Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi burxonov jamoliddin husniddin o


Bitiruv malakaviy ishining manbaviy asoslari



Download 0,51 Mb.
bet5/6
Sana12.05.2023
Hajmi0,51 Mb.
#937660
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

Bitiruv malakaviy ishining manbaviy asoslari. Mavzu manbashunosligini yunon, lotin, xitoy, hind, so'g'd va qadimgi turk tilida yaratilgan asarlar va ularning rus, o'zbek tillariga o'girilgan tarjimalari tashkil etadi.
Bitiruv malakaviy ishi amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishi yangi e'lon qilingan tadqiqot ishlari va mavzuga oid asarlarda keltirilgan ma'lumotlar bilan boyitilgan bo'lib, unda oliy o'quv diyorlari va o'rta maxsus bilim maskanlarida talabalar uchun dars jarayonida, maxsus kurslar va seminarlar tashkil etishda foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
I BOB. MARKAZIY OSIYO TARIXI YORITILGAN QADIMGI
DAVR MANBALARI

  1. Qadimgi Yunon va Rim manbalarida Markaziy Osiyo tarixi

Ko'hna tariximizni o'rganishda antik, ya'ni yunon va rim manbalari muhim va nodir hisoblanadi. Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, antik mualliflarning birontasi Markaziy Osiyo tarixiga oid alohida, maxsus asar yozmagan. Qolaversa, o'sha zamonda «Markaziy Osiyo» degan jug'rofiy tushunchaning o'zi ham yo'q edi. Ammo, yunon va rim tarixchilari o'zlarining boshqa mavzularga bag'ishlangan asarlarida yo'l-yo'lakay qadimgi Markaziy Osiyoga doir jug'rofiy, tarixiy va etnografik ma'lumotlar yozib qoldirganlar12.
Ellada va Rim mualliflari ma'lumotlarining to'g'rilik darajasi turlichadir. Bu ma'lumotlarning asosiy qismi tasvirlangan voqealardan ancha muddat o'tgandan keyin yozilgan manbalardan olingan. Shu sababdan antik davr mualliflari axborotlarida ko'p noaniqliklar, shubhali va munozarali ma'lumotlar mavjud. Ayrim hollarda biron-bir voqea turli variantlarda bayon etiladi. Antik mualliflar asarlarida nomlari tilga olingan ayrim jug'rofiy atamalar - daryolar, tog'lar, shahar va qishloqlarning qayerda shaharlashganligini aniqlash (lokalizatsiya qilish) ma'lum qiyinchiliklar tug'diradi. Ularning ayrimlari turli tortishuvlarga sabab bo'lib, hozirgacha aniqlanmagan. Antik mualliflar asarlarida real voqeliklar ba'zan afsonaviy yoki yarim afsonaviy to'qimalar bilan qorishib ketadi. Ellada va rim tarixchilarining Markaziy Osiyo haqidagi ma'lumotlari uzun-yuluq bo'lib, ko'p hollarda bu ma'lumotlar o'zaro bog'lanmagan. Shu sababdan ular asosida qadimgi zamonlarda Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan xalqlar tarixining to'la va yaxlit manzarasini tasavvur qilish amri maholdir. Shunday bo'lsa-da, antik mualliflar bergan ma'lumotlarni tanqidiy tahlil etish hamda arxeologik va epigrafik manbalarni jalb etish asosida qadimgi tariximizni mumkin qadar teranroq o'rganishimiz kerak13.
Qadimgi Ellada va Rim tarixchilarining sharqqa qiziqishi asosan 2 ta voqea bilan, aniqrog'i, Ellada-fors urushlari va Iskandar Makedonskiyning Ahamoniylar davlatiga qarshi hujumi bilan bog'liqdir14.
O'zbekistonning qadimgi va antik davrdagi tarixini o'rganishda qadimgi Ellada va Rim tarixchilari hamda geograf olimlarining asarlari muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Quyida ulardan ayrimlari haqida ma'lumotlarni keltiramiz.
Gerodot (mil. avv. 490-480 yillar o'rtasi - 425 y.) - yirik qomusiy olim, tarix fanining “ota”si, asli Kichik Osiyoning Galikarnas shaharidan, 455-447 yillari Yevropa, Osiyo va Misr bo'ylab sayohat qilgan15.
Gerodot Ellada va Sharq mamlakatlari (Liviya, Misr, Assuriya, Vavilon, Eron va Skifiya)ning qadim zamonlardan to mil. avv. 479 - yilgacha bo'lgan ijtimoiy-siyosiy hayotidan hikoya qiluvchi 9 kitobdan iborat “Tarix” nomli asari bilan shuhrat topgan16. Bu asar umumiy tarix yo'nalishida yozilgan birinchi kitob hisoblanadi. Shu tufayli ham Gerodot, Sitseronnning (mil. avv. 106-43) so'zlari bilan aytganda, tarix fanining “ota”si hisoblanadi17.
Gerodot garchi o'zi bayon etayotgan voqealar ustida chuqur mulohaza yuritmasa ham, ularni to'g'ri bayon etishi, o'zga xalqlar va mamlakatlar tarixiga hurmat nuqtai nazaridan qarashi bilan ba'zi tarixchilardan ajralib turadi.
Gerodotning asarida O'zbekistonning qadimiy xalqlari bo'lmish agrippiylar, issedondar, massagetlar, daylar va saklar haqida, ularning turmushi, urf-odatlari hamda qo'shni mamlakatlar bilan aloqalari haqida qimmatli ma'lumotlarni uch ratamiz18.
Vatanimiz tarixini yoritgan ilk tarixiy asar - bu Gerodotning “Tarix” asaridir. Bu asar yunon - fors urushlari tarixiga bag'ishlangan. Lekin, muallif mazkur urushlargacha bo'lgan davrdagi Ellada, Lidiya, Midiya va Ahamoniylar davlati tarixiga oid batafsil ma'lumotlar keltiradi. “Tarix” keng qamrovli, serqirra va ayni paytda, yaxlit asar ekanligi tufayli uning muallifi Gerodot haqli ravishda “Tarixning otasi” degan faxrli nomga sazovor bo'ldi19.
Gerodot o'z asarini yozishda xilma-xil manbalardan foydalanadi, jumladan, Eron, Skifiya, Misr va boshqa mamlakatlarga qilgan sayohati chog'ida yiqqan ma'lumotlarini keltiradi. U Markaziy Osiyoda bo'lmagan edi, lekin Kaspiy Ortidagi mamlakatlar tarixi bilan qiziqadi. Tadqiqotchilarning fikricha, Gerodot Eronda bo'lgan chog'ida Ahamoniylar davlati zodagonlari bilan suhbatlar qurib, Markaziy Osiyo xalqlari hayoti haqidagi ma'lumotlarni yozib olgan. Natijada uning ajdodlarimiz o'tmishi haqidagi ma'lumotlari to'liq bo'lmay qolgan va ayrim hollarda o'zining noaniqligi bilan ajralib turadi. Gerodot Eron Shohi Kir II ning massagetlar diyoriga qilgan hujumi, massagetlar malikasi To'maris tomonidan tor- mor etilishi va halok bo'lishi to'g'risidagi ma'lumotlarni, shuningdek, baqtriyaliklar, xorazmiylar, issedonlar, saklar haqida, ularning turmushi, urf- odatlari, harbiy kiyimlari va qurollari haqida qiziqarli ma'lumotlar keltiradi20. Gerodot bu xalqlarning ijtimoiy hayotida ayollarning teng huquqligigi va baland maqomi haqida yozadi. Bu ma'lumotlardan kelibchiqib, o'sha davrda Markaziy Osiyo xalqlari hayotida matriarxat sarqitlari saqlanib qolganligini taxmin etish mumkin. Gerodot bu xalqlarda kannibalizm xollari uchrashi haqida ma'lumot beradi, urug'dagi sog'lom va nuroniy qari odamni so'yib, uning go'shtini hayvonlar go'shti bilan qo'shib pishirishlari va tanovvul qilishlarini qayd etadi. Gerodot qadimgi ajdodlarimiz chorvachilik, baliq ovi va dehqonchilik bilan shug'ullanishlarini ta'kidlaydi. Doro I davrida Markaziy Osiyo xalqlari Eronga tobe bo'lganliklari va forslarga o'lpon to'lab turganliklarini aytib, Gerodot Behustun yozuvidagi ma'lumotlarni tasdiqlaydi.
Gerodot tarixning shunchaki xabarchisi emas, balki tarixni jonlantirib ko'rsatuvchi yetuk ijodkordir. Uning skiflar haqidagi asarlari nihoyat bebaho va qadrli. Ayniqsa, skiflaming hayoti haqidagi hikoyalari, ularning urf-odatlari va udurnlari haqidagi badiiy lavhalar shunday jonli va hayotiy tarzda ifodalanganki, ularni o'qigan o'quvchi bevosita hayajonga tushadi.
Gerodotning “Skiflar” asari jahon adabiyoti xazinasidan munosib o'rin egallagan. Skiflarni birinchi bo'lib jahonga tanitgan ham Gerodotdir. XVII - XVIII asrlardayoq rus imperatorlari Gerodotning “Skiflar” asarini juda katta qiziqish bilan o'qiganligi va juda ko'p nusxalarda tarjima qilishga buyruq berganligining guvohimiz. Natijada asar bir necha marta tarjima qilinib, qayta-qayta nashr etiladi21. Skiflar haqida Gerodotdan ilgari Ellada adiblari Homer, Esxil ham yozganlar. Lekin skiflarning haqiqiy va birinchi targ'ibotchisi Gerodot edi.
Gerodotning “Skiflar” asarining badiiy uslubi, undagi hikoyalarning xarakterli xususiyatlari haqida bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari yuzaga keldi. Bu ilmiy- tadqiqotlar ichida, ayniqsa, I. Ya. Timoshenkoning “Gerodot va uning asari”22, Vitold Klingerning “Hikoyachilik motivlari”23 asarlari, shuningdek, “Sharq xalqlarining tarixiy hikoyalari”24 kabi juda katta ahamiyatga ega bo'lgan ijod durdonalari yuzaga keldiki, bu asarlar bilanch uqur tanishsak, Gerodotning badiiy so'z san'atkori ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilamiz.
Eng xarakterli tomoni shundaki, Gerodot o'z ko'zi bilan ko'rgan va eshitgan voqealarini qalamga oladi, yolg'on, soxta ma'lumotlar bilan ish ko'rmaydi. Tarixiy haqiqatni aniq va real tasvirlashga harakat qiladi. Shuningdek, Gerodot ijodida mifologik xarakteridagi hikoyalar ham berilgan.
Gerodot katta ishga qo'l uradi. Faqat skiflarning emas, Yevropa va Osiyodagi hatto Afrikadagi ko'pgina qabilalarning hayotiga oid ma'lumotlarni badiiy aks ettiradi. Gerodot ensiklopedist olim ham edi. Uning ijodi tarix, etnografiya, geografiya, jamiyatshunoslik va falsafa fanlari uchun ham zarur manba bo'lib xizmat qiladi.
Gerodot antik dunyodagi boshqa ijodkorlardan shu bilan farq qiladiki, u fidoyi adib edi. O'z hayotini tahlikaga qo'yib bo'lsa-da, ijod dardida uzoq diyorlarni kezdi. Jahongashta adib bu safarlarda ne-ne xavf-xatarlarga duch kelmadi. U avval o'z ko'zi bilan ko'rib, qulog'i bilan eshitgach, keyin ijod qilardi. Har qanday faraz va taxminlar uning uchun begona edi. U minglab qabila va elatlarda bo'ladi. Yuzlab daryolarni kechib, baland tog'lardan oshadi. O'sha paytda hech bir ijodkorning qadami yetmagan uzoq o'lkalarni kezadi. Hali qo'l urilmagan mavzularni birinchi bo'lib yoritadi. Shuning uchun ham, Gerodot nomi tariximizda alohida ahamiyat kasb etadi. Jahon adabiyotida mo'tabar o'rin olgan Gerodot nomini biz osiyoliklar ham juda qadrlaymiz. Negaki, bu shaxs tarixchilardan birinchi bo'lib bizni bobokalonlarimiz hayoti bilan tanishtiradi.
Gerodot bir qancha Osiyo mamlakatlarida bo'lib, so'ngra muqim istiqomat qilish niyatida Afina davlatining qo'l ostidagi Furiya Shahriga keladi. Italiyaning janubiga shaharlashgan Furiya shahri o'z go'zalligi jihatidan dunyoda tengsiz edi. Gerodot birmuncha muddat Furiya shaharida yashab, eramizdan avvalgi 430- yilda o'sha yerda vafot etadi.
Tarix”ning Shteyn tarafidan tayyorlangan tanqidiy matni 1869-1871 yillarda chop etilgan. Asar ingliz (Roulinson, London, 1856-1860 yy.) hamda rus (F. G. Mishchenko, Moskva, 1858-1860 yy.) tillariga tarjima qilingan. 1982 yilda asarning mamlakatimiz tarixiga oid qismlari zarur izohlar bilan A. I. Davatur, D. P. Kallistov hamda I. A. Shishova tomonidan yangidan nashr etilgan1.
Qadimgi tariximiz haqida ma'lumotlar yozib qoldirgan tarixchilardan biri Ktesiy (mil. avv. V-IV asrlar) hisoblanadi. Ktesiy Eron shahanshohi Artakserks II ning shaxsiy tabibi bo'lgan. Afsuski, Ktesiy asarlarining asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Uning asarlaridan olingan ayrim parchlar keyingi avlod tarixchilarining kitoblarida saqlanib qolgan. Gerodotdan farqli o'laroq, Ktesiy faqat o'zi ko'rgan yoki eshitgan axborotlarnigina emas, balki ba'zi uydirma ma'lumotlarni ham o'z asariga kiritgan. Shu sababdan uning asarlaridan foydalanishda o'ta ehtiyotkorlik zarurdir. Ktesiyning Ossuriya podshosi Ninning Markaziy Osiyoga qilgan harbiy hujumlari haqidagi ma'lumotlari ishonchli emas. Ktesiy o'z asarlarida birinchi marta Zoroastr (Zardusht) nomini tilga oladi. U sehrgar va Baqtriya podshosi bo'lganligi ta'kidlanadi. Zardusht podsho bo'lgan emas, albatta. Lekin uning nomi tilga olinganligi va bu nom Baqtriya bilan bog'langanligi zardushtiylik dini bu mamlakatda, ya'ni Baqtriyada vujudga kelganligi to'g'risidagi taxminlarni quvvatlovchi dalillardan biridir. Ktesiy Baqtriyaliklarning Eron shohi qo'shini tarkibida Ossuriyani tor-mor etishda qatnashganligini ma'lum qiladi1.
Ktesiy ham sak ayollari jasur va harbiy ishlarga moyil ekanliklarini ta'kidlaydi. Shu bilan bog'liq holda u saklar malikasi Zarineya haqidagi hikoyani keltiradi. Zarineya o'zining birinchi eri va akasi Kidrey halok bo'lganidan so'ng Parfiya viloyatining hokimi Mermerga turmushgachiqadi. Forslar bilan jangda Zarineya yaralanadi va jang maydonini tashlab ketadi. Striangey nomli fors uni ta'qib etadi va qo'lga tushiradi, lekin Zarineyaning iltimosiga ko'ra uni ozod etadi. Keyingi jangda esa Zarineyaning eri Mermer Striangeyni asirga oladi va Zarineyaning yalinishiga qaramay uni o'ldirmoqchi bo'ladi. Shunda Zarineya asirlarni ozod etib, ular bilan birga erini o'ldiradi va Parfiya viloyatini Eron shohiga berib, u bilan do'stona munosabat o'rnatadi. Ktesiy keltirgan bu ma'lumot naqadar to'g'ri ekanligini bilish qiyin, lekin bu hikoya Gerodotning - saklar jamiyatida ayollar roli: yuqori ekanligi hakidagi axborotni tasdiqlaydi.
Ktesiy Eron shohi Kirning halok bo'lishi to'g'risida Gerodotdan ancha farq qiladigan ma'lumot keltiradi. Uning yozishicha, Kir derbiklar bilan bo'lgan jangda yarador bo'lib, otdan yiqilib tushadi. Uni derbiklar bilan birga jang qilgan hindlardan biri yarador qiladi, shundan so'ng Kir vafot etadi. Ktesiyning bu ma'lumoti to'g'ri emas, deb aytish mumkin,chunki boshqa manbalarda bunday axborot uch ramaydi.
Gerodot va Ktesiydan boshqa Ellada tarixchilari ham o'z asarlarida Markaziy Osiyo xalqlari to'g'risida ma'lumotlar beradilar. Ulardan biri Ksenofont (mil. avv. 445-355) o'zining tarixiy-siyosiy roman janrida yozilgan “Kiropediya” nomli asarida Baqtriyaliklar, saklar va girkaniyaliklarning fors shohi Kir tomonidan bo'ysundirilish va uning qo'shini tarkibida Ossuriyani zabt etishda qatnashganliklarini ko'rsatib o'tadi.
Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, antik mualliflarning Markaziy Osiyoga qiziqishlarining ortishiga sabab bo'lgan yana bir muhim tarixiy voqea - IskandarZulqarnaynning sharqqa hujumlaridir. Ko'p mualliflar Iskandar tarixini yoritish jarayonida u bosib olgan mamlakatlar haqida, shu jumladan, Markaziy Osiyo to'g'risida ma'lumotlar yozib qoldirganlar25. Iskandar hayoti va faoliyati haqidagi tarixiy asarlarning eng muhimi - bu Arrianning “Iskandar hujumlari” nomli asaridir. Bu asar milodiy II asrda, Iskandar davridan 5 asr o'tgandan keyin yozilgan. “Iskandar hujumlari” buyuk sarkarda shaxsiga maddohlik ruhida taklif etilgan asardir26.
Arrian Flaviy (95-175) - yirik Ellada yozuvchisi, tarixchisi va geograf olimi, Kichik Osiyoning Nikomadiya shahridan. U “Iskandar haqida”, “Parfiyaliklar haqida”, “Hindiston” va 7 jildlik “Iskandarning hujumlari” nomli kitoblar muallifidir.
O'zbekiston va Eronning qadimiy tarixini o'rganishda Arrianning “Iskandarning hujumlari” nomli asari muhim ahamiyat kasb etadi. Unda fotihning O'zbekiston, Eron hududlari va boshqa mamlakatlarga istilochilik hujumlari tarixi batafsil bayon qilingan.
Arrian o'z asarini yaratishda juda ko'p tarixiy manbalardan foydalangan. Jumladan, Iskandarning saroy kundaliklaridan, Iskandar hujumlarining guvohi va ishtirokchisi bo'lgan sarkardalar Ptolemey Lag va Aristobulning esdaliklaridan keng foydalangan. Asar panegrizm - maddohlik ruhida yozilgan - muallif Iskandar Zulqarnayn va uning faoliyatini ko'klarga ko'tarib ulug'laydi. U ko'pgina qo'lyozma manbalar va rasmiy hujjatlar asosida yozilgan bo'lib, mavzu bo'yicha muhim va asosiy manbalardan hisoblanadi.
Arrian mo'tabar manbalardan foydalanganliga, ularga tanqidiy yondashganligi asarning ilmiy ahamiyatini yanada oshiradi. Arrian foydalangan birinchi darajadagi manbalar keyinchalik yo'qolib ketganligi hisobga olsak, uning asari g'oyat nodir yodgorlik ekanligiga ishonch hosil qilamiz.
Arrian Flaviyning “Iskandarning hujumlari” asari nemis (Myuller, Leypsig, 1886 y.) hamda rus (Korenkov, Toshkent, 1912 y. va M. E. Sergeenko, M.- L., 1962 y.) tillarida nashr etilgan27.
Kvint Kurtsiy Ruf (mil. avv. I asrning oxiri - milodiy I asrning birinchi yarmi) - mashhur Rim tarixchisi, Iskandar Zulqarnaynning Eron, Turon va boshqa mamlakatlarga qilgan harbiy hujumlari haqida 10 kitobdan iborat “Buyuk Iskandar tarixi” nomli asar yozib qoldirgan28. Muallif Ptolomey Lag va Iskandar Zulqarnaynning safdoshlari Onesikrit va Kallisfenning xotira va asarlaridan keng foydalangan. Rim tarixchisi Kvint Kurtsiy Rufning asari lotin tilida yozilgan bo'lib, 10 kitobdan iborat, lekin uning dastlabki ikki kitobi bizgacha etib kelmagan. Mutaxassislar Kvint Kurtsiy Rufning manbalarga tanqidiy yondashmasligini, Iskandar hayoti bilan bog'liq voqealarni badiiylashtirganligani ta'kidlaydilar. Kurtsiy ayrim hollarda fantastik syujetlarni to'qibchiqaradi, o'z qahramoni Iskandarning ruhiy holatlarini ochib berishga intiladi. Muallif tasvirlanayotgan voqealarni aniq sanasini keltirmaydi. Shu bilan birga u Iskandarning real siymosini yaratishga harakat qiladi. Kvint Kurtsiy Rufning talqinida Iskandar taqdir erkatoyi, o'ziga bino qo'ygan, bosqinchilik qonida bo'lgan, Shafqatsiz, qasoskor, mard, tanti va bag'rikeng shaxs sifatida gavdalanadi. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan kamchiliklardan qat'iy nazar, Kurtsiyning asari Markaziy Osiyo xalqlarining Iskandar Maqduniy davridagi tarixiga oid boy ma'lumotlar beradi. Asardagi Baqtriya va So'g'diyonaning tabiati va iqlim sharoitlari, Spitamen qo'zg'olonining tafsiloti va boshqa ma'lumotlar diqqatga sazovordir.
Kvint Kurtsiy Rufning asarida O'zbekiston hududining Iskandar Zulqarnayn qo'shinlari tomonidan istilo qilinishi, xalqlarning chet el bosqinchilariga qarshi kurashi, xususan, Spitamen boshliq qo'zg'olon keng yoritib berilgan. “Buyuk Iskandar tarixi” 1841 yili Myuttsel, 1867 yili T. Nyol'deke va 1885 yili Fogel tomonidan nashr etilgan. Ruscha yangi tarjimasi V. S. Sokolov tahriri ostida chop etilgan (Moskva,1963 y.)29.
Markaziy Osiyoning mil. avv. IV - milodiy IV asrlardag'i tarixi, tarixiy jug'rofiyasi va etnografiyasiga doir ma'lumotlar Diodor Sitsiliyskiyning “Tarixiy kutubxona” (mil. avv. I asr), Rim tarixchisi Pompey Trogning “Filipp tarixi” va “Ibtido” nomli asarlarida (mil. avv. I - milodiy I asr), Ellada tarixchisi Polibiyning “Umumiy tarix” (mil. avv. II asr), rim tarixchisi Pliniyning “Tabiiy tarix”, rim tarixchisi Tatsitning “Tarix” va “Yilnomalar” («Annallar» 1-2 asrlar), Ellada olimi Klavdiy Ptolomeyning “Jug'rofiyaga oid qo'llanma” (II asr), rim tarixchisi Ammian Martsellinning “Ahmol” (IV asr) va boshqa mualliflarning asarlarida uchraydi.
Diodor (mil. avv. 90-21-yillar) yirik tarixchi olim, asli Sitsiliyaga qarashli Argiriya shaharidan. U “Tarixiy kutubxona” nomli 40 kitobdan iborat asar yozib qoldirgan30. Umumiy tarix yo'nalishida yozilgan bu asar asosan Ellada va Rimning qadim zamonlaridan to milodning 1 asr o'rtalarigacha bo'lgan tarixini o'z ichiga oladi. Unda sharq xalqlari, shuningdek, O'zbekistonning qadimiy xalqlari skiflar, saklar, massagetlar, baqtriyaliklar, yurtimizning Eron bilan bo'lgan munosabatlari haqida qimmatli ma'lumotlar bor.
Diodorning mazkur asari ko'p jihatlari bilan ko'chirma - kompilyasia hisoblanadi. Muallif Efor, Polibiy asarlaridan keng foydalangan. Bundan tashqari, ko'p hollarda bayon etilayotgan voqealar uzviy bog'lanmay qolgan. Shunga qaramay, bu asar dalillarga boy va katta ilmiy ahamiyatga egadir.
Diodorning asari to'la holda bizning zamonamizgacha yetib kelmagan. Uning faqat 15 kitobi - qadimgi sharq xalqlarining tarixi va afsonalari haqida hikoya qiluvchi 1-5- kitoblari, Ellada hamda Rimning Ellada - Eron urushlari(mil. avv. 500-449 yy.)da to mil. avv. 301 yilshacha bo'lgan tarixini o'z ichiga olgan 11­20- kitoblarigina saqlangan, xolos. Bu asar 1774-1775 yillari I. Alekseev tomonidan olti qismda va 1874-1875 yillari F. G. Mishchenko tarafidan ikki qism qilib nashr etilgan.
Pompey Trog( milodgacha 1 - milodning 1 asrlari o'rtalari) - “Filipp tarixi” asari bilan mashhur bo'lgan Rim tarixchisi. 44 kitobdan iborat bu asar afsonaviy Assuariya podshohlari zamonidan to Rim imperatori Avgust (mil. avv. 63 - milodning 14-yili) davrigacha bunyoda bo'lib o'tgan voqealarni bayon qiladi, lekin asosiy e'tibor Elladaning makedoniyalik Filipp II (mil. avv. 359-336-yy.) va Iskandar Zulqarnayn davridagi ijtimoiy - siyosiy tarixini bayon etishga qaratilgan31.
Mazkur asarning qimmati shundaki, u bir talay noma'lum kitoblarga suyanib yozilgan Rim, Ellada kabi yirik davlatlarning paydo bo'lishi va tarixini keng yoritib bergan. Muhimi shundaki, muallif bunday davlatlarning oxir - oqibatda inqirozga uchrashini aytadi. Pompey Trog tarixni harakatga keltiruvchi kuch urf- odat va taqlir deb hisoblagan.
Filipp tarixi”da skiflar, Baqtriya, Iskandar Zulqarnayn davrida Baqtriya va So'g'dda qurilgan katta imoratlar, Iskandar Zulqarnayn vafotidan keyin yuz bergan voqealar, Parfiyaliklarning kelib chiqishi, ularning urf-odatlari, Parfiya podsholigini tashkil topishi, Baqtriya, Parfiya va Midiyaning o'zaro munosabatlariga oid muhim ma'lumotlar mavjud.
Pompey Trogning bu asari Yustin (2-3 asr) tarafidan qisqartirilib qayta ishlangan shaklda bizning zamonimizgacha etib kelgan va Ruxl tomonidan 1935 yili chop qilingan32. Uning ruscha tarjimasi A. A. Dekonskiy va M. M. Rijskiy tomonidan “Вестник древней истории” jurnalining 1954 yil 2-4 va 1955 yil 1- sonlarida bosilgan33.
Gay Pliniy Sekund (24-79 y.) - rimlik mashhur yozuvchi, tarixshunos olim va davlat arbobi, 79 yili mashhur Vezuviy vulqonining otilibchiqishi natijasida yuz bergan umumxalq fojeasi vaqtida halok bo'lgan.
Gay Pliniy Sekund - sermahsul olim, 20 kitobdan iborat “Germanlarning urushlari”, ikki jilddan iborat “Pomponiy Sekundning hayoti” va 37 kitobdan iborat “Oddiy tarix” nomli asarlar yozib qoldirgani ma'lum.Pliniyning germanlar tarafidan Reyn va Dunay bo'ylari mamlakatlarining bosib olinishi tarixidan bahs yurituvchi “Germanlarning urushlari” nomli asari bizning davrimizgacha yetib kelmagan, lekin u Korneliy Tatsitning (taxminan 56- 117-yy.) “Solnomalar” imperator Oktavian Avgust vafotidan (milodning 14-yili) Neronning halok bo'lishigacha (milodning 68 yili) bo'lib o'tgan voqealarni o'z ichiga oladi hamda “Germaniya” (unda german va boshqa qabilalarning tarixi bayon etilgan) nomli asarlari uchun birinchi manba bo'lgan.
Pomponiyning hayoti”da Pliniy sobiq boshlig'i Pomponiy Sekundning hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi. Bu asar ham bizning zamonamizgacha yetib kelmagan.
Oddiy tarix” Gay Pliniy Sekundning shoh asari hisoblanadi va unda antik dunyo tarixi, iqtisodiy ahvoli hamda madaniyati bayon etilgan. Unda miallifning o'z manbalariga jiddiy va tanqidiy munosabatda bo'lmaganligi, ayrim dalil va voqealarni buzib ko'rsatilganligi sezilib turadi. Bu kitob antik dunyo tarixi bo'yicha keng ma'lumot beruvchi qomusiy asar sifatida e'tiborga sazovordir.
Oddiy tarix”da O'zbekistonning ham qadimiy tarixi, unda istiqomat qilgan xalqlar, masalan, skiflar, Oks - Amudaryo, Yaksart - Sirdaryo va skifcha shahar nomlari, tabiiy boyliklari, Antioxiya shaharlarining barpo etilishi haqida qimmatli ma'lumotlar bor1.
Polibiy (mil. avv. 201-120- yy.) - yirik Ellada tarixchisi, 40 kitobdan iborat “Umumiy tarix” asari bilan mashhur. Unda Ellada, Makedoniya, Karfagen, Misr, Suriya va Rimning 220-146-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o'z ichiga oladi. Umumiy tarix yo'nalishida yozilgan bu asarning katta qismi saqlanmagan, bizgacha faqat 1-5- kitoblargina yetib kelgan, xalos.
Polibiyning “Umumiy tarixi” daliliy ma'lumotlarga boyligi, voqealarning nisbatan xolisona yoritilishi bilan alohida ahamiyatga egadir.
Unda Oks - Amudaryo va Yaksart - Sirdaryo haqida, Antiox I ning Baqtriya podshohi Yevtidemga qarshi harbiy hujumi haqida muhim ma'lumotlar bor.“Umumiy tarix”ning matni 1889-1905 yillar orasida to'rt jildda Leypsigda chop etilgan. Uning inglizcha (V. R. Paton, London, 1922-1927; ikkinchi nashri, London, 1957-1960) va ruscha (F. G. Mishchenko, 1-3 jildlari. Moskva, 1890­1899) tarjimalari mavjud.
O'zbekistonning qadimiy tarixini o'rganishda qadimiy Ellada va Rim tarixchilarining asarlari benihoyat qimmatlidir.
Efor (mil. avv. 405-330-yillar), Klavdiy Ellian (170-235), aleksandrialik Kliment (milodning II asri), Korneliy Tatsit (taxminan milodning 56-117-yillari), Ksenefont (taxminan mil. avv. 430-355-yillar), Plutarx (milodning 46-127-yillari), Poliyen (milodning II asri) va boshqalarning asarlari ham ana shunday qimmatga egadir.
Geograf olimlardan Strabon va Ptolomey asarlari ham zo'r ilmiy qiymatga egadir. Strabon (mil. avv. 63 - milodning 23 y.) qadimgi Elladaning atoqli geograf olimlaridan, asli amosiyalik, nufuzli va badavlat oiladan chiqqan, mashhur Ellada faylasufi Aristotelning (mil. avv. 384-322-yy.) shogirdi, qariyb 80 yil umr ko'rgan.
Strabonni dunyoga tanitgan uning 17 kitobdan iborat “Geografiya” nomli asaridir34. Asarning 1-2- kitoblari “Muqaddima” deb ataladi va unda geografiya ilmi va uning hokimlar, sarkardalar va savdogarlar faoliyatidagi o'rni va roli haqida gap boradi. Eratosfen, Poseydon va Polibiyning yer tuzilishi haqidagi ta'limoti tanqid qilinadi, yer yuzini tavsiflash haqida umumiy tushuncha beriladi. 3-10- kitoblarida Yevropa mamlakatlarining tavsifiga, shundan 8-10- kitoblar Ellada va unga tutash mamlakatlarga bag'ishlangan. Asarda Osiyo mamlakatlariga katta o'rin berilib, ular to'g'risida 11-16 kitoblarda ma'lumot berilgan. 17 kitob Afrika mamlakatlariga bog'ishlangan.
Strabon Polibiyning “Umimiy tarix”ini davom ettirib, unga mil. avv. 146- 31-yillar orasida bo'lib o'tgan voqealarni qo'shgan. Afsuski, bu muhim asar bizning zamonimizgacha yetib kelmagan, lekin uning ayrim qismlari, xususan, O'zbekiston tarixidan xabar beruvchi ayrim parchlar olimning “Geografiya” nomli asariga kirib qolib saqlangan.
Strabonning “Geografiya”sida Girkaniya, Parfiya, Baqtriya va Marg'iyonaning tabiiy holati, shaharlari, qisman ularga borish yo'llari, Oxa (Harrirud), Oks va Yaksart daryolari haqida, O'zbekistonning qadimiy xalqlari - saklar, massagetlar, daylar, atasiyalar, toharlar hamda xorazmliklar va ularning kelibchiqishi, bu xalqlarning turmushi, urf-odati va e'tiqodi, shuningdek Parfiya va Baqtriyaning mil. avv. 3-asrning birinchich oragidagi ichki ahvoli va o'zaro munosabatlari haqida muhim va qimmatli ma'lumotlar mavjud.
Strabonning ushbu asari 1844 va 1848 yillari Kramer va Myuller tarafidan, maxsus harita va tarhlar bilan qo'shib nashr qilingan. Uning nemischa (Grosskurd, Berlin, 1831-1834) hamda ruscha (F. G. Mishchenko, Moskva, 1879, G. A. Stratanovich, Moskva, 1964) tarjimalari ham mavjud.
Ptolomey Klavdiy (taxminan 90-160 yy.) - mashhur qomusiy olim, Aleksandriyada yashab ijod qilgan. U astronomiya, geometriya, fizika (optika, mexanika) hamda geografiyaga oid asarlar yozib qoldirgan.
Jahonga mashhur “Al'magest”- “Al-majastiy” (18 kitobdan iborat, astronomiya va trigonometriya ilmlarini o'z ichiga oladi), “Optika” (5 kitobdan iborat), “Germanlar haqida tushuncha” (3 kitobdan iborat) va, nihoyat, “Geografiya” shular jumlasidandir. Lekin olimga shuhrat keltirgan asarlari “Almagest” va “Geografiya”dir.
Geografiya”ning (8 kitobdan iborat) birinchi kitobi, aniqrog'i uning 24- bobi jahon mamlakatlarini tavsiflashga bag'ishlangan va katta ilmiy qiymatga ega. Shunisi muhimki, asarda shaharlar, mamlakatlar va ularning koordinatalari keltirilgan va unga 27 ta harita ilova qilingan.
Ptolomeyning “Geografiya”sida Girkaniya, Marg'iyona, Baqtriya, So'g'diyona hamda skiflar mamlakatining geografik holati, Baqtriya va So'g'diyonaning mashhur shaharlari, shuningdek o'sha mamlakatlar va ular bilan tutash o'lkalar va ularning aholisi haqida asl va qimmatli ma'lumotlar keltirilgan.
Ellada va Rim olimlarining tarix va geografiyaga oid asarlari ma'lum darajada musulmon, shu jumladan yurtimiz olimlari Al-Xorazmiy, Al-Farg'oniy, Beruniy va boshqalarning ijodiga asos bo'lib xizmat qildi.
Yuqorida nomlari tilga olingan tarixchilardan tashqari boshqa antik davr mualliflari ham qadimgi ajdodlarimiz hayoti haqida ma'lumotlar yozib qoldirishgan. Jug'rofiya fanining “otasi” Strabon o'zining 17 kitobdan iborat “Geografiya” asarida Girkaniya, Parfiya, Baqtriya va Marg'iyonaning tabiiy sharoitlari, shaharlari, ularga olib boradigan yo'llar, bu yerdagi daryolar, bu diyorda istiqomat qilgan xalqlar, ularning turmush tarzi, urf-odatlari va e'tiqodlari to'g'risida e'tiborga loyiq ma'lumotlar keltiradi.
Mazkur asarlarda keltirilgan ma'lumotlar o'z xarakteriga ko'ra xilma-xildir. Ularning ayrimlari uydirma ma'lumotlarga asoslangan bo'lsa, boshqalari ishonarli manbalarga tayanadi. Shu sababli ulardan foydalangan paytda keltirilgan ma'lumotlarni chuqur tanqidiy tahlil etish zarur.

  1. Markaziy Osiyo haqida Xitoy va Hindiston manbalari

Ko'hna tarixni o'rganishda Ellada, forsiy, turkiy yozma manbalar bilan bir qatorda xitoy manbalarining tutgan o'rni ham alohida diqqatga sazovordir. Garchand, Xitoy manbalari miloddan ilgari yozila boshlagan bo'lsa-da, 5000 yilik tarixni o'zida mujassamlashtirgan. Bu manbalar yillarning aniq ko'rsatilishi, voqealarning tadrijiy holda yozilishi bilan boshqa manbalardan ustunlikka ega. Shuningdek, mazkur manbalarda Xitoy bilan qo'shni mamlakatlar va xalqlar bilan aloqalar natijasida Turkiston va uning xalqlari tarixiga oid boy ma'lumotlar yozilgan.
Xitoy manbalarida mil. avv. II asrdan Farg'ona Day Yuan (Davan) deb nomlanib, Davan davlati, ya'ni Farg'ona mamlakati yohud davlati deb tilga olinadi.
Farg'ona - Xitoy munosabatlariga oid ma'lumotlar “Tarixiy xotiralar” dagi “Xan Udi tazkirasi”, “Farg'ona tazkirasi”, “Hunlar tazkirasi” va “Xannonma”da “Xan Udining tarjimai holi”, “Xan Vendi tazkirasi”, “Jang Chyan, Li Guanli tarjimai holi”, “G'arbiy Yurt tazkirasi”, “Xunlar haqida qissa”, “Nag'ma nova tazkirasi”, “Besh unsur tazkirasi” kabi boblarda o'z aksini topgan.
Xitoy manbalaridagi ma'lumotlar o'zbek adabiyotida asosan rus tilidagi tarjimalardan olingan. Bu tarjimalarda, xitoy manbalaridagi kishi nomlari va har xil atamalar rus tili nuqtai nazaridan shartli ravishda qabul qilingan. Bularning ko'pchiligi o'zbek tilida to'g'ri talaffuz etilmaydi. Ammo, xitoy tiliga o'zbek tilidagi ayrim ovozlar, tovushlar mos keladi. Shu asosda xitoycha nomlarning o'zbekcha variantlari vujudga kelgan.
Xitoy tilidagi manbalarni o'rganilishiga oid adabiyotlarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga oid adabiyot va nashrlarda sovet davlatining tashqi siyosati yo'nalishlarini ko'rsatish asnosida Xitoy bilan munosabatlar ham keng tadqiq etilgan. Bunday asarlar sirasiga B. A. Ahmedov, Ch. A. Abutalipov, G. Inamjanova, K. Karimov, U. A. Rustamov, M. Boboxo'jayev, H. Ziyayev, I. To'xtaxo'jayev va boshqalar ning tadqiqotlarini kiritish mumkin 35.
Xitoy manbalari haqida shuni alohida qayd etib o'tish kerakki, ular ham xitoy hukmdorlarining maqsad va manfaatlarini ko'zlab yozilgan, boshqa xalqlarning tarixi ko'p hollarda bir taraflama yoritilgan. Lekin xitoy manbalarida bo'lib o'tgan voqealarning vaqti va o'rni aniq ko'rsatiladi, bir-biriga qarshi turgan qo'shinlarning umumiy soni aniq ko'rsatiladi.
Qadimiy O'zbekistonning uzoq o'tmishdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o'rganishda quyidagi xitoy manbalari muhim ahamiyatga ega. Qadimgi xitoy manbalarida ham o'lkamizning uzoq o'tmishi haqida uzuq - yuluq ma'lumotlar mavjud. Ko'p hollarda bu ma'lumotlar o'zaro bog'lanmagan bo'lsa-da, mintaqamizda istiqomat qilgan xalqlarning turmushi, iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli xususida e'tiborga loyiq axborotlar beradi.
Xitoy manbalarini asosan ikki guruhga bo'lish mumkin. Birinchi guruhga Markaziy Osiyoga tashrif buyurgan sayyoh va elchilarning safarnomalari kiradi.
Ikkinchi guruh esa xitoylik tarixchilar qalamiga mansub asarlardan iborat. Birinchi guruhga kiradigan manbalar ayniqsa muhim ahamiyatga egadir. Chunki, sayyoh va elchilar o'zlari ko'rgan hodisa va voqealarni bayon qiladilar. Xitoy tarixchilari asarlarida keltirilgan ma'lumotlar ham asosan sayyohlar va elchilarning axborotlariga tayanadi.
Markaziy Osiyoga kelgan birinchi xitoylik sayyoh Chjan Szyan edi. U Xitoy hukumatining topshirig'iga muvofiq, Qang' davlati hukmdorini xunnlarga qarshi urushga dav'at etish maqsadida mil. avv. II asrda bu yerga tashrif buyurgan edi. Chjan Szyan' o'z hukumatiga yozgan xabarnomalarida Kaspiy dengizigacha cho'zilgan hududlarda istiqomat qilgan xalqlar to'g'risida dastlabki ma'lumotlarni yetkazadi, jumladan, mil.avv. 127 yilda yuborgan xabarnomasida u Farg'ona vodiysidagi Davan davlati, uning aholisi, xo'jalik hayoti haqida qiziqarli ma'lumotlar bergan. Elchining yozishicha, bu yerdagi katta va kichik shaharlarning soni 70 tani tashkil etadi36. Davanliklar o'troq hayot kechirib, sholi va bug'doy ekkanlar, chorvachilik, jumladan yilqichilik bilan shug'ullanganlar. Huddi shu davrda istiqomat qilgan tarixchi Szyan' Xanshu uning bu ma'lumotlarini to'ldirib, Farg'onada 60 ming xonadon borligini qayd etadi. Sima Syan' o'zining “Shi szi” - “Tarixiy esdaliklar” nomli asarida Farg'onadan Parfiyagacha bo'lgan hududda istiqomat qilgan aholi turli shevalarda gapirsa-da, lekin bir-birini bemalol tushunadi, deb yozadi. Demak, mil. avv. II asrda Markaziy Osiyoda til jihatidan bir-biriga yaqin bo'lgan forsiyzabon qabila va elatlar istiqomat qilganlar. Lekin huddi shu davrda, ayniqsa, yuechjilar istilosidan keyin aholi tarkibida turkiy qatlam ko'paya boshladi37.
Markaziy Osiyo xalqlari haqidagi ma'lumotlar Xitoyda hukmronlik qilgan sulolalar tarixiga bag'ishlangan asarlarda ko'plab uchraydi38. Ularning mualliflari Markaziy Osiyo tarixini maxsus tadqiq etmagan bo'lsalar-da, lekin o'lkamiz xususida qiziqarli ma'lumotlar yozib qoldirganlar. Yuqorida nomi tilga Sima Syan' (uni “Xitoy tarixchilarining otasi” deb atashadi) o'zining “Tarixiy esdaliklar” nomli asarining 130-bobida Davan davlati va uning xalqi haqida e'tiborga loyiq ma'lumotlar keltiriladi. Xitoy manbalarida xitoylik hukmdorlarning Davanga nisbatan bosqshchilik siyosati, o'z ozodligi uchun qahramonona kurashi tasvirlanadi. Mil. avv. II asrda yuechji qabilalarining Markaziy Osiyoga bostirib kirishi ham Xitoy manbalarida o'z aksini topgan. Jumladan, elchi Chjan Szyan' axborotlarida bu borada batafsil ma'lumotlar keltiriladi. Mil. avv. II asrda yashagan tarixchi Ban' Gu “Avvalgi Xan sulolasi tarixi” nomli asarida, xususan uning 95-bobida Kangyuy davlati, yuechji va usunlar to'g'risida, Sharqiy Turkiston o'lkasining o'tmishi, bu yerdagi aholi turmushi haqida ma'lumotlar beradi1.
Xitoy manbalari Markaziy Osiyo ilk feodalizm davri tarixi haqida diqqatga sazovor ma'lumotlar beradi. V asrda hayot kechirgan tarixchi Fan Xua o'zining “Keyingi Xan sulolasi tarixi” nomli asarida Markaziy Osiyo, Sharqiy Turkiston va Jung'oriyaning 25-221 yillar orasidagi tarixiga oid qimmatli ma'lumotlar keltiradi.
Li Yan'shou (VII asr) “Shimoliy sulolalar tarixi” nomli asar muallifidir. Mazkur asarda Markaziy Osiyo, jumladan Xorazm va Sharqiy Turkiston haqida ma'lumotlar uchraydi. Li Yan'shou bilan zamondosh bo'lgan Vey Chjen o'zining kasbdoshlari Yan Shigu va Kxun Indalar bilan hamkorlikda “Suy xonadonining tarixi” nomli asar yozgan. Asarning 83-bobida Sharqiy Turkiston va Markaziy Osiyo haqida talay ma'lumotlar bor.
Oldingi zamonlarda bo'lgani kabi ilk o'rta asrlarda ham Xitoy sayyohlari Markaziy Osiyoga tashrif buyurganlar, ularning safarnoma va esdaliklari muhim tarixiy manbalar qatoriga kiradi. Ayniqsa, Syuan Szyan va Xoy Chao So'g'd viloyatining VII - VIII asrlardagi ahvoli xususida muhim ma'lumotlar yozib qoldirganlar.
Syuan Szyan 629 yilda So'g'dga kelgan edi. Uning yozishicha, So'g'd viloyatining markazi Samokien, ya'ni Samarqand shahri bo'lgan. Viloyatda ko'p sonli aholi yashaydi. Yerlari unumdor va serhosildir. Bu yerda turli daraxtlar, jumladan, mevali daraxtlar va gullar ko'pdir. Iqlimi yumshoq va mo'tadil so'g'dliklar savdo va hunarmandchilik bobida dong taratganlar So'g'd “varvarlar” mamlakatining o'rtasida shaharlashgan bo'lib, qo'shni viloyatlarda yashaydigai elat va qabilalar ahloq-odob bobida so'g'dliklardan o'rnak oladi. Bu yerda hukmronlik qilayotgan podshoh mard va jasur kishidir. Qo'shni viloyatlarning barchasi so'g'd podshosiga bo'sunadi. Podshoh ixtiyorida ko'p sonli lashkar, jumladan, otliq qo'shin bor. Syuan Szan Samokiendan tashqari, Mimoxe (Maymurg'), Buxe (Buxoro), Szeshuanna (Kesh) va boshqa mulklar haqida ham ma'lumotlar beradi, bu yerdagi xalqlarning yashashi va turmushi Samarqand xalqi bilan deyarli bir xil ekanligini qayd etadi.
Syuan Szan yozuvlaridan biz VIII asrning birinchi yarmida Markaziy Osiyo, jumladan So'g'd mamlakati kichik-kichik mulklarga bo'linib ketganligini, lekin Samarqand hukmdori ustuvor mavqega ega ekanligini anglab olamiz. Boshqa tarixiy manbalar, masalan, Afrosiyobda topilgan elchilarni qabul qilish marosimini aks ettirgan devoriy surat hamda uning ostidagi so'g'd yozuvlari mazkur fikrni to'la tasdiqlaydi1.
Arablar davrida so'g'ddagi ahvolni bilish uchun Xoy Chao ma'lumotlari muhimdir. Uning yozishicha, Ang' (Buxoro), Kan (Samarqand), Shi (Kesh), Mi (Maymurg') viloyatlarida o'z hokimlari bo'lgan, lekin ularning barchasi arablarga tobe edi. Aholi paxta va boshqa qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirgan, chorva mollaridan qo'y, ot va tuyalar boqilgan. So'g'd aholisi paxtadan to'qilgan oq matodan kiyim-kechak kiyishni yoqtiradi. Xoy Chao so'g'd aholisi, asosan zardushtiylikka e'tiqod qilishini ta'kidlab, Samarqand shahrida buddaviylik ibodatxonasi borligini ham qayd etadi.

X - XI asr xitoy tarixchilari Ouyan Syu va Sun Sisin “Tan sulolasining yangi tarixi” nomli asarlarmi yozib qoldirganlar. Mazkur asarda Samarqand shahri tarixi, hozirgi Janubiy O'zbekiston, Eron, Afg'oniston va Sharqiy Turkiston tarixiga oid e'tiborga loyiq ma'lumotlar keltiradi.Shu tariqa, Turkiston tarixiga oid Xitoy manbalaridagi ma 'lumotlar ko'p hollarda yurtimizga tashrif buyurgan shaxslarning yodnomalariga asoslanganligi sababli ishonchli manbalardan hisoblanadi. Bu manbalarda keltirilgan ma'lumotlarning to'g'riligini so'g'd manbalari, arxeologik va numizmatik manbalar ham tasdiqlaydi1.
Chjang Chyan (Chjan Syan'; tug'ilgan yili noma'lum — mil. avv. taxminan 103 y.) — xitoylik mashhur diplomat va sayyoh. Xitoy uchun uzoq, davrlar davomida yopiq bo'lgan Markaziy Osiyoga birinchi marta borib, ushbu mintaqadagi yo'llar, mamlakatlar va xalqlar haqida ma'lumot to'plab kelgan birinchi rasmiy davlat elchisidir. Elchilik vazifasini amalga oshirish natijasida Chjang Chyan mashhur bo'lib, tarixga kirib qolgan. Undan oldin u jamiyatda uncha katta mavqega ega bo'lmagan kichik bir amaldor edi, xolos. Safar jarayonida Chjang Chyan xotira yozgan yoki yozmaganligi hususida aniq, ma'lumot yo'q. Ammo u qaytib kelganidan so'ng o'z hukmdoriga yozma hisobot berib ko'rgan - bilganlarini batafsil bayon etgan. Shu asosda uning safari, borgan shaharlari va ko'rganlari haqidagi ma'lumotlar saroy tarixchilari tomonidan rasmiy tarixga kiritilgan. Katta ilmiy ahamiyatga bo'lgan ushbu ma'lumotlar “Tarixiy xotiralar” (“Shi ji”) nomli yirik asarning “Chjang Chyanning tarjimai holi” va “Farg'ona tazkirasi” nomli boblarida ilk bor uch raydi.
Xan sulolasi tarixi” (“Xan Shu”)ning “ Chjang Chyan tazkirasi”da aytilishicha, mazkur elchi shaxsan o'zi Farg'ona, Dayueji, Baqtriya, Qanghiya kabi davlatlarga borgan. Ularning atrofidagi 5-6 davlat haqida boshqalar orqali surishtirib bo'lib, ularning hududi, boyligi va iqtisodiy ahvoli to'g'risida o'z hukmdori U - Diga axborot bergan. Chyanning ma'lumotiga asosan bitilgan manbalarda quyidagilar qayd etiladi: “U-di Farg'ona, Kan, Arshak (Anshi, Parfiya)larning katta mamlakat ekanligi, ularda g'aroyib narsalarning ko'pligi, xalqi o'troqlashgan bo'lib, urf-odatlari xitoyliklar bilan o'xshashligi, lekin harbiy jihatdan ojizligi, Xan sulolasining mollarini qadrlashi, ularning shimolida Dayuejilar bilan Kanhiya davlatlari borligi va ularning harbiy qudrati nisbata

nkuchliroq ekanligi, mol-dunyo va boylik berilsa ular foydani ko'zlab, ziyoratga kelishlari mumkinligini eshitadi. Shundan so'ng U-Di ularni qonun-qoidamizga bo'ysundirish imkoniyatiga ega bo'lsak zaminimizni cheksiz kengaytirishga muyassar bo' lamiz. Shu bilan birga qonun-qoidalarimizni o'z tilimizdan ular tiliga tarjima qilish yo'li bilan ularni uzoq diyorga tarqatib, ushbu diyorlarni qo'lga kiritishimiz, Xan sulolasining vajohati va mehr-shafqatini butun olamga tarqatishimiz mumkin, deb o'yladi. U bu haqda o'ylagan sari quvonib, uzoq diyorga elchilar jo'natish uchun farmon berdi”.
Ikkinchi safar jarayonida Chjang Chyan Markaziy Osiyo mamlakatlarining aholisi, iqtisodiyoti, madaniyati va urf-odatlari haqida avvalgidan ham ko'proq ma'lumotlar olib kelgan. Bundan Xitoy hukmdori behad hursand bo' lgan. Shundan keyin Xitoy hoqonlari mazkur mamlakatlar bilan yaqinroq aloqada bo'lish maqsadida ko'p marta elchilar yuborgan. Xitoyga ham Markaziy Osiyo mamlakatlaridan elchilar kelib turdi39. Natijada Markaziy Osiyo va Xitoy o 'rtasidagi savdo aloqalari rivojlanibgina qolmasdan, balki ikki mintaqa madaniyatlarining o'zaro ta'siri kuchaydi. Markaziy Osiyo san'ati, jumladan musiqa, cholg'u asboblari, raqs Xitoyga keng tarqaldi.
Xullas, jangchi Yang Cha Xitoy bilan g'arb o'rtasidagi savdo aloqalarida Turkiston xalqlari asosiy omillardan hisoblangan bo'lsa, keyinchalik ular qatoriga xitoylar ham qo'shildi, bu hol Buyuk ipak yo'lining yana ham jonlanishiga olib keldi.
Chjang Chyan va uning safdoshlari tomonidan keltirilgan ma'lumotlar Turkiston - Xitoy munosabatlarida yangi sahifani ochish bilan birga ayrim nizolarga ham sababchi bo'ldi. Xitoy tarixida Xan sulolasining hoqoni U-Di davrida xitoyliklarning mil. avv. 104—101 yillarda Farg'onaga ikki marta hujum qilganligi alohida tilga olinadi.
G'arb mamlakatlarining Xitoyga nisbatan olisligi, yo'l mashaqqatlarining g'oyatda ko'pligi to'g'risidagi ma 'lumotlar haqiqiy diplomatlarni elchi bo'lishga da'vat etmas edi. Aksariyat hollarda Turkistonga Xitoy savdogarlari davlat nomidan va davlat mablag'i hisobidan elchi bo'lib kelar edilar.
Siyosiy maqsadni ustuvor qo'ygan U-Di hoqon Chjang Chyanning oxirgi safaridan so'ng, Markaziy Osiyo davlatlariga davomli suratda elchilar va karvonlar jo'natib turdi, bu amaliyot ba'zan davlatga moddiy zarar keltirgan bo'lsa-da, g'arbiy mamlakatlardan elchilar kelishining ko'payishiga olib keldi. Ayniqsa, Usun - Xitoy munosabatlari jonlandi. Xitoyliklar horijdan kelganlarni yaxshi kutib olishi va o'z davlatining kuch - qudratini va boyligini ko'z-ko'z qilish uchun mehmonlar olib kelgan moliga nisbatan ko'p sovg'a bilan qaytarib turgan.
Keyingi davrlarda Markaziy Osiyoga Xitoy elchilari kelganligi haqida ma'lumotlar ancha bo'lsa-da, Xitoy savdogarlarining kelganligi to'g'risida ma'lumot kam. Buning sababi Turkiston - Xitoy savdo munosabatlarida markaziy osiyoliklar Buyuk ipak yo'li savdosida asosiy mavqeni egallaganligidadir.
Banchaoning ismi yoshligida Chjung Sheng bo'lib, u 32-yilda hozirgi Shen'si o'lkasining Anlin viloyatida tug'ilgan, 102-yilda vafot etgan. U balog'atga etgan davrda sharqiy Xan imperiyasi bilan Xun imperiyasi o'rtasida Buyuk ipak yo'li uchun navbatdagi kurash boshlanadi. Shunda Xitoy hoqoni Chjandi (73-88) Bachaoga xunnlar qo'lidan Buyuk ipak yo'lini nazorat qilish huquqini tortib olish vazifasini topshiradi. Shu munosabat bilan Banchao unga berilgan lashkarlarga bosh bo'lib safarga otlanadi. Uning 73 yilda boshlangan safari 29 yil davomida Dun'xuan, Yuymenguan, Pshamshan (avvalgi Krurona), Cherchen, Xo'tan, Yorkend, Qashqar, Oqsu, Kuchar, Qorashar, Turfon yo'nalishi bilan Taklamakon cho'lini bir aylanib chiqish bilan yakunlanadi. Ko'p harbiy to'qnashuvlar bilan davom etgan safar Banchao uchun oson kechmagan.
Safar jarayonida ota-bola yo'llar va shaharlar holatini yaxshi o'rganib, ko'rgan bilganlarini yozib qoldirdilar. Afsuski, ular tomondan bitilgan “G'arbiy mamlakatlarning iqlim va zaminiga oid xotiralar” (“Shiyuy fentu chji”) asari bizning davrimizgacha yetib kelmagan. Ammo ulardan keyingi bir necha asr davomida yozilgan va saqlanib kelgan asarlar uchun, jumladan, so'nggi «Xan sulolasi tarixi» («Xou Xan Shu») ning «G'arbiy mamlakatlar xotirasi» («Shiyuy chjuan») bobi uchun muhim manba bo'lib xizmat qilgan.
Xotiraning mazkur bobida Xitoyning poytaxti Chan' andan boshlangan Buyuk ipak yo'li yo'nalishi Dun'xuandan, Yuymenguan, Turfon kabi shaharlardan o'tgandan keyin Torim daryosi bo'ylab davom qilib, Qashqargacha, u yerdan Pomir orqali Farg'onaga, Samarq andga, so'ngra Orol ko'li bo'yiga boradi, deb zikr etilgan. Shu bilan birga ushbu bobda yo'lda shaharlar ko'p bo'lib, ular ko'kalamzor viloyatlarda shaharlashganligi va ularda dehqonchilik, bog'dorchilik, hunarmandchilik va savdo rivojlanganligi ta'kidlangan.
Yuqorida aytib o'tilganidek mil. III asrdan boshlab Qadimgi Xitoy Xan imperiyasi davrida ko'lga kiritgan mavqeini yo'qotib, zaiflashadi. Mamlakatning parchlanishi natijasida yuzaga kelgan mayda xonliklar orasidagi kurashlar uzluksiz davom etadi. Jamiyatda yangi g'oya va yangi mafkuraga bo'lgan ehtiyoj kuchayadi. Yuzaga kelgan vaziyatda budda dinining jamiyatga ko'rsatayotgan ta'siri kuchayadi. Shu bois III asr davomida Xitoyda buddizm yana ham chuqur ildiz otib rivojlangan bo'lsa, IV asrda yuksak darajaga yetadi. Mamlakatda ushbu dinning falsafiy va amaliy qonun-qoidalarini chuqur bilish zarurati tug'iladi. Ammo xitoy tiliga tarjima qilingan asarlar son, savi ya va sifat jihatidan o'sib borayotgan talabga to'la javob bera olmaydi. Bunga amin bo'lgan ayrim yetuk buddaviy rohiblar yuzaga kelgan kamchiliklardan qutilishning yagona yo'li faqat Budda vatani Hindistonga borib ta'lim olish, birlamchi diniy asarlar tilini o'rganib, ularni xitoy tiliga mukammal tarjima qilishdan iboratdir, deb biladilar. Yo'l azobini yaxshi anglagan holda ular ushbu og'ir vazifani bajarishga hayotlarini bag'ishlaydilar.
Markaziy Osiyoga, ayniqsa Sharqiy Turkistonga islom dini tarqalgunga qadar ming yilga yaqin davr davomida bir qancha xitoylik yirik buddaviy rohiblarning Buyuk ipak yo'li orqali Hindistonga borganliklari ma'lum. Ammo hozirgi davrgacha ulardan faqat ayrimlariga oid ma'lumotlar saqlanib qolgan, xolos. Shu bois mazkur yo'lning Xitoy - Pomir - Hindiston yo'nalishi bo'yicha yurgan quyidagi buddaviy rohiblarini keltirish mumkin1.
295-299 yillar oralig'ida tavallud topgan, Buyuk ipak yo'li orqali Xitoydan G'arbga safar qilgan birinchi buddaviy olimlardan, yoshligidan budda diniga ko'ngil qo'yib, hayotini uning Xitoy hududida keng tarqalishiga va rivojlanishiga bag'ishlagan.
O'z maqsadiga erishish uchun Chju Sishing dastlab Qadimgi Xitoyning ikkinchi poytaxti Loyan shahrida ta'lim oladi. Ana shu davrda u buddizmga oid bo'lgan va xitoy tiliga tarjima qilingan asarlarni chuqur o'rganishga kirishadi. Bu orada u xitoy tilidagi tarjima asarlar yetarli emasligini anglaydi. Shu bois 260 yilda Chju Sishing bir necha hamrohlari bilan Chan'an shahrining Shimoli- g'arbida shaharlashgan Yungjou viloyatidan safarga otlanadi.
Chju Sishing Xeshi yo'lagidan o'tib Dun'xuanga boradi. U yerda biroz to'xtagach Taklamakon cho'lining janubidagi yo'l orqali o'sha davrda buddizm markazlaridan biriga aylangan Xo'tan shahriga keladi. Shu yerda u umrining oxirigacha yashab, 80 yoshida olamdan o'tadi.
Xo'tanda Chju Sishing buddizm asoslarini chuqur o' rganishga kirishadi. Buning uchun u bir necha yil davomida til o'rganadi. So'ngra bu yerdagi olimlar yordamida diniy asarlarni xitoy tiliga tarjima qilish va sharhlash bilan shug'ullanadi. 282-291-yillarda u birinchi marta o'zining sharhli tarjimalarini vataniga yuboradi. Uning tarjimalari Xitoyda buddizmning rivojlanishiga katta turtki bo'ladi. Chju Sishingning ma'lumotlariga ko'ra, o'sha davrda Taklamakon cho'lining atrofidagi shaharlarda buddizm madaniyati yuksak darajada rivojlangan.
So'nggi 1-2 asr davomida Yevropa va Xitoy olimlari tomonidan qum tagidan topilgan shaharlar va buyumlarning guvohligiga qaraganda, keyingi 1000 yil davomida shu davrdagi xalqaro savdo va madaniyat markazlariga aylangan ayrim Shaharlarni qum yutib ketgan. Mazkur voqea Taklamakon cho'li atrofidan, ayniqsa janubiy qismidan o'tgan savdo yo'li tobora Kunlun tog'lari etagi tomonga qarab siljiganligidan dalolat beradi.
Fa Syan hozirgi Xitoy Xalq Resublikasining Shan'si o'lkasining Linfen viloyatida tavallud topgan bo'lib, uning ism-sharifi Gung deb atalgan. Fa Syanning bolalik davri ichki urushlar avj olib ketgan bir vaqtga to'g'ri kelib qolgan, uchta akasi yoshligida shu urushlarda o'lib ketgan. Endigina 3 yoshga to'lgan Fa Syanni asrab qolish maqsadida, otasi uni budda ibodatxonasiga olib borib qo'yadi. Oradan bir oz vaqt o'tgach, uning otasi olamdan o' tadi. Fa Syan balog'atga etganda onasi uni uyga olib ketmoqchi bo'ladi, lekin u ibodatxonada qolishni ma'qul ko'radi. 399 yilda Fa Syan 65 yoshida buddaviylar orasida katta obro'ga ega bo'lganch og'ida o'zi bilan birga o'qigan do'stlari Xuey Jin, Dao Jen, Xuey Iin va Xuey Vey kabi 4 nafar rohiblar hamrohligida Hindistonga qarab safarga otlangan. Fa Syanning safari Chan'andan 399 - yilning bahorida boshlanadi. U Lanchjou viloyatining g'arbida shaharlashgan Ganguy davlatiga etib kelganda, Buyuk ipak yo'lidagi Chjang'e viloyatida urush boshlanib qoladi. Shu sababli u mazkur davlatda 3 oy to'xtab qolishga majbur bo'ladi. Shunda Fa Syan hamrohlari bilan Dun'xuanga Chinxay o'lkasida shaharlashgan Noutan davlati orqali aylanib keladi. Yo 'lda unga yana bir necha sayyoh rohiblar qo'shiladi.
Dun'xuandan g'arbga qarab hujumda xavfsizlikni ta'minlash maqsadida, mahalliy amaldorlardan birining maslahatiga ko 'ra, Fa Syan elchilarga qo'shilib olib, Yangguan chegara darvozasi orqali o 'z safarini davom ettiradi. 17 kun yo'l yurib, Pshamshan davlatiga yetib keladi. Fa Syanning ma'lumotiga ko'ra, bu vaqtda mazkur davlatda buddizm yuksak darajada rivojlangan bo'lib, u yerda 4 mingga yaqin rohiblar istiqomat qilar ekan. Shu bois Fa Syan Pshamshanda bir oy qolib ketadi. So'ng u Qumul, Turfon orqali buddizm rivojlangan ikkinchi bir davlat - Qorasharga borib, u yerdagi ibodatxonalarni ziyorat qiladi. Shundan keyin u qolgan yo'lni qisqartirish maqsadida Qorashardan Taklamakon cho'lini kesib o'tadigan yo'l bilan Xo'tanga boradi. Mazkur yo'l nihoyatda murakkab bo'lib, undan kam foydalanilgan. Ushbu yo' lni Fa Syan 35 kunda bosib o'tadi.Xo'tanda har yili 4-oyning 1-kuni o'tkaziladigan yangi yasalgan budda haykallari ko' rgazmasi bayramini ziyorat qilish maqsadida bir oz to'xtaydi. Shunda u Xo'tan ibodatxonalarini birma-bir ziyorat qilib chiqadi. Bayram o'tgandan keyin Fa Syan hamrohlari bilan Toshqo'rg'on orqali Pomir tog'lariga keladi. Bir oy davomida Pomirdagi aholi yashaydigan shaharlarni ziyorat qilib chiqadi. Shu sababli Fa Syannning yo'l xotirasida mazkur tog'larga oid ma'lumotlar nisbatan ko'proq uchraydi. Pomirning janubidagi tog'lardan o'tib, Fa Syan Hindistonning Shimoliga, so'ngra boshqa buddizm markazlariga boradi. 10 yilga Yaqin davr davomida buddizm asoslarinich uqur o'rganishga muyassar bo'ladi.
411 - yil kuzida u maqsadiga yetib, dengiz yo'li bilan hozirgi Shri-Lanka orqali vataniga qaytadi. Safar jarayonida Fa Syan barcha ko'rganlarini xotirlab, «Buddizm mamlakatlari xotirasi» («Fogo ji») asarini yozadi. Mazkur asarda Buyuk ipak yo' liga oid qiziqarli ma'lumotlar bor40.
Bu rohiblarning g'arbga safari xitoylarning Shimolida yashovchi Syanbi xalqi tomonidan tashkil etilgan Shimoliy Vey davlati (386-534) davrida sodir bo'lgan. Ular ana shu xonlik fukarolari sifatida diniy ziyoratni amalga oshirish bilan birga elchilik vazifasini ham bajarib kelishgan. ehtimol, shuning uchun ham ularning safari oson va nisbatan qiska muddatda kechgan.
Sung Yun va Xuey Sheng bir necha rohiblar hamrohligida 518 yilda 11- oyda Sinin shahrining janubi-g'arbiy tomonidagichilin (hozirgi Yueshan) tog'laridagi ibodatxonalarning biridan yo'lga otlangan. Shunda mazkur tog' Shimoliy Vey davlatining g'arbiy chegarasi hisoblanar edi. Ular Dun'xuan, Pshamshan, keyingi zamonlarda qum tagida qolib ketgan Uzang-tat (Utsing-tati), Xo'tan, Qarg'aliq, Toshqo'rg'on, Pomirdagi To'qay dovon (Tegay daban) va Vaxon viloyati kabi shaharlardan o'tib Hindistonga borishgan.
Xitoy sayyohlari Gandxara davlatidagi barcha ziyorat maskanlarini aylanib bo'lganlaridan so'ng, kelgan yo'llari bilan orqaga qaytib, 522 yilda Loyanga yetib kelishgan. Shundan keyin ularni ko'rganlarini yozib qoldirishgan. «Vey davlatig'arbidagi 15 ta davlat voqeasi» va «Xuyey Shengning sayohat xotirasi» kabi asarlar shular jumlasidandir. Manbalarga ko'ra, qaytishda mazkur sayyohlar har xil sovg'alardan tashqari o'zlari bilan birga 70 ta buddizmga oid diniy kitoblar olib kelganlar.
Bu rohib xalq orasida Tangsing (Tan davridagi rohib) deb ham ataladi. Rus adabiyotida Syuan' Szan shaklida yozib kelingan1. Xenan o'lkasining Yanshi viloyatida amaldor oilasida tug'ilgan. Uning bolalik davri Suy davlatining (581-618) tanazzulga uchragan, mamlakatda ichki kurashlar avj olgan davriga to'g'ri kelgan. U 10 yoshli paytida otasi vafot etib, oilasi qiyin ahvolda qoladi. 13 yoshga kirganda oiladagi qiyinchilikni yengillashtirish maqsadida ikkinchi akasi singari Loyan shaharidagi «Tzengtu» ibodatxonasiga ketadi. Bu erda Shyuan Zang buddizm, ayniqsa uning falsafiy asoslarini chuqur o'rganadi. 627 yilda u Chan'anga kelib yashaydi. Shyuan Zang bu yerda istiqomat qilayotgan hindistonlik buddaviy olim Po'mido'lo bilan tanishib qoladi. Uning ta'sirida Shyuan Zang Hindistonga borishga astoydil bel bog'laydi.
Shyuan -Zang Suye shaharidan Choch (Toshkentga, so'ngra Sirdaryodan o'tib Samarqand va Buxoroga kelgan. Buxorodan janub tomonga yurib, ikki tomoni baland qoyatosh oralig'idagi yo'ldan o'tgan. Ushbu shaharni sayyoh «Temenguan» «Temir darvoza» deb o'z xotirasida yozib ketgan. Mazkur shahardan o'tgach, Shyuan Zang hozirgi Afg'onistonning Shimoliy viloyatiga, so'ngra Hindiqush tog'lari orqali Hindiston hududiga kirib borgan. Borishda vatanidan Hindistongacha bo'lgan yo'lni Shyuan Zang qiynalmasdan bir yilda bosib o'tgan. Bunga sabab-uning davrida Xitoydan buddizm vataniga boradigan yo'lda yashovchi xalqlar budda diniga e'tiqod qilishgan.
Chan'andan Hindistonga ketayotganda Shyuan Zang maxfiy ravishda yo'lga chiqishga majbur bo'lgan bo'lsa, qaytib kelganida u katta hurmat va izzat bilan kutib olingan. Hatto unga horijga chiqish uchun ruxsat bermagan Tan hoqoni Li Shimin (627-650 yillari Tayzung nomi bilan taxtda o'tirgan) Shyuan Zangni Loyan shaharidagi saroyiga taklif etib, u bilan Markaziy Osiyoning mamlakatlari,xalqlari, iqtisodiy ahvoli va harbiy kuchlari haqida suhbatlashgan. So'ng bu haqda batafsil yozib berishni buyurgan, chunki, ayni paytda Tan sulolasi Turk hoqonligiga qarshi kurash olib borayotgan bir davrda bunday ma'lumotlar unga zarur edi. Vataniga qaytib kelgandan so'ng Shyuan Zang o'zining yo' l xotiralari asosida barcha ko'rgan-bilganlarini yozib qoldirgan. Ushbu asar “Buyuk Tan sayohatnomasi” (“Da Tang Shiyuji”) deb atalgan. Markaziy Osiyo tarixi uchun ushbu asar katta ahamiyatga ega.
By Kungning familiyasi Dungshi, ismi Fengchao bo'lib, u Qadimgi Xitoyning shimolida yashovchi va kelib chiqishi turkiylarga aloqador bo'lgan ko'chmanchi xalqlardan biri Syanbilarning «toba» urug'iga mansub edi. 750 yilda Tan imperiyasining qo'shinlari arab qo'shinlari bilan Talas daryosi bo' ylarida jang qilayotgan bir davrda Kashmirda shaharlashgan bir davlatdan elchilar keladi. Elchilar ketayotganda Tan hoqoni Shyuanzung (712-756) jang Taoguang boshchiligida 40 nafar kishini ularga qo 'shib yuboradi. By Kung ham ana shular qatoriga qo'shiladi.
Kashmirga borishda Xitoy elchilari Taklamakon cho'lining shimoliy tomonidan aylanib o'tib, Pomir orqali o'tadigan yo'ldan o'tishadi. Ular 753- yili Jyantolo shahriga yetib kelishadi. Qaytish arafasida By Kung og'ir xastalanib, sheriklaridan ajrab qolishga majbur bo'ladi. Kasali tuzalguncha u budda ibodatxonalarida yashaydi. Salomatligi bir oz yaxshilangandan so'ng, By Kung Kashmirdan yo'lga chiqib, Toxariston, Vaxron orqali kelishda yurgan yo'li bilan Kucharga kelib oladi. Ma'lum bir davr davomida u Kucharda yashab, Urumchi yonidagi Jimusa shahriga kelib, ancha vaqt shu yerda qolib ketadi. Chunki bu paytda ushbu shahar yirik buddaviy markazlardan biriga aylangan edi. Jimusadan Chan'anga Kung 789 yilda qaytib keladi.
48 yil davomida By Kung elchi yordamchisi sifatida Chan'andan chiqib ketib, buddizm rohibi bo'lib qaytib kelgan bo'lsa ham, u borgan shaharining siyosiy-iqtisodiy, madaniy va etnik vaziyatini chuqur o'rganib chiqadi. Qaytib kelgandan so'ng bu haqdagi xotiralarini Tan xonadoniga topshiradi. Evaziga u hoqondan katta mukofot bilan harbiy unvon oladi.
Shi Szi” (“Tarixiy esdaliklar”) xitoy tarixshunoslarining otasi hisoblanadigan Sima Syan'ning 130 bobdan iborat asaridir41. Sima Tsyan - (taxminan mil. avv. 145 yoki 135 - 86-yillar) Lunmin' (hozirgi Shen'si viloyati) shaharida saroy tarixchisi Sima Txan oilasida tug'ilgan, mamlakat bo'ylab ko'p sayohat qilgan, otasi vafot etgandan (mil. avv. 108 yili) keyin uning o'rniga saroy tarixchisi sifatida qabul qilingan. Mil. avv. 98 - yili imperatorga qarshi chiqib, sarkarda Li Linni himoya qilgani uchun qattiq jazoga tortilib (bichilgan) saroydan quvib yuborilgan. Lekin u ruhiy tushkinlikka tushib qolmadi va bo'lajak tarixiy kitobi ustidagi ishni davom ettirdi. Ko'p vaqt o'tmay Sima Tsyan' yana saroyga taklif etildi va imperator Bosh mahkamasi boshlig'i etib tayinlanadi, kitobini yozib tamomlashga sharoit yaratib berildi.
Uning “Shi szi” nomli asarida Xitoyning qadimiy zamonlardan to mil. avv. I asr boshlariga qadar o'tgan tarix bayon etilgan. Asarda O'zbekiston, uning 123 bobida xususan Farg'ona va uning qadimiy xalqi, hayoti haqidagi qimmatli ma'lumotlar mavjud42. “Shi Szi”ning to'la matni olti jild qilib 1959 - yili Pekinda e'lon etilgan, rus tiliga tarjima etilib (I. Ya. Bichurin, L. S. Vasil'yev, L. S. Perelomov, Yu. L. Krol va boshqalar) 1972, 1975, 1984, 1986 yillari chop etilgan. E. Shavann (1865-1905) tomonidan fransuz tiliga tarjima qilinib, 1895-1918- yillari 5 jildda bosmadan chiqqan43.
Syan Xan Shu” (“Avvalgi Xan sulolasining tarixi”) yirik tarixchi olim Byan Gu (39-92) asaridir. Tarixchi An'lin (Shensi viloyati) Shaharida G'arbiy Xan' sulolasi (mil. avv. 206 - milodning 220 y.) xizmatida turgan yirik mansabdor va tarixhunos oilasida tug'ilgan, 47-55 yillari Loyandan oliy ta'lim olgan, 58-82 yillari o'z asarini yozgan. “Syan Xan Shu” ning 95 bobida O'zbekiston (ayniqsa, qangli, yuechji va usunlar haqida) va Sharqiy Turkistonning qadimiy tarixi, xalqi va uning hayoti haqida ko'p muhim ma'lumotlarni uchratamiz. “Syan Xan Shu”1962 - yili Pekinda 12 jildda nashr qilingan. Inglizcha tarjimasi (G. Dubs, Baltimor, 1938-1944-yy.) ham bor1.
Xou Xan Shu” (“Keyingi Xan sulolasi tarixi”) tarixchi Fan Xua (398-445 yy.) asari. Olim avvalgi Xan sulolasi (25-220-yy.)ga xizmat qilgan. Kichik davlat lavozimida turgan va 424 yili viloyat hokimligiga ko'tarilgan. Davlatga qarshi isyonda qatnashganlikda ayblanib qatl etilgan. “Xou Xan Shu” Xitoyning avvalgi Xan' sulolasi davridagi tarixni o'z ichiga olgan katta asar (130 bobdan iborat. Unda O'zbekiston, Sharqiy Turkiston va Jung'oriyaning 25-221- yillar orasidagi tarixi haqida diqqatga sazovor ma'lumotlar bor.
Bey Shu” (“Shimoliy sulolalar tarixi”) 100 bobli asar bo'lib, Tan sulolasi (618 - 907 yy.) davrida istiqomat qilgan yirik tarixchi Li Yan Shou (taxm.595 - 678-yy.) qalamiga mansub. Unda Shimoliy Xitoyda hukmronlik Vey (386 - 535- yy.), Tsi (550 - 577-yy.), Chjou (557-581-yy.) sulolasi hukmronligi, ya'ni 386 - 581 yillar tarixi bayon etilgan. Asarda O'zbekiston, xususan, Xorazm hamda Sharqiy Turkiston haqida qimmatli ma'lumotlarni uchratamiz. “Bey Shu”ning matni 1958 yili Shanxayda chop etilgan.
Suy shu” (“Suy xonadonining tarixi”) Xitoy tarixchilari jamoasi tarafidan yozilgan asar. Uni yozishda Veych Jen (580 - 643 yy.) - Tan sulolasi davrida o'tgan tarixchi, imperator Chjen-Guan (626 - 650) davrida uning o'g'li va toju taxt vorisiga tarbiyachi bo'lgan, Yan' Shi-Gu hamda Kxun Inda bilan birgalikda ishtirok etib, asarda Xitoyning Suy sulolasi davrida, V - VI asrlardagi ijtimoiy- siyosiy tarixi 85 bobda bayon etilgan. Kitobning 55 bobi 637 - yili yozib tamomlangan. Qolgan 30 bobiga esa 20 yil vaqt ketgan.
Asarda imperatorning iqtisodiy siyosati, qo'shinning tuzilishi, mamlakatning ahvoli, xalqning urf-odatlari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Uning 83-bobida O'zbekiston va Sharqiy Turkiston haqida ham diqqatga sazovor ma'lumotlarni uchratamiz. Ko'p jildli “Sulolalar tarixi” tarkibida 9 jild sifatida 1958 - yili Shanxayda bosilgan.
Szyu Tan Shu” (“Tan sulolasining eski tarixi”) imperator Jen-Szun (1023- 1063-yy.) ning topshirig'i bilan 940 - 945 yillari yozilgan.
Ouyan Syu (1007 - 1072-yy.) va Sun' Si (998 - 1061 yy.) 960 - 1279 yillari hukmronlik qilgan Sun (Janubiy va Shimoliy Xitoy) sulolasi tarixchilari 1043 - 1060 - yillari shu sulolaning yangi tarixi “Sin Tan Shu” (“Tan sulolasining yangi tarixi”) yozganlar. Har ikkala asar ham o'ziga xos afzalliklariga ega bo'lib, ma'lum darajada bir-birini to'ldiradi.
XVIII asrda tarixchi Shen Bin-Chjen har ikkala tarixni bir-biriga bog'lab, unga “Sin szyu Tan Shu xechao” (“Tan sulolasining bir-biri bilan qo'shilgan yangi hamda eski tarixi”) deb nom qo'ydi. Asarda 618 - 907- yillar voqealari bayon etilgan. “Sin Tan Shu”da O'zbekistonning janubi, Afg'oniston, Eron hamda Sharqiy Turkiston haqida ma'lumotlar uchraydi. 1958 - yili ko'p jildli “Sulolalar tarixi”ning 12 jildi sifatida Shanxayda chop etilgan.
Saklar, massagetlar, toharlar va qadimgi Qanha xalqi, ularning ijtimoiy- iqtisodiy hayoti haqidagi qimmatli ma'lumotlarni hindlarning epik dostoni “Mahabharata”da ham uch ratamiz. “Mahabharata” (“Bharata avlodlari jangnomasi”) sanskrit tilida yozilgan bo'lib, 100 ming baytni o'z ichiga olgan 18 kitobdan iborat. Afsonaviy shoh Bharataning ikki toifa avlodlari kavravlar va nandavlarning o'zaro adovatlari va urushlari bayon etiladi. U mil. avv. X - VIII asrlarda yaratilgan.
Asarda masalan, uzoq Hindistonga, fikrimizcha savdo-sotiq ishlari bilan borgan saklar, toharlar va qanhalar haqida mana bu muhim ma'lumot keltirilgan: “Uning (podshoh Yudhishtraning) eshigi oldida boshqa xalqlar bilan birga saklar, toharlar va qanhaliklar ham navbat kutib turardilar. Pahmoq soqol, peshonalari shohlar bilan bezatilgan, qo'llarida turli-tuman sovg'alar, jun, rangu, ipak va patta (oq qayinning bir turi) daraxti tolasidan, shuningdek, kamyob matolardan, paxtadan to'qilgan gazlamalar, mayin, nafis terilar, uzun va o'tkir qilichlar, shamshirlar, temir nayzalar, har xil boltalar, ichimliklar, xushbo'y narsalar, turli- tuman qimmatbaho toshlar”1.II BOB. MARKAZIY OSIYO TARIXIGA BAG'ISHLANGAN ILK O'RTA ASR MANBALARINING XUSUSIYATLARI

  1. So'g'd tilidagi manbalar

So'g'd tilidagi manbalar asosan IV-X asrlarga oid bo'lib, turli mazmundagi huquqiy hujjatlar - ahdnomalar, nikoh haqidagi shartnomalar, oldi-sotti hujjatlari, tilxatlar, So'g'd, Shosh, Turk va Farg'ona hukmdorlari o'rtasidagi yozishmalar, xo'jalikning kundalik faoliyatiga oid hujjatlar, masalan, harajatlar yozilgan hujjat hamda farmonlardan iborat.
Bu davrda So'g'd, Xorazm va Tohariston aholisining alohida-alohida yozuvlari bor edi. So'g'd va Xorazm yozuvining asosi oromiy yozuvi bo'lib, ular Tohariston yozuviga zamin yaratganlar. Bizgacha saqlanib qolgan So'g'd yozuvlari orasida Panjikent yaqinidagi Mug' qal'asidan, Sharqiy Turkistondagi Turfan shahri yaqinida topib o'rganilgan hujjatlar hamda Samarqandning qadimiy harobasi Afrosiyobda qayd etilgan devoriy yozuvlar ayniqsa betakror.
Bu hujjatlar So'g'diyonaning o'zidan, Mug' qal'adan, Samarqandda Afrosiyobdan, Qirg'iziston va Sharqiy Turkistonda topilgan. Zarafshon vodiysi va Qashqadaryo vohasining qadimgi aholisi so'g'dlar deb atalgan. Bu mintaqada so'g'dlar etnik uyushma sifatida mil. avv. XII-XI asrlarda paydo bo'lgan. Avesto kitobida Gava nomli Diyorda so'g'dlar yashaydi deb ko'rsatilgan (“Videvdat”, I fragard). Ahomaniylar qoyatosh bitiklaridagi Suguda nomli qaram satraplik aholisi so'g'dlar bo'lgan.
So'g'dlar har 2 vohada dehqonchilik va shahar madaniyatining shakllanishida muhim rol' o'ynagan. Mil. avv. VIII - VII asrlarda Ko'ktepa, Afrosiyob, Uzunqir, Sangirtepa, Yerqo'rg'on shahri xarobalari o'rnida bo'lgan qadimiy shaharlar So'g'd xalqi shaharsozligining ilk yirik markazlari edi.
So'g'dlar uzoq muddat turli saltanatlar tarkibida bo'lib kelganlar. Jumladan, ahomoniylar, yunon, kushonlar, xioniylar, eftaliylar, kidariylar, Turk hoqonligi davrida ham nisbiy mustaqillik ruhini saqlaganlar.
Mil. avv. II - I asrlardan boshlab so'g'dlar o'z hududlarida yangi konfederativ davlat tizimi atrofida birlashdilar. Asosiy poytaxt shaharlar Samarqand boshchiligida Kesh, Buxoro, Naxshab (Nasaf) kabilar edi. Ayni shu davrdan umum - so'g'd alifboli yozuvi amal qila boshlagan va uning ko'plab yodgorliklari bizgacha yetib kelgan.
So'g'dlar Buyuk ipak yo'li xalqaro munosabatlarda katta nufuzga ega edilar. So'g'd tili xalqaro til darajasiga ko'tarilgan. So'g'd yozuvi esa, qadimiy turkiy - runiy, uyg'ur - turkiy, mo'g'ul, manjur va boshqa sharq yozuvlariga grafik asos bo'lib xizmat qilgan. So'g'dlar o'z yozma yodgorliklarida xalq sifatida «So'g'd xalqi» deb atalgan.
So'g'dlar Sharqiy Turkistonga savdo bilan kelib, Buyuk ipak yo'lidagi shahar va qishloqlarda, IV - V asrlar davomida shu yerlarda qolib istiqomat qilganlar. Bu yerdagi viloyatlarning ko'pchiligida savdo-sotiq ishlari so'g'dlarning qo'lida bo'lgan. Dun'xuan va Guanchjou viloyatlarining hokimi ma'lum vaqtlargacha so'g'dlardan bo'lgan. VI - VIII asrlar davomida bularning ham ko'pchiligi turkiylashib ketgan.
So'g'd tili Eroniy tillarning shimoliy - sharqiy guruhiga mansub o'lik til. Zarafshon daryosi vodiysi (hozirgi O'zbekiston va Tojikiston hududi)da shaharlashgan So'g'd (So'g'diyona) davlatining rasmiy tili hisoblangan. “So'g'd” toponimi qadimgi yozma manbalardan “Avesto”da uchraydi. Xitoy manbalarining guvohlik berishicha, VII - IX asrlar (So'g'd tilining asosiy yozma yodgorliklari yaratilgan davr)da so'g'd tili asosiy yozma va og'zaki aloqa tili hisoblangan. Keyinchalik, arablar bosqinidan so'ng, so'g'd tili arab, klassik fors (tojik) tillari hamda turkiy tillar tomonidan siqib chiqarilgan. So'g'd tilining uzil - kesil yo'qolishi XII - XIII asrlarga to'g'ri keladi. Bu tilning ba'zi (asosan lug'aviy) unsurlari hozirgi o'zbek va tojik tillariga singib ketgan.
So'g'd tili bir necha sheva va lahjalarga bo'lingan. So'g'diyona hamda uning G'arbiy Xitoydagi mustamlakalarida topilgan yodgorliklar tili so'g'diy shevalarning g'arbiy guruhini aks ettiradi. Sharqiy so'g'd tarmog'i esa rivojlanib, hozirgi Yag'nob tiliga asos bo'lgan.
So'g'd yozuvi qadimgi oromiy yozuvi asosida milodiy I asr boshlarida shakllangan. Turli davrlarda o'zgarib borganligi tufayli bir necha ko'rinishga ega.
Eng qadimgi yodgorliklari II - IV asrlarga mansub. Ular Sharqiy Turkiston, Tojikiston (Mug' qal'a xarobasi), Afrosiyob, Toshkent, Quva va boshqa shaharlarda topilgan. Afrosiyobdan topilgan 16 satrli hujjat matni VII asr o'rtalaridagi Markaziy Osiyo xalqlari hayoti haqida qiziqarli ma'lumot beradi.
So'g'd yozuvi milodning I - IX - asrlarida mavjud bo'lgan, oromiy yozuvi asosida shakllangan harf - tovush yozuvi; u bir manba - oromiy yozuvidan tarqalganligiga ko'ra suryoniy yozuviga yaqin turadi, lekin ular parallel holda mustaqil shakllanib, rivojlanganlar. Zarafshon daryosining vodiy va yuqori oqim qismlarida shaharlashgan So'g'd (So'g'diyona) viloyatida qo'llangan.
So'g'd yozuvi somiy alifbolar singari konsonant yozuv bo'lgan, ya'ni xarflar asosan undosh tovushlarni ifoda qilgan; unli tovushlar maxsus belgilarga ega bo'lmagan. Dastlab unda 22-23 harf mavjud bo'lib, ularning deyarli barchasi qadimiy oromiy prototipiga borib taqalgan va shaharlashishi ham oromiy alifbosidagi singari bo'lgan. Keyinchalik, IV asr boshlarida ba'zi harflarning alifbodan chiqib ketishi, ba'zi harflarning shaklan bir-biriga yaqinlashuvi, o'xshab qolishi natijasida harflar soni 17 tadan iborat bo'lib qolgan. So'g'd yozuvi dastlabki paytlarda grafik shakllari bo'yicha oromiy yozuvidan unchalik farq qilmagan, ligaturalar ko'p bo'lmagan. VII asr o'rtalarida esa so'g'd yozuvining qiya (kursiv) shakli paydo bo'lishi bilan ligaturalar ko'paygan, ko'plab harflarning yozilishi bir-biriga o'xshab qolgan. Bu holat qiya yozuvni qiyinlashtirgan va qo'shimcha diakritik belgilar qo'llanishini taqozo etgan.
So'g'd yozuvi asosan gorizontal holatda o'ngdan chapga qarab yozilgan. Ammo so'g'dlar VI asr oxiridan boshlab vertikal yo'nalishda ham (devorlar va qoyalarda) yozganlar, vertikal satrlar chapdan o'ngga tomon shakllanib borgan.
So'g'd yozuvining milodiy I asrga oid eng qadimiy namunasi Samarqand yaqinidagi Talli Barzu degan joydan topilgan, eng so'nggi namunalari esa VIII asr oxiri - IX asr boshlariga mansub. Yodgorliklarning ko'pi XX asrda Sharqiy Turkistondan topilgan. Shulardan biri 808-821 yillarda hukmronlik qilgan hoqon sharafiga bitilgan, uch tildagi (so'g'd, qadimgi turk va xitoy) qabr toshi yozuvidir. So'g'd yozuvi namunalarining aksariyati IV - VIII asrlarga tegishli bo'lib, ulardan Mug' qal'a xarobasidan topilgan hujjatlar (1933) muhim ilmiy ahamiyatga ega. Ushbu hujjatlar va so'g'd yozuvining ba'zi boshqa yodgorliklarida so'g'd adabiy tili me'yorlari, uning adabiy-badiiy uslubi yaqqol seziladi. So'g'd yozuvi, o'z navbatida, qadimiy turkiy runik yozuvi hamda uyg'ur yozuvini Shakllantirish uchun asos bo'lgan.
So'g'd yozuvini va so'g'd tilini o'rganishga sankt - peterburglik olim V. A. Lifshits katta hissa qo'shgan. Hozirgi kunda O'zbekistonda ham o'ziga xos so'g'dshunoslik maktabi vujudga kelgan: prof. M. Ishoqov va uning shogirdlari so'g'd yozuvi, so'g'd tili va adabiyotining turli jihatlarini, xususiyatlarini o'rganib kelmoqdalar. So'g'd yozuvi yodgorliklarining asosiy qismi Sank - Peterburg, London, Parij, Berlinda saqlanmoqda.
So'g'd tilida yaratilib, bizgacha saqlangan yozma manbalar. Manbalarning asosiy qismi IV - X asrlarga taalluqli bo'lib, budda, moniylikka tegishli matnlar, kundalik turmushga oid hujjatlar, turli yozishmalar, farmon va yorliqlar, so'g'd astronomik kalendari, Markaziy Osiyo xalqlari eposlarini tashkil etadi. Turli alifboda bitilgan bu yodgorliklar oromiy yozuvlarida yozilgan bo'lib, Sin'szyan hududidan, shuningdek, Mug' tog'idan topilgan. Afrosiyob devoriy rasmdagi elchi tasvirida 16 satrdan iborat ishonch yorlig'i yozilgan. So'g'd yodgorliklaridan yaxlit bir adabiy-badiiy asar saqlanmagan bo'lsa-da, rango - rang syujetlardan tuzilgan qochirim so'zlar, hikmatli iboralarga to'la maktub va yorliqlar so'g'dlarda boy adabiyot bo'lganini ko'rsatadi.
So'g'd yodgorliklari orasida Rustam haqidagi eposdan parchalar (V - VII asrlar) katta adabiy qimmatga ega bo'lib, bularda Rustamning devlar bilan qilgan jangi tasvirlangan. Rustam obrazi avval xalq og'zaki ijodida, keyinchalik yozma adabiyotda yaratildi.
Moniylikka taalluqli so'g'd matnlari orasida “Kalila va Dimna”dagi “Savdogar va marvarid teshuvchi”, “Uch baliq haqida”, “Tulki va maymun” masallariga mazmunan yaqin bo'lgan hikoya va masallar uchraydi. “Xalqlar ro'yxati” nomli so'g'd hujjati VIII asrga oid. Bunda o'sha vaqtda Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan 21 xalq va elatning nomi berilgan44.
So'g'd yozuvi mil. avv. III - II asrlarda shakllangan. Bu yozuv Movarounnahr madaniyati tarixida muhim rol o'ynadi. So'g'd yozuvi ijtimoiy va madaniy hayotda keng qo'llanilgan. Bu yozuv orqali bizgacha milodiy I - IX asrlariga mansub ko'plab noyob yodgorliklar yetib kelgan. Ular orasida numizmatik materiallar, metall, sopol, yog'och, charm, qog'oz va boshqa buyumlarga bitilgan matnlar, shaxsiy maktublar, diniy va falsafiy matnlarning parchlari, xo'jalik, huquqiy va diplomatik hujjatlar bor. E'tiborga loyiq so'g'd hujjatlaridan biri Afrosiyobda topilgan devoriy rasm ostidagi yozuv matnining parchasidir, mazkur matnning mazmuni quyidagicha: “Podsho Avaxruman (elchiga; yaqinlashganda u so'zladi: “Men Chag'oniyon dabirpati (bosh munshiysi) Bunarzola bo'laman. Men Chag'oniyon hukmdori Turontoga nomidan bu yerga, Samarqandga keldim va shu onda senga o'z hurmatimni izhor etib turmoqdaman. Sen men haqimda hech qanday shubhali fikrlarga bormagin. Men Samarqand xudolari, shuningdek Samarqand yozuvi xususida yetarli ma'lumotga egaman va (Samarqand) podshosiga hech qanday xusumatim yo'qdir”. Podsho Avaxruman unga ruxsat berdi. Shundan so'ng Choch dabirpati so'zlay boshladi” (shu erda matn tugaydi). Mazkur parchdan shunday xulosa chiqarish mumkinki, arab istilosi arafasida Markaziy Osiyo alohida - alohida mayda davlatlardan iborat bo'lib, ular o'zaro diplomatik aloqalar o'rnatgan edi.
So'g'd yozma yodgorliklari namunalari nafaqat Markaziy Osiyo, balki Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Mo'g'uliston, Janubiy Sibir, Xitoy va Hindistondan ham topilgan. Bu xol so'g'd yozuvi keng tarqalganligidan, shuningdek sanab o'tilgan mamlakatlarda ko'p sonli so'g'd diasporasi mavjudligidan dalolat beradi.
So'g'd yozma yodgorliklarining katta guruhi Panjikent shahri yaqinidagi Mug' tog'ida shaharlashgan qadimgi qasr xarobasidan topilgan. Mug' tog'idan topilgan so'g'd arxivi deb ataluvchi bu majmua VII asr oxiri va VIII asr boshlariga oid 80 ga yaqin noyob hujjatni o'z ichiga oladi. Bu hujjatlar so'g'd podsholigiga tobe bo'lgan Panj hokimligi saroyiga tegishli edi. Panjikent hokimi Divashtich 722 - yilda arab istilochilari bilan jangdan so'ng Mug' tog'idagi qasrga chekingan va saroy hujjatlarii shu yerga keltirgan. Arablar mazkur qasrni qamal bilan olgach, uni vayron qilganlar. Hujjatlar qasr xarobalari ichida qolib ketgan. Ular 1932 -1933 yillarda topilgan. Hujjatlar jami 79 dona bo'lib, 74 tasi so'g'd, 1 donasi arab, 3 donasi Xitoy va 1 tasi turk tilidadir. Ular har xil materialga: charmga, taxtaga va qog'ozga yozilgan. Mazkur hujjatlar so'g'dning VIII asrning birinchi choragidagi iqtisodiy - siyosiy va madaniy hayotini o'rganishda muhim manba bo'lib xizmat qiladi.
Mug' tog'idan topilgan hujjatlar A. A. Freyman, A. V. Vasilyev, I. Yu. Krachkovskiy, M. N. Bogolyugobov, V. A. Livshits hamda O. I. Smirnovlar tarafidan chuqur o'rganilgan. O'zbek olimlaridan so'g'd hujjatlarini o'rganish va ularni targ'ib qilishda tarix fanlari doktori, professor M. Ishoqovning xizmatlari kattadir.
Mug' tog'idan topilgan hujjatlarni klassifikatsiya qilish, ya'ni guruhlarga bo'lish chog'ida ularning quyidagi guruhlarini ko'rsatib o'tish mumkin: yuridik hujjatlar, xo'jalik hujjatlari, diplomatik yozishmalar va hokazo. Yuridik hujjatlar orasida naus uchun yer harid qilish to'g'risidagi hujjat, Divashtichga tegishli bo'lgan 3 ta suv tegirmonini ijaraga berish to'g'risidagi hujjat hamda so'g'd ayoli Dug'dg'uncha bilan turk yigiti Uttakin o'rtasidagi nikoh shartnomasi diqqatga sazovordir. Xo'jalik hujjatlari ichida turli hisobotlar, ko'rsatmalar, tilxatlarni ko'rsatib o'tish mumkin. Diplomatik yozishmalar namunasi sifatida elchi Fatufarning hukmdor Divashtich ga yuborgan maktubi hamda arab amirlaridan biri Abdurahmon ibn Subhning Divashtichga yuborgan xatini eslatib o'tish kerak. So'g'd tilidagi manbalarning ko'pchiligi rasmiy hujjatlar bo'lgani bois ma'lumotlarning o'ta aniqligi va ishonarliligi bilan ajralib turadi. Ulardan keng ravishda foydalanish ilk o'rta asrlar tarixini o'rganishda g'oyat muhimdir.
Mug' qal'asi hujjatlarining topilishi tarixi va ular haqidagi dastlabki ma'lumotlar 1934 yili maxsus to'plam shaklida (“Согдский сборник”, Ленинград, 1934) e'lon qilindi. Ayrim hujjatlarning tarjimasi I. Yu. Krashkovskiy va A. A. Freyman tomonidan XX asrning 30-yillari e'lon qilindi. Huquqiy hujjatlar va maktublar tarjimasi, zarur izoh va tadqiqotlar bilan (“Согдские документы с гори Муг. Чтение, перевод, комментарий. Выпуск II.” 1962.) V. A. Lifshits tarafidan chop qilindi.
1961 va 1965 yillari O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti xodimlari ilmiy safar chog'ida Samarqandning Afrosiyobida V - VI asrlarga oid saroy xarobalarini ochdilar. Saroy mehmonhonasining devorlari turli mazmundagi rasmlar bilan bezatilgan bo'lib, ular orasida oq kiyim kiygan Chag'oniyon elchisining surati ham bor. Uning etagiga so'g'd tilida o'n olti satrdan iborat ishonch yorlig'i yozib qo'yilgan edi. Bu yozuvlar VII asr o'rtalaridagi xalqaro munosabatlar tarixini o'rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Samarqandda topilgan yozuvlar IX asrga oid uch tilda so'g'd, qadimgi turk va xitoy tilida yozilgan turk hoqonining qabr toshidagi bitikdir.
Bunday hujjatlar so'g'diylarning Qozog'iston, Qirg'iziston hamda Sharqiy Turkistondagi savdo koloniyadaridan ham topilgan. Bular orasida ayniqsa A. Steyn (1862-1943) tarafidan 1907 - yili Dun'xuan (Xitoyning Gan'su viloyatida) va Turfonda (Sharqiy Turkiston) topilgan hujjatlar, Talas daryosining o'ng sohilida, hozirgi Talas shaharidan 7 km shimolda shaharlashgan Qulonsoy hamda Teraksoy daralarija qoya toshlarga o'yib bitilgan yozuvdar alohida e'tiborga molik. Bu yozuvlar IV - XI asrlarda So'g'd koloniyalarining ijtimoiy ahvoli haqida, ayniqsa Markaziy Osiyo va Uzoq Sharq mamlakatlari o'rtasidagi savdo aloqalari va bunda so'g'diylarning roli haqida qimmatli ma'lumot beradi.
Dun'xuan va Xo'tan hujjatlari A. Steyn, Talasdan topilgan yozuvlar esa V. A. Kallaur, M. E. Masson, D. F. Vinnik, A. A. Asanaliyev, K. A. Shiraliyev, U. Jumag'ulovlar tarafidan o'rganilgan.
Mamlakatimiz tarixi, xususan unda istiqomat qilgan qadimiy xalqlar tarixini o'rganishda, so'g'd tilida yozilgan “Xalqlar ro'yxati” deb atalgan bir hujjat (VIII asr) o'ta muhimdir. Unda Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan 21 xalq va elatning nomi keltirilgan.
So'g'd davlat boshqaruv tartibi, elchilik aloqalari, xalqaro savdosi va murakkab xo'jalik taraqqiyoti aholini savodxonligini talab etgan. Shuning uchun u yerda savodxonlikka intilish kuchli bo'lgan. Xitoy manbalarining guvohlik berishicha, So'g'dda 5 yoshga to'lgach, o'g'il bola yozuv va hisobga o'rgatilar, so'ngra ular 20 yoshga kirganlarida savdo ishlarini o'rganish uchun o'zga mamlakatlarga jo'natilar edi.
Mug' tog'idan 1932-1933 yillarda topilgan so'g'd hujjatlaridan biri - A-14 raqamli maktub VIII asr boshlarida arab istilosi munosabati bilan o'lkamizda ro'y bergan voqea - hodisalarning yorqin guvohidir45. Bu hujjat oqish kulrang, yupqa, lekin, ipak tolalari aralash “xitoy” qog'oziga bitilgan. Matn tuzish usulida qadimiy an'analarga muvofiq munshaot talablariga rioya qilingan46. Ya'ni, maktub munshaot janriga xos kirish qismidan boshlangan: “Janobi hukmdorga, buyuk tayanch, So'g'd podshosi, Samarqand hukmdori Devashtichga, uning eng e'tiborsiz quli Fatufarndan”47.
Maktub arab istilosi tufayli yuzaga kelgan murakkab vaziyatda, 717 - 718 yillarda Toshkentdan bu yerga elchi qilib yuborilgan Fatufarn tomonidan Panchi (Panjikent) hokimi Devashtichga yo'llangan. Masala shundaki, o'sha vaqtda, Panchi Movarounnahrda arablar qo'liga o'tmagan so'nggi hudud bo'lib turgan edi. Buning sababi Devashtichning bir tomondan harakati, uning arablar bilan oraliq taktik diplomatiyasi48.
Mazkur 717 - 718/719 yillarda Markaziy Osiyo xalqlari uchun jiddiy qiyinchiliklar yuzaga kelgan. So'g'dning deyarli barcha hududlari arablar tasarrufida edi. Farg'ona vodiysi 715-yilda bo'ysundirilgandi. Zero, arablar bunga qadar Qashqargacha borib ulgurgan edilar. Lekin, Qutayba bin Muslimning o'ldirilishi (715 y.) Fargonada ozodlik harakatiga umid bog'lash kayfiyatini paydo qilgan ko'rinadi. Buning ustiga Chochda ham nisbiy mustaqillik uchun asos bordek sezilgan, Binobarin, turk hoqonligining umumiy hukmronligi amaldagi siyosiy hokimiyat sifatida So'g'dda, Chochda, Farg'onada birdek tan olinar edi. Shunga qaramay, So'g'dning konfederativ ichki siyosiy tizimi, Chochda hoqonlikning noibi Baxodur (Moxedu) tudun nazorati ostidagi mahalliy Choch hokimining boshqaruvi, A-14 hujjatiga binoan, Farg'onada ixshid - mahalliy podshodik tuzumi kabilar amal qilmoqda edi.
Devashtich o'z elchisi Fatufarnni Chochga, undan Farg'onaga yo'llagani, arablarga qarshi harbiy koalitsiya tuzishga tashabbuskorlik qilgani shu tarixiy vaziyatning natijasi edi, deb baholansa xato bo'lmaydi. Binobarin, arablar ayni shu yillardan boshlab, Markaziy Osiyodagi qo'ldan chiqish xavfi bo'lgan hududlarda o'z mavqeini tiklab olish uchun keskin choralar ko'rishga majbur bo'lganlar. Buning ustiga A-14 hujjatidan ma'lum bo'ladiki, Devashtich turk hoqonining vaziyatga faol munosabat ifodalashidan ham umiddvor bo'lgan. Maktubda Fatufarn turk hoqoni Chochdan yiroqda ekani, u bilan uchrashishning iloji bo'lmagani haqida yozadi. Lekin bu so'z turk hoqoni vaziyatga befarq qaradi degani emas. Tarixi Tabariyda VIII asr birinchi choragi harbiy harakatlari munosabati bilan arab istilochilari qarshisida asosiy harbiy kuch turk hoqonligi qo'shinlari bo'lgani yilma-yil, voqeadan-voqeaga izchil bayon etilgan. Bu xol turk hoqonligi unga tobe o'lkalar uchun jiddiy kurash olib borganidan dalolat beradi.

Shunday qidib, VI - VIII asrlarda Markaziy Osiyoda Turk hoqonligi va unga tobe o'lkalarda turkiy va forsiyzabon xalqlarning davlat boshqaruv tizimlari amal qilgan. Jumladan, 715 - yil voqealaridan keyin So'g'd, Fargona va Chochda arab istilosiga qarshi kurash jonlanib, mustaqillikni saqlab qolishga umid paydo bo'lgan. Ammo, bu davr Turk hoqonligining ichki siyosiy vaziyatida ham beqarorlik boshlangan edi. Bu jarayon 732 - 734 yillarga oid Qultegin va Bilgahoqon bitiklarida “turk buduni”ni birlikka chaqirish ohanglarida o'z aksini topgan edi. Qolaversa, 719 - 722 yillar davomida So'g'dda va Ustrushonada ro'y bergan qo'zg'olon (Devashtich va Korzanj) uning arablar tomonidan shafqatsiz bostirilishi arab istilosida tub burilish yasadi. 722 yilgacha arablarga taslim bo'lmay kelgan Panchi ham qo'ldan ketgan. Devashtich qatl etilgan. Aftidan shu voqealardan keyin arab istilosiga Turk hoqonligining harbiy qarshiligi ham sustlashgan. 738 yilda So'g'd podshosi Gurak vafot etgan. Uning vorisi Turgar arablar nazorati ostida, ularga tobe xolda ish yuritgan va So'g'dning ilk o'rta asrlardagi so'nggi ixshidi bo'lgan.
Ko'zda tutilayotgan davrda So'g'ddagi ijtimoiy hayotni turkiy etnos ishtirokisiz tasavvur etish qiyin. Hujjatlar dalolat berishicha So'g'd markazida va viloyatlari boshqaruv tizimida turklarning mavqei baland bo'lgan. Masalan, Panchi viloyatining 700 yilga qadar hukmdorlaridan biri Chakin Jo'r Biyaga edi. Hujjatlardan birida Litpir deb o'qilgan so'z bugun turkiy eltebar - mansab nomi, deb izohlanmoqda.
Tarixdan ma'lumki, faqat bir xalqqa tegishli sof madaniyat bo'lmaydi. Har bir milliy madaniyatning asosiy qismini shu millat vakillari yaratgan bo'lsa-da, unda mazkur xalqning boshqa xalqlar bilan uzoq tarixiy davrlarda kechgan munosabatlari ta'siri bo'ladi. Bu jarayon qaysi davrda va tarixning qaysi bo'lagida o'tganligidan qat'i nazar keyinchalik unda ishtirok etgan barcha etnik guruhlarning madaniy me'rosiga aylanadi. Chunki har bir yangi avlod o'tmish madaniyati negizida o'zi qabul qilib olgan me'rosni boyitadi va rivojlantiradi. Madaniy merosning qadri abadul abad tushmaydigan qismiga milliy qadriyatlar deyiladi1. Hozirgi o'zbek, tojik, uyg'ur kabi xalqlar qadimiy turkiylar va so'g'diylar yaratgan madaniy merosning hamda milliy qadriyatlarning bevosita vorislari hisoblanadilar.
Bu ikki xalqlar yaratgan madaniyatning tarix ildizlari mil. avv. I ming yillik birinchi yarmiga borib taqaladi. Markaziy Osiyo mintaqasida ro'y bergan asosiy ikki omil bu etnoslar simbioziga, ya'ni hamyurt bo'lib yashashiga sabab bo'ldi. Birinchisi, So'g'd o'lkasida kechgan tarixiy jarayonlar, ya'ni mil. avv V - IV asrlardagi Ahamoniylar bosqini va mil. avv. IV asrda yunon - makedon qo'shinlarining O'rta Osiyoga hujumi ko'plab so'g'diylarni Sharqq

ako'chishlariga turtki bo'lgan. Ikkinchisi, ko'chishlardan so'ng yo'lga qo'yilgan iqtisodiy va savdo - tijorat aloqalari, ya'ni Buyuk Ipak yo'lining qaror topishi hisoblanadi.
Dastlab, so'g'diylar turkiylar yashaydigan hududlarga kirib bordilar. So'g'diylar va turkiy qabilalar hayotida yangi davr boshlandi. Chunki azaldan So'g'd o'lkasining shimoli va shhimoli sharqida ko'chmanchi va yarim ko'chmanchi turkiy qabilalar yashab kelar, so'g'diylar ular bilan qadimdan yaqin va yaxshi munosabatga ega bo'lganlar. Hatto, shaklar (saklar) va massagetlar tarixan shu yurt vakillari bo'lgani bois ular, hatto, so'g'diy etnosining qaror topishida ishtirok etganlar. Azaliy siyosiy, iqtisodiy va madaniy yaqinlik so'g'diylarni ko'proq janubga emas, balki shimol va shimoliy sharqqa intilishiga asos bo'lgan. Bu jarayon mil. avv. IV asrdan49 boshlangan deb, taxmin qilinadi. Munosabatlar yaqinligi nafaqat madaniy, siyosiy, balki iqtisodiy manfaatlar uchun ham muhim edi. So'g'diylar janubdan qilinadigan hurujlarga qarshi kurashda asosan shimol va shimoliy - sharqdagi qardoshlari - turkiy qabilalar yordamiga suyanganlar.
Asrlar davomida (mil. avv. II - I asrlardan va mil. I - II asrlargacha) Sirdaryoning o' rta oqimida, Zarafshon vohasida dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug'ullanib kelgan o'troq (so'g'diylar), o'troqlashgan ko'chmanchilar (saklar) va shu hududlarga kelib o'rnashgan ko'chmanchi chorvador turkiy etnoslarning madaniyatlari sintezi ro'y berdi. Natijada o'ziga xos sinkretik - madaniyat hosil bo'ldi 50. Bu madaniyat shu kunga qadar o'zbek va tojik xalqlari madaniyati misolida o'z aksini topgan.

  1. Turkiy tildagi manbalar va ularning xususiyatlari

VI asr boshlarida inqirozga uchrayotgan eftaliylar davlati bilan bir vaqtning o'zida Oltoyning Janubiy viloyatlarida turkiy qabilalarda siyosiy munosabatlar faollashadi. Bu davrda Sharqiy Turkiston, Farg'ona, So'g'diyona, Xorazm, Baqtriya, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Eron hududlarida eftaliylar, Mo'g'uliston va qisman Shimoliy Xitoy ustidan Jo'jan xonligi hukmronlik qilib kelardi. Bundan tashqari hozirgi Xitoy Shimoliyda Vey (Yuan-Vey) sulolasi (386-558) hukmronlik qilardi. Uning kelib chiqishi turkiy negiz bilan bog'liq bo'lib, VI asr boshlarida Kaspiy dengizidan Uzoq Sharqqacha bo'lgan hudud ko'plab turkiy tilli sulolalar nomi bilan bog'liq bo'lgan.
Oltoy janubida hal qiluvchi o'rin egallagan Ashina qabilasi sardori Bumin 551 - yilda tarixdagi yana bir ulkan saltanat - Turk hoqonligiga asos soladi. Dastlab u Jo'jan xonligi bilan aloqani uzib, Vey xonadoni bilan quda andalik munosabatlarini o'rnatadi. 553 - yilda Bumin vafot etgach, o'rniga bir necha oy Qora Issiqxon, undan so'ng Mug'anxon (553 - 572) taxtga chiqadi. Uning davrida turklar yoki ashinaliylar sulolasi “Koreya qo'ltig'idan G'arbiy dengizgacha bo'lgan erlarni o'z siyosiy hukmlari ostiga olishga muvaffaq bo'lganlar. Hoqonlikning g'arbiy hududlarga hujumiga yabg'u hoqon”, Mug'anxonning amakisi boshchilik qiladi. 565 - yilda Istemi eftaliylar qo'shiniga qaqshatqich zarba berib, 507 - yili sosoniylar eftaliylardan tortib olgan Toharistonni ham zabt etadi. Demak, VI asr so'nggi choragida hududlarimizda ashinaliylar hukmronligi o'rnatiladi.
Saltanat maydonining haddan tashqari kattaligi, uni boshqarishdagi murakkabliklar, tadbirkor va donishmand hukmdorlarning nisbatan kam bo'lish, Vizantiya, Eron, Xitoy kabi davlatlar bilan bo'lgan doimiy raqobat, hududlararo tafovutlar 603 - yilda hoqonlikning ikkiga bo'linishiga olib kelgan. Mamlakatimiz G'arbiy Turk hoqonligi tarkibiga kirgan. VII asrning birinchich oragi G'arbiy turk hoqonligining eng kuchaygan davri bo'lgan.
O'zaro nizolar va boshboshdoqlik natijasida VII asr ikkinchi yarmida VIII asrda turk hoqonligi barham topgan va tarixi sahnasidan tushgan.
Ilk o'rta asrlarda Buyuk Ipak yo'li orqali olib borilagan keng ko'lamdagi xalqaro savdo turk hoqonligi, Hindiston, Xitoy, Eron va Vizantiya o'rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalarni kengaytirdi. Yuksak madaniyatning serjilo qirralari VI - VIII asrlarning moddiy madaniyat obidalari, diniy e'tiqodlari-yu tasviriy san'at namunalarida o'z aksini topdi.
Xitoy manbalarida shunday ma'lumot bor: “Ibodatxonada muhofazada turadigan turkiy tuzuklar majmuasi bor. Biror bir jazoni belgilashda ushbu tuzuklarni olib, unga asoslangan holda hukm chiqaradilar”. Bundan tashqari turkiy bitiklar ham tuzuklar mavjudligi haqida ma'lumot beradi.
Turk hoqonligi qaror topishi (552 yil) va Markaziy Osiyoni o'z tasarrufiga olishi natijasida turkiy va so'g'diy madaniyatlar simbiozi o'zining eng yuksak cho'qqisiga chiqdi. Asosli ravishda 570 - 783 - yillar A. N. Bernshtam tomonidan “Turk-so'g'd davri” deb belgilandi51.
Turkiy va so'g'diy madaniyatlarning muhim qirralari quyidagilari aks etgan. Bu birinchidan, shaharsozlik madaniyati misolida ko' rinadi. Asosan, savdo - tijorat faoliyati bilan turli mintaqalarga o'rnasha boshlagan so'g'diylar o'zlariga xos bo'lgan shaharsozlik an'analarini manzilgoh (koloniya)lari shaharlashgan diyorlarda ham amaliy qo' llay boshlaydilar. Jumladan, III - V (yoki VI) asrlarda hamda VII asr oxiri - VIII asr boshlari davomida ikki bosqichda kechgan so'g'diylarning Yettisuvga kolonial harakati so'g'diy o'troq madaniyatining turkiy yarim o'troq va ko'chmanchi madaniyat bilan qorishib ketishiga olib keldi52. Jumladan, arxeologlar Chu vodiysidan V - VI asrlarga oid boy o'troq madaniy qatlamni topishgan53. Bu yodgorliklarni tadqiqotchilar vodiy shaharlarida hunarmandchilik, savdo va qishloq xo'jaligi bilan band bo'lgan so'g'diylarga bog'lashadi. Aytish mumkinki, ular ta'sirida ko'plab turkiy qabilalar o'troq hayotga o'tganlar. Asta sekin so'g'd manzilgohdari yirik turk- so'g'd shaharlarga aylangan, bu ayniqsa, Choch vohasida boshlanib, to Qashg'ar o'lkasi tomon cho'zilgan joyda yaqqol ko'zga tashlanadi. Choch va Iloq hayotida so'g'd - turk madaniy simbiozi azaliy bo' lib, bu jarayon shak qabilalari va so'g'diylarning dastlabki munosabatlaridan, ya'ni so'g'diylarning ilk bor sharqqa ko'chish davri (mil. avv. IV asr)dan ham avval boshlangan. Shu bilan birga ko'chmanchilarning ham bu vohaga jadal kirib kelishi IV - VI asrlarda yanada faollashdi. Vohada ilk o'rta asrlarda Binkat, Shturket, Chinonchket, Unjaket, Xarashket, Nuket, Banaket, To'nket, To'qket, Nujet, Farnket kabi shaharlar vujudga keldi54. Hozirda ham so'g'dcha “kent - kand” - shahar qo'rg'on ma'nosini bildiruvchi toponimlar mavjud bo'lib, ular Parkent, Pskent, Zarkent, Xo'jakent kabi shaharlarda saqlangan. Bundan tashqari Choch vohasidagi o'nlab qishloqlar (Nomdanak, Novdak, Sanganak, Samsarak, Nevich, Lashkarak, Xisorak va b.)da sof so'g'diy etimologiya saqlangan. Shu bilan birga sof turkiy etimologiyaga xos shahar nomlari ham ushbu vohaga xosdir (Abrliq, Namudliq, Etliq, Obliq va b.).
Buyuk Ipak yo'li bo'ylab esa bunday shaharlar tizimi ko'plab uchraydi. Jumladan, Isfijob, Juvikat, Novkat, Arsubaniket, Subaniket, Hamuket,Chimkent, Manket, Syutkent, Jankent, Yorkent, Novqat, O'zgand kabi so'g'diy va Qarnoq, Beshbaliq, Boybaliq, Jo'ynoq, Qorashar, Qorasuv, Oqsuv, Talas kabi turkiy toponimlar so'g'd - turk shaharsozligining mushtarak an'analaridan dalolat beradi55.
So'g'diylar va boshqa mahalliy Markaziy Osiyoliklar sharqiy yo'nalishdagi turk shaharlarining qurilishiga bevosita bosh - qosh bo'lganlar. Jumladan, Uyg'ur hoqoni Bayonchur (747-759) Selenga daryosi bo' yida so'g'dlik mutaxassislar yordamida Boybaliq shahrini qurdirgan bo'lsa, undan so'ng hukmronlik qilgan Bug'u hoqon (759-779) Urxun daryosi bo'yida Baliq, Uyg'urbaliq, Qorabolg'asun kabi shaharlarni barpo ettirdi56. Barcha shaharlar Markaziy Osiyodan borgan so'g'dlik, chochlik va farg'onalik shaharsozlar yordamida qurilib, shaharlar tarhiga mahalliy uslublarga bir qadar ahamoniylar va yunonlar shaharchiligi uslublarining ta 'sirida takomillashgan O'rta Osiyo shaharsozlik madaniyati asos qilib olingan edi.
An'anaga ko'ra shaharlar qo'rg'on qilib o'rab olingan. Qo'rg'on devori keng bo'lib, bu aynan mudofaa maqsadlariga mo' ljallangan. Shahar - qo'rg'on atrofida esa bog'lar barpo etilgan. Shahar qo'rg'oni ichida qal'a bo'lib, u alohida devor - ichki devor bilan qurshab olingan. Masalan, Qorabolg'asun shahri devorining balandligi 10 metr, soqchi minorasiniki 13 metr, qal'a minorasi 14 metr balandlikda bo'lgan. Shahar ko'chalarining jami uzunligi 24 chaqirimni tashkil etgan. Shu bois bu yirik shahar Uyg'ur hoqonligining poytaxtiga aylangan. 846 - yilda ushbu shaharda bo'lgan arab geografi Abulqosim Ubaydulloh ibn Xurdodbeh o'zining “Kitab al-masolik va al-mamolik” asarida “shahar aholisi asosan turklardan, olovga topinuvchilar (zardushtiylar, ya'ni o'rtaosiyoliklar, jumladan, so'g'diylar)dan hamda zindiq (moniy)lardan iborat” deb, yozgan57. Bu shaharlar yirik ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy, savdo - tijorat va madaniy markazlar sifatida IX - XII asrlarda ham turklarga, ham assimilyatsiya jarayonida turklasha boshlagan forsiyzabon o'rta osiyoliklarga, jumladan, so'g'diylarga umummanfaatlari yo'lida xizmat qilgan. Bu kolonial manzilgohdarda qad rostlagan shaharlar So'g'ddagi Afrosiyob, Ko'ktepa, Tuproqqo'rg'on kabi qadimgi va ilk o'rta asrlar shaharlarini eslatar edi.
Madaniy uyg'unla shuv aloqalarining yana bir qirrasi bu tasviriy san'at namunalarida o'z aksini topgan edi. Bu sohada ham turk - so'g'd hamjihat hayotini ifodalovchi ko'plab nodir durdonalar saqlanib qolgan. Jumladan, Afrosiyob, Varaxsha, Panjikent, Kushoniya hamda Turfon vohasidan topilgan devoriy suratlarda epik syujetlar, saroy hayoti va yuqori tabaqa jamiyati turmush tarzi aks ettirilganligi diqqatga sazovordir. Afrosiyobdan topilgan devoriy rasmlar o'zining betakrorligi bilan ajralib turadi. Har bir sahna tasviri o'ziga xos bo'lib, tarixiy voqelik, badiiy syujetlar, turli an'ana va marosimlarning ifodasini ko'ramiz. Bu yodgorlik san'at asari sifatida mohir musavvirlar tomonidan yaratilgan. Undagi bo'yoqlarning a'lo darajada tanlanganligi rassomlarning yuksak did egasi bo'lganliklaridan dalolat beradi58. Personajlarda esa turk jangchilarga xos belgilardan kokildor erkaklar tasvirlangan. Turklarda soch o'stirilib, peshona shoyi tasma bilan bog'lab olingan. Turk erkaklari ko'proq soqollarini olib yurgan. Sahnada huddi shu tasvirdagi jangchilar So'g'd ixshidining soqchilari sifatida aks ettirilgan. Bu holatni V. L. Vyatkin turklarning So'g'd shahar hayotida o'rni va so'g'dlarga ta'siri sifatida baholaydi59.
So'g'd tasviriy san'atining Sharqiy Turkistondagi o'rni ham beqiyos bo'lgan. Ko'plab shaharlardagi qal'a, saroy va boy xonadonlarining bino ichki devorlari turli mavzulardagi san'at asarlari bilan bezatilgan60.
Haykaltaroshlik sohasida VI - IX asrlarda avval Yettisuv va Farg'onada, so'ng So'g'dning markaziy hududlarida toshga o'yib ishlangan kichik haykalchalar va sopol buyumlar “turk, so'g'd va xitoy unsurlarining” o'zaro ta'sirlari natijasi edi61.
Tasviriy san'atning boshqa turlari qatorida musiqa va raqs san 'ati ham turk - so'g'd madaniy umumiyligini ifoda etgan. Turk hoqonlari va Xitoy imperatorlari saroylariga Markaziy Osiyolik san'atkorlar tez-tez tashrif buyurib turishgan. Ayniqsa, raqqosalar ancha mashhur bo' lishgan. Xitoyliklar ularni yuksak baholab “Charx urayotgan qizlar girdobi” deb ataganlar.Choch lik, kumedlik, keshlik, maymurg'lik va samarqandlik raqqosalar shunday nazokat bilan o'yin ijro etganlarki, “lahza o'tib ular bulutlar kabi ko'kka ko'tarilib, quyoshga yetgudek” bo'lib tuyulgan. Bu raqs namunalari turk va xitoy raqqosalari tomonidan o'zlashtirilib ijro etilgan. Turklar orasida ko'plab so'g'diy musiqa asboblari ham rasm bo'la boshlagan. Sharqda Buxoro musiqa asboblarining o'nga yaqin xili ma'lum bo'lgan. Qo'shiqlar yakka va jo'r bo'lib ijro etilgan. VII asrda O'rta Osiyo qo'g'irchoq teatri Xitoyga kirib bordi va o'zlashtirildi62.
Turk hoqonligi davrida so'g'd va turk madaniyatlarining bir-birini to'ldirishi eng yuksak cho'qqisiga chiqdi. O'troq va ko'chmanchi madaniyatlar simbiozi shakllandi. Ayniqsa, Buyuk ipak yo'li bo'ylab olib borilgan uzluksiz aloqalar o'zaro madaniy almashinuvlar uchun qulay imkoniyat yaratdi. So'g'diylarning bir qolipdagi an 'anaviy o'troq madaniyati, turklarning tabiat va cheksiz borliq bilan bog'liq hayotni ifodalovchi madaniyati bilan aralashib o'ziga xos madaniyatga zamin bo'ldi. Turklar shaharlarga kelib o'rnashgach, o'z ta'sirlari doirasida betakror ijod yaratdilar. So'g'diylar esa ulardan dasht hayoti, ko'ch manchilar turmushi va urf-odatlarini aks ettiruvchi manzaralarni o'zlashtirib o'z asarlarida qo'llay boshladilar. Ayniqsa, hayvonlar tasviri, ov sahnalari, olishuvlarning ko'rinishi jonli ifodasini topdi. Ko'plab turk - so'g'd idishlarida hayvonot dunyosining tasvirlanishi ko'chmanchi madaniyatning o'troq madaniyatga tabiat manzaralarini olib kirganligidan dalolat beradi63.
Turk-so'g'd madaniyati simbiozida yozuv madaniyatining o'rni beqiyosdir. Oromiy yozuvi asosida mil. avv. IV - III asrlarda shakllana boshlagan so'g'd alifboli - fonetik yozuvi, milodiy VI - IX asrlarda Markaziy Osiyoning turkiy davlatlarida rasmiy hujjatchilikda qo'llanildi. Shu bilan birga so'g'd tili ham turkiy tillar qatori muomala vositasiga aylandi. So'g'd yozuvi ta'sirida VI - VIII asrlarda uyg'ur yozuvi shakllandi. Uyg'ur xatining shakllanishi so'g'diylar va turkiylarning madaniy, ijtimoiy - iqtisodiy, savdo munosabatlaridagi hamjihatligining mahsuli edi. Qolaversa, so'g'd tilining xalqaro miqyosda vosita tiliga aylanishida turk-so'g'd qo'sh tilliligining o'rni va ahamiyati ham kuchli edi. X asrda Qoraxoniylar davridan Markaziy Osiyo turklari orasida arab yozuvini qo'llash rasmiy tus ola boshlagan bo'lsa-da, uyg'ur xati O'rta Osiyoda XV asrgacha, Sharqiy Turkistondagi turk buddaviylari orasida to XVIII asrgacha amalda bo'lgan. Bu yozuvda yaratilgan monuviylarning tavbanomasi “Xuastuanif”, buddaviylarning “Maytri simit”, “Oltin yarug” kabi yozma yodgorliklari, arab yozuvi bilan yonma-yon yozilgan Yusuf Xos Xojibning “Qutadg'u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq”, Xorazmiyning “Muhabbatnoma”, Xo'jandiyning “Latofatnoma”, Yusuf Amiriyning “Dahnoma”, Mir Haydarning “Mahzun ul-asror” kabi asBarlarining har ikki yozuvdagi qo'lyozmalari mavjud64.
Garchi R. Got'o, V. Tomsen va V. A. Livshits kabi tadqiqotchilar qadimgi turkiy yozuvning kelibchiqishini VI - VII asrlarda so'g'd yozuvi asosida shakllangan desalar-da, ammo bu faraz hanuzgacha o'z tasdig'ini topgan emas65. Qolaversa, agar olimlar tomonidan Olma Ota yaqinidagi Issiq qo'rg'oni qabridan topilgan kumush idish sirtidagi yozuv, Afg'onistonning Dashi Novur qoyatoshidagi yozuvlardan biri, O'zbekiston va Tojikistonning sakkiz shaharidan topilgan “noma'lum” yozuvlar qadimgi turk yozuvi ekanligi o'z tasdig'ini topsa, u holda qadimgi turkiy yozuv so'g'd yozuvi bilan deyarli bir vaqtda mil. avv. VII - VI asrlarda paydo bo'lgan hisoblanadi66. Bundan tashqari qadimgi turkiy yozuv o'z takomiliga ko'ra so'g'd va uyg'ur yozuvlaridan farqli VI - IX asrlarga kelib turk tili fonetik imkoniyatlarini to'liq qamrab olgan va tovushlar ifodasi uchun 40dan ziyod belgi bilan qo'llanilgan. Shakl jihatidan ham so'g'd yozuvidan farq qilib, ba'zi belgilar oromiy shaklga yaqin bo'lsa-da, bizningcha, mustaqil taraqqiyot yo'lini bosib o'tgan. Ayrim hollardagina oromiy yozuvining ba 'zi belgilaridan foydalangan bo'lishi mumkin. Qolaversa, qadimgi turk yozuvi so'g'd va uyg'ur yozuvlari kabi kursiv shaklga ega emas, ya'ni harfiy belgilar alohida-alohida yoziladi. Shunday bo'lishiga qaramay qadimgi turkiy yozuvning asosida shakllanganligi g'oyasi ham rad etilmagan. Balki bu ikki etnos bir vaqtda o'z yozuv madaniyatlarini yaratishgani, so'g'd tilining xalqaro vosita tiliga aylanishi, so'g'd yozuvi imkoniyatining oshishi, qadimgi turkiy yozuv imkoniyatining faqat “tosh bitiklar” bilan cheklanish darajasi bilan izohlanar. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, turklar ishlab chiqqan yozuvidagi sof spetsifik holat, muayyan bir etnos tiliga moslashganligi, kursiv shaklining yo'qligi ham bu yozuvga bo'lgan talabni bir oz cheklagan bo'lishi ehtimol. Biroq asrlar davomida qadimgi turk tilidagi obidalar asosan tosh bitiklar shaklida yetib kelganligi turk yozuvining aynan epigrafik bitiklar uchun mo'ljallanganligidan dalolat beradi. Jumladan, bizgacha To'nyuquq, Ulug', Qultegin, Bilga hoqon kabi turk tilidagi toshbitiklar qatorida uch tilli (qadimgi turk, so'g'diy, xitoy) Qorabolag'asun, Ongin bitiklari kabilar saqlanib qolgan67. Yaqinda Tyan'shandagi Qo'chqor vodiysining Ko'ksoy manzilidan ham qadimgi turk yozuvi aks ettirilgan tosh topilgan68.
Shunday bo'lsa-da, turklar so'g'diy yozuvga ehtiyoj sezganlar. Bu yozuvda turk hoqonlarining rasmiy hujjatlari bitilgan, turklarning so'g'd tili qatorida so'g'diy yozuvidan ham foydalanganliklari kuzatiladi. So'g'd tilining I - Turk hoqonligida rasmiy tillardan biri bo 'lganligi epigrafik yodgorliklardan biri, 581 - 587-yillar orasida bitilganligi taxmin qilingan Bug'ud yodnomasi (I - Turk hoqonligining rasmiy bayoni)da o'z aksini topgan. Yodgorlik xonlik hukmdorlaridan biri Maxan-tegin sharafiga bitilgan69. Gobiy cho'lining janubidagi Sevrey qoyasidan so'g'd va turk tilida 762 - yilda Xitoyga hujum qilgan uyg'ur hoqoni Begyo-Ingi Yanglakar ma'lumoti chekilgan bitiktosh topilgan70. Mo'gulistonning shimoli-g'arbidagi Tayxir-Chulun qoyasiga qora tush bilan turkcha va so'g'dcha yozuvlarda “kelib-ketuvchi” sayyohlarning ro'yxati bitilgan bo'lib bu VIII - IX asrlarga oid deb hisoblanadi. 808 - 821-yillarda hukmronlik qilgan uyg'ur hoqoni Alp-bilga Qorabolg'asunda turk, so'g'd, xitoy tili va yozuvlarida o'z davri voqealarini zikr ettirgan71. Yettisuvda Olotovning janubiy tizmalaridagi Teraksoy va Qulonsoy daralaridagi qoyatoshlardan so'g'd tilida turkiy ismlar ro'yxati topilgan72. Shu hududdagi Qizilsuv qal'asidan sopol idishlarda so'g'dcha yozuv, Tarozdan topilgan taxtachadagi so'g'd yozuvi, Qirg'izistondan topilgan xumdagi so'g'd yozuvi va boshqa turk - so'g'd yozuv madaniyatlarining hamkorlikda yuksak darajaga etganligidan dalolat beradi73. Turk hoqonlari saroylarida ko'plab so'g'diylar xizmat qilganlar. Xitoy manbalarida ular ismlari (An Napan'to, elbi-nezuk- Eltabar, Kan Ai - Kul-tarxon, An Sui Sze, Shi-Shi Xusi, An Yun-Yan) Markaziy Osiyo shahar nomlariga nisbat berilib keltirilgan. Ular hoqonlikning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida yetakchi o'rin tutganlar. Sharqiy Turkistondagi, jumladan Dun'xuandagi so'g'diylar orasida assimilyatsiya jarayoni natijasida turkiy ismlar va unvonlar (Uzmish, Erkin, Turg'un, Takin, Eltabar va b.) rasm bo'lib borgan. Huddi shu jarayon Markaziy Osiyoda ham kuzatilgan. So'g'd hokimlari saroylarida turkiy amaldorlarning xizmati salmoqli bo'lib borgan. Jumladan, Panj viloyati hokimi Chakin chur Bilga, shu viloyatning keyingi hukmdori, “Samarqand taxtiga da'vogar” Devashtichning framandari lavozimini egallagan Utt, Devashtichning eng yaqin maslahatchisi kohin Ko'rchilar shu davrning namoyandalari edi.
Adabiyot sohasida ham bu ikki etnos vakillari yuksak namunadagi asarlarni ijod etganlar. Ular tomonidan so'g'diy va turkiy tillarda, asl so'g'd, uyg'ur, monuviy va xristian-suriyoniy yozuvlarida o'nlab diniy, diniy-didaktik va dunyoviy asarlar yaratilgan.
Kitobot madaniyati vujudga kelishi bilan badiiy ijod namunalarini to'plash imkoniyatlari kengaydi. Agarda dastlabki kitobni “Avesto” desak, keyinchalik ayniqsa VII -VIII asrlarda so'g'd - buddaviy kitobotining salkam o'ttizga yaqini, moniy dini mazmunidagi kitoblarning o'nga yaqini va bir qancha xristian dini mazmunidagi kitoblarning namunalari bizgacha yetib kelgan. Bu kitob parchlari dunyoning turli shaharlaridagi muzeylar va kutubxonalardan o 'rin olgan. Turkiy kitobot ikki xil yo 'nalishda: tosh bitik va qo'lyozma shaklida bo'lib, umumiy nom bilan “bitig” deb atalgan74. So'g'd kitoboti asosan teri, qog'oz va yog'och novdalariga yozilgani bois “pustak” (o'zbekcha po'stak-teri) deb nomlangan. Bundan tashqari So'g'dda munshaot janri, maktublarda an 'anaviy boshlanma formalari amal qilgan75. Bularning barchasi turkiy va so'g'diy madaniyatning yuksak namunalari mavjud bo'lganligini ko'rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, turkiy va so'g'd iy madaniyatlar sintezi Markaziy Osiyoning bir yarim yillik tarixida o'ziga xos iz qoldirdi. Mintaqada “yagona tarixiy - madaniy makon” vujudga keldi. VIII asrdan so'ng islom madaniyati bilan boyib jahon madaniy taraqqiyotiga munosib hissa bo'lib qo'shildi. Etnomadaniy jihatdan o'zbek va tojiklarining turmush tarzi, urf-odat va an'anasi hamda qadriyatiga aylandi.
Turkiy til deganda, Sibirdan Bolqon yarim oroligacha birchiziq bo'ylab cho'zilgan ulkan geografik hududda tarqalgan o'zbek, uyg'ur, qozoq, qirg'iz, qoraqal-poq, saxa (yoqut), tuva, xakas, oltoy, karagas, shor, turkman, ozarbayjon, turk, gagauz, tatar, boshqird,ch uvash, qo'miq, no'g'ay, qorachoy-bolqor, tofalar,ch uvash kabi 25 dan ortiq til tushuniladi. Hozirgi tarqalish geografiyasiga ko'ra, quyidagi mintaqalarga ajratiladi: O'rta va Janubiy-sharqiy Osiyo, Janubiy va G'arbiy Sibir', Volga-Kama havzasi, Shimoliy Kavkaz, Zakavkaz'e va Qora dengiz bo'yi.
Turkiy tillarni birinchi marta tasnif qilgan olim Mahmud Qoshg'ariydir. Turkiy tillar tasnifi bilan qiziqish XIX asr oxiri va XX asrda qayta avj oldi va hozirgacha ko'plab tasniflar vujudga keldi
Eng qadimgi turkiy yozma yodgorliklar (Orxun-Yenisey yozuvida) VII - XI asrlarga mansub bo'lib, ular, asosan, qabrtoshlar tarzida Shimoliy Mongoliya, Qirg'izistonda, Yenisey daryosining yuqori qismi, Talas vodiysida va boshqa shaharlarda topilgan. Brahmi va so'g'd yozuvlarida bitilgan qadimgi turkiy yodgorliklar ham uchraydi (Sharqiy Turkiston va Markaziy Osiyo). Keyinchalik uyg'ur va arab alifbolari asosidagi turkiy yozuv sharqda (Qashqar, Markaziy Osiyo, Oltin O'rda hududi, Volgabo'yida) va g'arbda (saljuqiylar davlatida, Ozarbayjon, Turkiya va boshqa hududlarda) rivojlandi. Xitoyda yashovchi uyg'urlar XI asrdan hozirgacha arab alifbosi asosidagi yozuvdan foydalanadilar. Qadimgi yozuv an'analariga ega bo'lgan turkiy xalqlarning aksariyati (o'zbek, uyg'ur, turk, ozarbayjon, turkman, tatar, boshqird kabi) XX asrning 20-yillarigacha arab alifbosi asosidagi yozuvga ega bo'lgan.
Turkiylar o'z yozuvlarini ijod qilganlar. Hoqonlik tarixidan hikoya qiluvchi yozuvlar quyidagi hududlarga bo'lib tasniflanadi: Shimoliy Mo'g'uliston yodnomalari, Lena-Baykalbo'yi yodnomalari, sharqiy Trukiston yodnomalari, Oltoy yodnomalari, Markaziy Osiyo guruhi yodnomalari, sharqiy Yevropa yodnomalari. Ular orasida eng mashhurlari Qultigin, Bilga hoqon, Tunyuquq, Ongin kabi bitiktoshlardir.
Bu davrda turklar o'z yozuvlarini ijod qiladilar. Yangi yozuv biri ikkinchisiga tutashib ketadigan 38-40 harfdan iborat bo'lib, tosh va yog'och ga o'yib yozish uchun nihoyat qulay edi. Ularning namunalarini yuqorida sanab o'tgan edik.
Qadimgi Turk manbalari orasida XVII asrda Sibir hamda Mo'g'ilistonda, Oltoy hamda O'zbekistonda topilgan runiy bitiklar alohida qiymatga egasr Bu yozuvlarning yetti guruhi - Lena - Baykalbo'yi bitiklari, Yenisey, Mo'g'uliston, Oltoy, Sharqiy Turkiston, Markaziy Osiyo bitiklari ma'lum. Bu bitiklar O'zbekiston xalqlarining arablar istilosi arafasidagi ijtimoiy - siyosiy hamda madaniy hayotini o'rganishga yordam beradi.
Yenisey bitiklari mashhur rus haritashunos olimi S. U. Remezov (taxminan 1642 - 1720-yy.) tarafidan XVII asr oxirida Yenisey havzasi (hozirgi Xakas avtonom viloyatiga qaraydi) topilgan. Undan keyin bu haqda shvesiyalik harbiy asir F. Stralenberg (Tabbert) ma'lumot beradi. U Yenisey havzasidagi qabrtoshlardan toshga o'yib yozilgan notanish xatlarni topgan. Bu yozuv haqidagi ma'lumotlar birinchi marta o'tgan asrning birinchich oragida “Sibirskiy vestnik” jurnalida e'lon qilindi. 1889-yili fin olimlari Yeniseydan topilgan yozma yodgorliklar xaritasini tuzdilar.
Mo'g'ulistondan topilgan bitiklar orasida To'nyuquq, Qultegin, Bilga hoqon va Ongin muhim o'rin tutadilar.
To'nyuquq bitigi Ulan-Batordan 66 km janubi-sharqda, Bain Tsokto manzilida shaharlashgan va ikkinchi turk hoqonligining asoschisi Eltarish hoqonning (681 - 691-yy.) maslahatchi sarkarda To'nyuquqqa atalgan va 712 - 716 yillari yozilgan. 1897 - yili rus olimi D. A. Klements (1848 - 1914) va uning xotini Yelizaveta Klementslar tarafidan ochilgan, V. V. Radlov (1899 y.), V. Tomsen (1922y.), X. Sheder (1924 y.), D. Ross (1930 y.) hamda G. Aydarov (1971) tarafidan yaxshi o'rganilgan va matni nemischa, daniyacha, inglizcha va ruscha tarjimalari bilan chop etilgan. Obida G'. A. Abdurahmonov hamda A. Rustamov tomonidan o'zbek tiliga qisqacha tarjima qilingan (1982 y.).
Qultegin bitigi. Bilga hoqonning (716-734 yy.) inisi Qultegin (731- yili vafot etgan) sharafiga yozilgan. Mo'g'ulistonning Koshosaydan vodiysida Ko'kshin O'rxun daryosi bo'yidan rus arxeolog va etnograf olimi N. M. Yadrinsev (1842­1894 yy.) tomonidan 1889 yili topilgan.
Bitik V. V. Radlov (1891 y.), A. Xeykel (1892 y.), V. Tomsen (1896 y.), P. M. Melioranskiy (1897 y.), X. Sheder (1924 y.), S. E. Malov (1951 y.), G. Aydarov (1971 y.) lar tomonidan nemischa, frantsuzcha, ruscha tarjimalarda chop etilgan. G'. A. Abdurahmonov va A. Rustamov tomonidan o'zbek tiliga qilingan qisqacha tarjimasi (1982 y.) ham bor.
Bilga hoqon bitigi. Qultegin bitigidan 1 km janubi - g'arbda - Ko'kshin O'rxun daryosi havzasida topilgan bu obida 735 - yili bitilgan. Uni V. V. Radlov, S. E. Malov, P. M. Melioranskiy va V. Tomsen tomonidan o'rganilgan va chop etilgan.
Ongin bitigi Mo'g'ulistonning Koshosaydan vodiysidan topilgan va kimga atalganligi aniq ma'lum emas. Ba'zi fikrlarga qaraganda, yuqorida tilga olingan Eltarish hoqon va uning xotini Elbiyga xotun sharafiga qo'yilgan (735 y.), boshqa fikrga ko'ra Qopag'on hoqonga (691-716-yy.), yana bir ma'lumotga (J. Klosson) qaraganda Bilga hoqonning harbiy boshliqlaridan Alp Eletmish (taxminan 731 yilda o'lgan) sharafiga qo'yilgan.
Obida 1892 yili V. V. Radlov tarafidan (estompaji) va 1957 yili J. Kloson tomonidan (inglizcha tarjimasi va tadqiqot bilan nashr qilingan).
Bulardan tashqari, Qarabalsag'un shahri (Ulan-Batordan taxminan 400 km janubda shaharlashgan qadimiy shahar) xarobalaridan, Xayto Tamir, Cho'yren, Beyshin - Udzur, Bayan-Xo'ngur va boshqa shaharlardan topilgan yozuvlar ham muhimdir.
Oltoydan topilgan bitiklardan chorish, Katandi daryolari, Qo'shog'och hamda tog'li nohiyalaridan topilgan bitiklarni aytib o'tish mumkin. Bular O'rxun- Yenisey bitiklaridan farqli o'laroq, etnografik materialga boydir. Oltoydan topilgan yozuvlar P. M. Melioranskiy, E. R. Tenishev, A. K. Borovkov, K. Seydakmatov, V. M. Nadelyaev hamda D. D. Vasilyev tomonidan e'lon qilingan.
Sharqiy Turkistondan topilgan bitiklar orasida Turfon vohasidagi g'orlarga shaharlashgan ibodatxona devorlariga yozilgan bitiklar alohida o'rin tutadi. Bitiklar V. Tomsen tarafidan chop qilingan.
Qozog'iston hamda Qirg'izistonda topilgan bitiklar (XX asrning 60-70- yillarida topilgan) hali chuqur o'rganilmagan. Bular orasida Talas vohasidagi (Ayritom, Teraksoy, Qulonsoy, Toldiqo'rg'on, Urjor, Sirdaryo, Ila, Olma Ota, Tolg'ar, Tinbas va hokazo) topilgan bitiklar muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.
Qozog'iston hamda Qirg'iziston hududidan topilgan bitiklarning ba'zilari S. Sodiqov, M. E. Masson, A. N. Bernshtam, A. S. Omanjolov, G. Musaboyev, Ch. Jumag'ulov hamda G. Karag'ulovalar tomonidan e'lon qilingan.
Qadimiy turk runik yozuvlari (asosan sopol idishlarga yozilgan) Farg'ona, Oloy vodiysi hamda Janubiy O'zbekiston va Tojikiston hududidan, ya'ni Bekobod, Isfara, Marg'ilon, Farg'ona, Andijon, Quvasoy, O'sh, O'zgand, Kofirnihon, shuningdek So'g'ddan ham topilgan va A. N. Bernshtam, B. A. Litvinskiy, V. A. Bulatova, E. R. Tenishev, Yu. A. Zadneprovskiy tarafidan o'rganilgan.
Umuman, qadimiy turk runik yozuvlari xalqimiz tarixini yoritishda juda qimmatli manbadir. Turkiy tillarda so'zlashuvchi xalqlarning tillari, etnografiyasi, tarixi, adabiyoti, fol'klori, madaniyatini o'rganuvchi gumanitar fanlar majmui turkologiya deb nomlanadi. Dastlab turkologiya asosan, filologik fan sifatida rivojlandi. Turkologiyaning eng muhim manbalari: VII - XI asrga mansub O'rxun- Yenisey yozuv (bitik)lari, uyg'ur yozuvi yodgorliklari, o'rta asrlarda yashab, arab, fors va turkiy tillarda ijod etgan mualliflarning asarlari va boshqalar. Turkiy qabilalar haqida Mahmud Qoshg'ariy tomonidan to'plab tartibga solingan eng qadimgi ma'lumotlar to'plami - “Devonu lug'ot at turk” va Abulg'ozi Bahodirxonning tarixiy - etnografik asarlari ham muhim ahamiyatga egasr
G'arbiy Yevropa turkiylar bilan XI - XIII asrlarda, Vizantiya hamda salibchilarning saljuq turklariga qarshi kurashi paytida tanishadi. Turklar tomonidan Konstantinopolning bosib olinishi ularga bo'lgan qiziqishni yanada orttirdi. Yevropa adabiyotida Usmonli turk imperiyasining dastlabki tavsifi XV - XVI asrlarga mansub. G'arb sharqshunosligida turkiyshunoslikning XVII - XVIII asrlardagi bosh yo'nalishi Usmonli turk imperiyasini, uning siyosiy va harbiy qudrati negizlarini o'rganishdan iborat bo'lgan. Yevropadagi dastlabki tadqiqot ob'ektlaridan yana biri turk tilidir: 1533 - yilda dastlabki qo'lyozma qo'llanmasi, 1612 - yilda Ibronim Megizerning ilk bosma grammatikasi yaratildi. Usmonli turk tili bo'yicha yuqoridagi va boshqa asarlar, ayniqsa, F. Meninskiyning turk tili grammatikasi va lug'ati (XVII asrning 2-yarmi) G'arbiy Yevropa va Rossiyada XVIII asr oxiri - XIX asr boshida turkiy tillarni ilmiy o'rganishga zamin hozirladi.
Rossiyada turkshunoslik bilan muntazam shug'ullanish (XVIII asrning 2- yarmidan) I. Giganov va S. Xal'finlarning nomi bilan bog'liq. Turkshunoslik Rossiyada XIX asrda va XX asr boshlarida sezilarli taraqqiyot darajasiga erishadi va kompleks fan sifatida shakllanadi (X. D. Fren, O. Senkovskiy, M. M. Kazimbek, O. N. Byotlingk, L. Z. Budagov, P. M. Melioranskiy, F. E. Korsh, V. V. Grigor'yev, N. Ya. Bichurin, V. V. Vel'yaminov-Zernov, N. V. Xanikov, I. N. Berezin, I. Veselovskiylarning turkiy xalqlar tillari, adabiyoti va tarixini, qisman numizmatikani o'rganishga bag'ishlangan asarlari). XIX asr 60-yillarida N. I. Il'minskiy va V. V. Radlovlarning asarlari bilan turkiy tillarni o'rganish (ayniqsa, qadimgi va o'rta turkiy yozuv yodgorliklarini o'rganish, tillarni qiyosiy o'rganish, umumturkiy lug'at yaratish va b.) tarixida yangi bosqichga asos solindi. L. Budagovning 2 jildli “Turkiy lahjalarning qiyosiy lug'ati” (1869 -1871), V. V. Radlovning 4 jildli “Turkiy lahjalar lug'ati tajribasi” (1888 - 1911) lug'atlari turkiy leksikografiya tarixida muhim yangilik bo'ldi. Markaziy Osiyo xalqlari tarixini, uning ijtimoiy, iqtisodiy muammolarini o'rganish (XIX asr oxiri) esa B. B. Bartol'd nomi bilan bog'liq. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida turkshunoslikning rivojlanishiga turkiy xalqlarning o'zlaridan yetishib chiqqan ba'zi olimlar ham (Ch . Valixonov, Q. Nosiriy, M. F. Oxundov, Ishoqxon Ibrat, I. Oltinsarin, N. F. Katanov va b.) hissa qo'sha boshladilar. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida lingvistik turkshunoslik maktablari Markaziy Osiyo va Kavkazda ham paydo bo'ldi. N. P. Ostroumov, N. N. Pantusov, V. P. Nalivkin, I. A. BelYayev, S. Lapin, I. Budzinskiy, L. Afanas'ev, I. D. Yagello, I. M. Bukin, I. Oltinsarin kabilar Markaziy Osiyodagi turkiy tillarni, N. V. Xanikov, L. Lazarev, V. X. Kondaraki, O. Zaatov, M. G. Afanas'yevlar Kavkazdagi turkiy tillarni o'rganish bilan shug'ullandilar.
Sho'ro davrida tarix va tarixnavislik, til va adabiyot sohalaridagi bir tomonlama siyosat va mafkura tazyiqi sezilib tursada, sharqshunoslik va turkshunoslik ijobiy an'analarga asoslangan holda rivojlanishda davom etadi. Bunda o'z ijodlarinich or Rossiyasi davridayoq boshlagan V. V. Bartol'd, V. D. Smirnov, V. A. Bogoroditskiy, A. N. Samoylovich, S. E. Malov, N. I. Ashmarin, A. E. Krimskiy, A. P. Kovalevskiy, N. Ya. Marr, I. A. Orbeli va b. olimlar alohida o'rin egallaydi (N. F. Katanov 48 ta turkiy til va lahjalarning chog'ishtirma gramatikasini yozdi, N. I. Ashmarin chuvash tiliga oid 17 jildli asar yaratdi).
Turkiyzabon xalqlar tarixi, etnografiyasi va arxeologiyasi esa V. V. Bartol'd, A. Yu. Yakubovskiy, S. I. Rudenko, N. P. Direnkova, S. V. Kiselyov, V. A. Shishkin, M. E. Masson, S. P. Tolstov, A. P. Okladnikov, Ya. G'. G'ulomov, A. X. Margulan, T. A. Jdanko, L. N. Gumilyov, A. D. GraCh, L. R. Kizlasov va b. tomonidan o'rganildi. Turkiy xalqlar adabiyotlarini o'rganishda ham muayyan yutuqlarga erishildi (V. D. Smirnov, A. N. SamoyloviCh, E. E. Bertel's, V. A. Gordlevskiy, V. M. Jirmunskiy, Abdurauf Fitrat, A. Sa'diy, M. Avezov, H. Orasli, M. G'aynullin, Hodi Zarifov, Izzat Sulton va b.ning asarlari).
XX asrning 40-yillardan boshlab hozirgi turkiy tillar va ularning lahjalarini o'rganish bilan bir katorda tarixiy va qiyosiy-tarixiy fonetikasini, grammatikasini o'rganish boshlanadi, leksikologiya va leksikografiya, dialektografiya va dialektologiya rivojlanadi, XX asr 50-yillardan esa turkiy yozuv yodgorliklarini lingvistik jihatdan o'rganish keng yo'lga ko'yiladi. S. E. Malov yodgorliklarning matnlarini hamda “Qadimgi turkiy yozuv yodgorliklari” nomli umumlashtiruvchi asarini nashr ettiradi (1951). 10 kishidan iborat turkiyshunoslar guruhi tomonidan “Qadimgi turkiy til lug'ati” (1969), E. V. Sevortyan va shogirdlarining 4 jildli “Turkiy tillarning etimologik lug'ati” (1974-1989), Amir Najibning “Turkiy tillarning tarixiy-qiyosiy lug'ati” (I jild, 1979), o'zbek lug'atchilarining 4 jildli “Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati” (1983-1985) kabi lug'atlarning nashr etilishi, hozirgi qozoq, turkman, ozarbayjon, o'zbek, tatar, qirg'iz, qoraqalpoq tillari izohli lug'atlarining yaratilishi ham turkshunoslik rivojiga katta hissa bo'lib qoshildi.
O'zbekistonda turkshunoslik muammolari bilan shug'ullanish va shu sohada mutaxassislar tayyorlash ishlari O'zbekiston FA Til va adabiyot, Sharqshunoslik, Tarix, Arxeologiya institutlarida, Qoraqalpog'iston bo'limida, Toshkent Sharqshunoslik institutida, O'zMU va b. universitetlarning tegishli fakul'tetlarida amalga oshirilmoqda.
Tadqiqotlarni targ'ib qilish, ommalashtirish maqsadida sobiq SSSR davrida «Sovet turkiyshunosligi» («Советская тюркология ») jurnali (1970 y.dan Bokuda) va «Тюркологгический сборник » («Turkologiya to'plami», 1970 y.dan Moskvada) muntazam nashr etilib turgan, lekin XX asr 90-yillar o'rtalarida mazkur jurnalni «Turkologiya» nomi bilan nashr etishga urinishlar bo'lsa-da, keyinchalik bu jarayon to'xtab qoldi. Turkshunoslikni muammolarini yorituvchi jurnal va blyulletenlar Londonda (“Asia Major”), Istanbulda (“Turk Dili”), Anqarada (“Turk Dili Arastirmalari yilligi”, “Tarix Arastirmalari Dergisi”), Parijda (“Turcica”), Toshkentda (“Sharq mash'ali”, “Sharqshunoslik”, “O'zbek tili va adabiyoti”) va boshqa shaharlarda nashr etilib kelmoqdalar. 2003-yildan boshlab Qozog'istonda Ahmad Yassaviy nomidagi Qozoq-turk xalqaro universitetida “Turkologiya” jurnal nashr etilmoqda.XULOSA
O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng xalqimiz oldida yangi ulkan vazifadar ko'ndalang bo'ldi. Totalitar sovet tuzumidan demokratik davlat, huquqiy jamiyatga o'tish boshlandi. Mamlakatimiz taraqqiyotining ana shunday burilish bosqichida xalqning o'z tarixiga bo'lgan qiziqish yanada ortdi chunki bunday qiyin davrda xalq o'z tarixinich uqurroq bilishga, tarixdan ma'naviy madad olishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham 1996-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentniig “O'zbekiston yangi tarixi markazini tashkil etish to'g'risida” gi farmoyishi va Vazirlar Mahkamasining “O'zbekistonning yangi tarixini yaratish to'g'risida” gi qarori e'lon qilindi. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I. A. Karimov 1998yil iyun oyida bir guruh tarixchi olimlar bilan uchrashuvda O'zbekiston tarixining yangi kondeptsiyasini yaratish zarurligini uqtirdi. Shundan so'ng O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to'g'risida” gi qarorini qabul qildi (1998 yil, iyul). I. A. Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q” nomli asari hamda Respublika hukumatining eslatib o'tilgan qarorlari tarixiy tadqiqotlarni tubdan rivojlantirish dasturi bo'lib xizmat qilmoqda.
Tarix fanini yangi zamon talablariga mos ravishda rivojlantirish birinchi navbatda uning manbaviy bazasini boyitish va mustahkamlashni taqozo etadi. Shuning uchun ham Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko'rsatib o'tilgan qarorida barcha “Arxeologik va yozma manbalarni to'plash va ularni ilmiy-qiyosiy tarzda tahlil etish” hamda bir tizimga solishi zarurligi qayd etilgan.
Mustaqillik davrida manbashunoslik fanini rivojlantirish bobida talay ibratli ishlar amalga oshirildi. Eng avvalo arxeografik ishlarga, ya'ni xalqimizning ma'naviy mulki bo'lgan qadimgi yozma manbalarni o'rganish, ularni tarjima qilish, kerakli sharhlar bilan nashr etishga e'tibor berildi. Bunday birinchi darajali manbalarning nashr etilishi, bir tomondan, ilmiy tadqiqotlarning
rivojlanishiga turtki bo'lsa, ikkinchi tomondan xalqimizning tarixiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qildi.
Odamzot o'zining ijtimoiy-tarixiy faoliyati jarayonida ko'pdan-ko'p moddiy va ma'naviy yodgorliklar yaratdi. Bu yodgorliklar turli davrlarda jamiyat qanday rivojlanganligi xususida yaxlit tasavvur xosil qilish imkoniyatini beradi.
Yozuvning paydo bo'lishi bilan tarixiy manbalarning yangi turi yozma manbalar vujudga keldi. Yozma edgorliklar kishilik jamiyati tarixini chuqur va har tomonlama o'rganish imkoniyatini beradigan manbalardir.
Turli davrlarda og'zaki ma'lumotlarni yozma shaklda yozib qoldirishning xilma-xil usullari qo'llanilgan.
O'zbekistonning qadimgi davridan boshlab, XII asrgacha bo'lgan tarixi ko'proq yozma manbalarda yoritilgan va bu an'ana keyincha ham davom etgan. Bu davrda yurtimiz avval ahamoniylar, Ellada-makedon davlati, turk hoqonligi, arab xalifaligi tarkibida, so'ngra Somoniylar, Qoraxoniylar, G'aznaviylar, Xorazmshohlar davlatlarini boshdan kechirdi.
Ilk o'rta asrlarda yurtimizga tashrif buyurgan sayyohlarning asarlari ham ayniqsa muhim ahamiyatga egadir. Manbalar yurtimizning ilk o'rta asrlar tarixini o'zida nisbatan to'liqroq aks etganligi bilan muhim hisoblanadi. Ulardan tanqidiy foydalanish bu davr tarixini o'rganish uchun muhimdir. Rivojlangan o'rta asrlarda ham Markaziy Osiyoda sodir bo'lgan ijtimoiy- siyosiy voqealar arab va fors-tojik tilida bitilgan juda ko'p tarixiy manbalarda o'z aksini topgan.
Arab tillaridagi qo'lyozmalar, Rossiya va Markaziy Osiyo sharqshunosligi asarlari (kitob, risola, maqola, tarixiy qasida, xotira, taqrizlari) minglab nomlardan iborat bo'lib, ulardan ba'zilari bosilibchiqqan va anchaginasi haligacha nashr etilmagan.
Hozirgi vaqtda turli tillardagi qo'lyozmalar Ashxobod, Moskva, Leningrad, Toshkent, Samarqand, Dushanba, Boku, Qozon, Tiflis (Tbilisi), Ufa, Maxachqal'a, Kiev, Odessa, L'vov hamda boshqa shaharlarda saqlanmoqda. Bunday qo'lyozmalardan ba'zilari Markaziy Osiyo va Qozog'iston diniy nazorati muassasalarida, shuningdek viloyat shaharlari va qishloqlarida saqlanmoqda. Ilmiy-tadqiqot oliygohlarida, arxivlarida, kutubxonalarda, muzeylarda, oliy o'quv diyorlarida, masjid, madrasalarda, shaxsiy xonadonlarda ham tarixga oid qo'lyozmalar bor. Ana shunday turli hududlarda sochilgan qo'lyozmalarning hozircha aniqlangan miqdori 44 ming jilddan ziyodroqdir.
Tadqiqotchilar, ayniqsa yoshlar zarur adabiyotlar va manbalarni topishga, ularni o'rganishga va ilmiy tadqiq etishga juda qiynaladilar.chunki hozirgacha vatanimizdagi qo'lyozmalar fondlarida sharqshunoslikka doir adabiyotlarning eng yangi, umumlashgan, yirik ko'rsatkichlari tuzilmagan. Ularni tartibga solish, tegishli kataloglar va ko'rsatkichlar tuzish, tarixiy yodgorliklarning, davlat arxivlarida va sharqshunoslik ilmiy muassasalarida saqlanayotgan tarixiy asarlarning majmuasini vujudga keltirish zarur.
Ana shunday yangi majmualarni, tarixshunoslikka oid yirik asarlar va adabiyotlar ko'rsatkichlarini talabalar ham, ilmiy xodimlar ham, muallimlar, madaniyat xodimlari ham orziqib kutmoqdalar.
Xalqimizning ma'naviy mulki bo'lgan qator tarixiy manbalarga jaxon ilmiy jamoatchiligi ham katta qiziqish bilan qaramoqda. Turli xalqaro jamg'armalar qadimgi manbalarni topish, o'rganish va nashr etish ishlariga xomiylik qilmoqdalar.
Mustaqillik davrida O'zbekiston tarixi manbalarini o'rganish, ularni nashr qilish, talabalarni bu sohadagi nazariy bilimlar bilan qurollantirish borasida talay ijobiy ishlar amalga oshirildi. Lekin qilingan bu ishlarga dastlabki qadamlar sifatida qarash lozim. Manbashunoslik sohasidagi qator muammolar hali o'z yechimini kutmoqda.
Tariximizni yanada teranroq o'rganish uchun manbashunoslik fanini yanada rivojlantirish zarur. Yozma manbalarning yangi guruxlari va xillarini izlab topish, ulardan ilmiy maqsadlarda foydalanish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
O'zbekiston tarixiga oid manbalarning katta guruxi turli tillarida bitilganligi sababli mazkur tillarni mukammal bilgan tarixchi va manbashunoslarni tayyorlashga asosiy e'tibor berish zarur. Bu tillarda yozilgan manbalarning eng muhimlarini to'liq yoki qisman o'zbek tiliga tarjima qilish va nashr etish ishlarini bundan keyin ham davom ettirish kerak.
Milliy istiqlol davrida tarixiy manbalarining nazariy jihatdan o'rganibchiqish, ularni ilmiy ahamiyatini aniqlash, ulardai ilmiy tadqiqotlar jarayonida keng foydalanish zamon talabidir.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mustaqillik yillarida O'zbekiston tarixi manbalarini yanada chuqurroq o'rganish, ularni nashr etish va keng jamoatchilikka etkazish, bu manbalardan foydalangan xolda Vatan tarixining yangi kontseptsiyasini yaratish yo'lida qator e'tiborga sazovor ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga bu sohada hali o'z echimini kutayotgan muammolar ham mavjud. Bu muammolarni qadam-baqadam xal etib borish tarix fanining rivoj lanishiga va jamiyatimizning ma'naviy yuksalishiga ijobiy ta'sir qilishi shubhasizdir.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI


  1. Download 0,51 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish