Kimga qildim bir vafokim, yuzjafosin ko'rmadim,
Ко ‘rguzub yuz mehr, ming dardu balosin ко ‘rmadim.
Bu yerda keltirilgan misralarning fard emasligi oydin. Navoiy
o ‘zining mashhur g ‘azali matlaini vafo to ‘g ‘risida fikr yurita turib
keltiradi.
Fard g ‘oyaviy-tematik jihatdan didaktik va falsafiy poeziyaga
yaqin turadi.
Ularda
shoirlar
k o ‘pincha
o ‘zlarining
axloqiy-tarbiyaviy
fikrlarini, falsafiy qarashlarini beradilar. Shuning uchun fardlar
hikmatli so'zlar, maqol-matallar darajasida boMadi.
Masalan, Navoiyning ayrim fardlarini ko'raylik:
Etar chu rizqing, agar xoradur va gar yoqut,
О ‘zunga yuklama anduh torin, istab qut.
Bu yerda Navoiy qorin to ‘y g ‘azish uchun tog‘dek g ‘am chekish
kerak emas degan fikrni aytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |