Bilga xoqonning o‘z xalqiga qilgan nasixatlari aks etgan:
―xalq xoqonidan, er-
suvidan (ya`ni vatanidan) ayrilmasa, ezgulik ko‘radi, baxtli, betashvish yashaydi‖.
Do'stlaringiz bilan baham: |