7- mavzu: O‘rta Osiyo epigrafik yodgorliklari.
Reja:
1. O‗rta Osiyoda epigrafik yodgorliklarning o‗rganilishi.
2. Islomdan oldingi turkiy epigrafik yodgorliklar.
3. Islomdan keyingi turkiy epigrafik yodgorliklarning umumiy tavsifi.
Maqsad:
O‗rta Osiyoda epigrafik yodgorliklarning o‗rganilishi. Islomdan
oldingi turkiy epigrafik yodgorliklar. Islomdan keyingi turkiy epigrafik
yodgorliklarning umumiy tavsifi.
O‘rta Osiyoda epigrafik yodgorliklarning o‘rganilishi.
Bir necha ming yillar davomida shakllangan turkiy Yozuvlar taqdiri Shumer
mixxatlari kabi uzoq vaqtgacha jamoatchilikka ma`lum bo‘lmay keldi.
XVIII asrda turkiy xalqlar Yozuvlari haqida dastlabki ma`lumotlar paydo
bo‘ldi. Lekin Yozuvlar qaysi xalqka mansub ekanligi muammoligicha qolaverdi.
CHunki bu Yozuvlarni xech kim o‘qiy olmadi. 1691 yilda o‘z davrining yirik
olimi,Moskvadagi Gollandiya elchixonasi a`zolaridan biri Nikolay Vidzen
Verxotur shahridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda noma`lum alifboda yozilgan
bitigtoshlarni topdi. N.Vidzenning bu sohaga qiziqishiga Sibir viloyati boshlig‘i
Golovin sababchi bo‘lgan edi. U Sibir bo‘ylab sayohat qilib yurganida Ob
daryosining o‘pirilgan joyidan odam suyaklari saqlangan yog‘och quti, kumush
boldoq, idishlar topadi. Bu topilmalarni u N.Vidzenga sovg‘a qiladi. Lekin bu
topilmalar va Yozuvlar qaysi xalqqa tegishli ekanligi noma`lum edi. Oradan 5 yil
o‘tgach 1696 yilda Tobolslik boyar o‘g‘li Semen Remezov ham Sibir erlarining
haritasini chizayotib , bir punktiga Urxun toshi deb belgi qo‘yadi. Noma`lum
Yozuv bitilgan bu tosh haritada chegara vazifasini o‘tay boshlaydi. Bunday
Yozuvlar haqida 1710 yilda asirlikka tushgan shved zobiti Filipp Ioganin
Stralanberg to‘liqroq ma`lumot beradi. Asirlikda u 13 yil yashab noma`lum
Yozuvning jadvalini ham chizib oladi. Uningcha bu Yozuvlar
run
Yozuvlari deb
atala boshlandi. Run deb atalishiga sabab , got Yozuviga tashqi jixatdan
o‘xshashligidir. Runa - sir ma`nosini bildiradi. Qadimgi olmonlarning run Yozuvi
milodiy II-III asrlarda kelib chiqqan .Turkiy Yozuvlar esa G‘arbdagi run Yozuvlari
paydo bo‘lgunga qadar ham mavjud edi.
1716 yili Pyotr I Dantsigda professor Breynning tabiyot-tarix muzeyini borib
ko‘radi. SHundan so‘ng olimdan bu sohada iqtidorli kishi berishni iltimos qiladi .
Breyn do‘sti , tibbiyot fanlari doktori Daniil Gotlib Messershmidtni tavsiya qiladi.
U tarix, jug‘rofiya, botanika soxasida ham bilimdon edi. Oradan ko‘p o‘tmay
D.Messershmidt Peterburgga chaqirildi. Unga Sibirning fizik tasvirini yaratish
topshirildi. U etti yil tinimsiz ishladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |