35
– qiyin ahvolda qolgan, yo‘lini yo‘qotganlarga qo‘ldan kelganicha to‘g’ri
maslahat berish, yo‘l topishga ko‘maklashish;
– ota-onasiz go‘daklar, yetimlarni parvarish qilish, tarbiyalash;
– musofirlar, mehmonlar hurmatini joyiga qo‘yish, ularni har jihatdan
xursand qilish;
– qalb qo‘ri bilan yoshlarga ilm berish, odamlarga o‘z hunari, ilmi va
kasbini qizg’anmasdan o‘rgatish;
– qiyin ruhiy ahvolga tushganlarni, bemorlarni mehribonlik, rahm-shafqat
bilan parvarishlab hayotga qaytarish;
– silai rahmga amal qilish, ya’ni qarindosh-urug’,
ota-ona va farzandlar
holidan xabar olib turish, ularni sevish va muhtoj bo‘lsalar yordamni ayamaslik;
– tariqat birodarlari, piru ustozlar hurmatini joyiga qo‘yish, ularning
orqasidan yomon gap gapirmaslik, sha’nu sharafi, nomusini himoya qilish;
– o‘z millati, el-ulus manfaati, sharafini himoya qilish, Vatan xavf ostida
qolganda, barcha iste’dodi, molu-jonni sarflab bo‘lsada, qahramonliklar
ko‘rsatish, Vatan uchun jon fido etib,
uning mustaqilligi, ozodligini saqlashga
erishish kabi ruknlarini sanab o‘tganlar. Adabiyotshunos olim Najmiddin
Komilov ta’biri bilan aytganda “Falsafa ota, adabiyot ona, tasavvuf esa ularning
farzandidir” deb bejiz aytmaganlar. Tasavvuf va adabiyot necha asrlardan buyon
bir-biriga uzviy bog’liq bo‘lib kelgan. Ikkisini bir-biridan ayro o‘rganib
bo‘lmaydi. Tasavvuf ruhni poklash, qalbni ma’rifatga yetkazish, hamda o‘zlikni
anglashdir.
Tasavvuf ta’limotining asl mohiyati, uning adabiy-badiiy tafakkur
rivojiga ta’siri, tasavvufiy bilimlar va tushunchalarning badiiy adabiyotda aks
etishi masalasini keng va atroflicha yoritgan, uning
ilmiy-ahamiyatini chuqur
tahlil qilgan olim professor Najmiddin Komilovdir. Olim bu vazifani bajarish
yo‘lida uzoq yillar ilmiy izlanishlar olib bordi. Ana shu izlanishlarning mahsuli
sifatida “Komil inson axloqi” va “Tavhid asrori” nomlari bilan ikki kitobdan
iborat yaxlit “Tasavvuf” asari dunyoga keldi. Unda olim tasavvuf ta’limotining
kelib chiqishidan boshlab bugungi kungacha bo‘lgan taraqqiyot bosqichlari,
36
badiiy adabiyotda tasavvufiy tushunchalarning ifodasi, ularning axloqiy
tarbiyadagi ahamiyati, insonni komillik sari boshlashdagi o‘rni, ta’sir
kuchini
sharhlab berdi. So‘fiyona adabiyot haqida fikr yuritib, “...tasavvufni she’r bilan
bayon etish -falsafani, ilohshunoslikni she’rga olib kirish demak. Shu bois biz
tasavvufiy adabiyotni tom ma’noda falsafiy adabiyot deymiz”
1
, deydi.
Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Ibn al-Arabiy, Jomiy va Bedillar buyuk
faylasuflar sanalishadi, ammo ularning irfoniy asarlari she’riy yo‘lda yozilgan.
Irfoniy asarlar ham ikkiga ajratiladi. Birinchi qismida tasavvuf ta’limoti bayon
etilgan, so‘fiyona fikrlar bilan istiloh etilgan asarlar kiradi. Tasavvuf
tadqiqotchisi bu qismga Abulmajid Sanoiyning “Haqiqat ul-haqoyiq”, Mahmud
Shabustariyning “Gulshani roz”, Jomiyning “Sharhi ruboiyot”, Bedilning
“Muhiti a’zam”, Sayyid Qosimiyning “Haqiqatnoma”, So‘fi Olloyorning “Sabot
ul-ojizin”, Bobojon Sanoiyning “Kanz ul-maorif” asarlarini sanab o‘tadi.
Ikkinchi turdagi adabiyotda tasavvuf g’oyalari
kechinma va hayajonlar, timsol
va tamsillar orqali tasvirlanadi, talqin qilinadi. Abulmajid Sanoiyning “Sayr ul-
ibod”, Farididdin Attorning “Ilohiynoma”, “Bulbulnoma”, “Ushturnoma”,
Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy”, Xusrav Dehlaviyning “Matla’ ul-
anvor”, Navoiyning “Hayrat ul-abror” va “Lison ut-tayr” asarlari kiradi.
Tasavvufning badiiy adabiyotdagi ifodasini tahlil va talqin qilar ekan,
tasavvuf insonni komillikka da’vat etar ekan, bu g’oyani badiiy aks ettirgan
adabiyotning o‘zi komillik belgisi, komil so‘z, komil ma’no va komil tafakkur
ifodasi ekanligini ta’kidlaydi. Bularni egallagan inson komil xilqat bo‘la oladi,
deydi. “Komil xilqat bo‘lgan
inson barcha narsada takomilni, yetuk
muntazamlik va muayyanlikni ko‘rmoqchi bo‘ladi. Uning oliy orzusi - olamni
ham, o‘zini ham nuqsonlardan xoli holda tasavvur etish, insonni nuqsonlardan
xalos etishdir. Inson ruhi komillikka tashna, san’at va adabiyot esa shu
chanqoqni qondirishga xizmat qilib kelgan. Inson ruhining mo‘jiza
mavjlarini,
1
Komilov Najmiddin, Tasavvuf, Komil inson axloqi, birinchi kitob, Toshkent, “Movarounnahr”-“O`zbekiston”
NMIU, 2009 y. B.145.
37
farah va xurramligini ifodalagan. Inson ruhi san’atdan oziqlanib yayraydi va
barcha qudratini san’atda ko‘rsata oladi”
1
.
“Timsollar timsoli” bobida olim Navoiy ijodida tasavvufiy g’oyalar va
tushunchalarning badiiy ifodasiga murojaat qiladi. Shoir asarlarida uchraydigan
may, qadah, sog’ar, mayxona, xarobot, soqiy, xum, mahbub singari kinoya-
timsollar va ramziy so‘zlar va ular ortida yashiringan ma’nolar asrorini ochib
beradi. Navoiydan quyidagi g’azal keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: