G ‘ofil о ‘Ima, nazardin itsa aduv,
Sham о ‘churgonda, el ко ‘runurmu.
Bu fardda shoir tomonidan dushman harakatlarini hushyorlik
bilan kuzatib borishga da'vat qilinadi.
Klassik shoirlarimiz o ‘z fardlarini yuksak badiiyat bilan
yozishga harakat qilganlar, ko ‘pincha xalq maqollari, obrazli
ifodalarini fardga singdirib yuborganlar.
Masalan:
Yuqar yam onlig' angakim, kiraryam on el aro,
Ко ‘mur aro ilik urg ‘on qilur ilgini qaro.
Yoki:
Dunyoyu uqba ikkisi jam, о ‘Imas, ey rafiq,
Kimki ikki kema uchini tutar, bo ‘lur g ‘ariq.
Ba'zi hollarda esa shoirlar tomonidan yaratilgan fardlardagi
hikmatomuz gaplar keyinchalik xalq orasida shuhrat topgan,
maqolga aylanib ketgan:
Ко ‘p demak birla bo ‘Imag ‘il nodon.
Do'stlaringiz bilan baham: |