Og’zaki ish usullari.
Turli axborotlar, majlislr, ertalabki yig’inlar,
ma’ruzalar, kitobxonlar konferensiyalari, munozaralar, uchrashuvlar, og’zaki
gazetalar, radiojurnallar.
2.
Amaliy ish olib borish usullari,
turli joylarga sayyohtlar, sport
musobaqalari, olimpiada, iztoparlar ish foaliyati, yosh tabiatshunoslar to’garaklari,
shanbaliklar.
3.
Ko’rgazmali ish
usullari. Kollej muzeylari, urush va mexnat
qahramonlari xonasi, yangi kitoblar ko’rgazmalari.
Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qolibiliyatini ishga solishni, tinmay
izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, axil,
jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo’lishlari lozim.
Jamoat tashkilotlari o’quvchilar bilan darsdan tashqari vaqtlarda olib
boriladigan xilma-xil mashg’ulotlarni o’qituvchilar yordamida tashkil
qiladilar. Sinfdan tashqari ishlar o’z mazmuniga ko’ra juda xilma-xil: ijtimoiy-
siyosiy, ilmiy, ijtimoiy foydali, badan tarbiya-sog’lomlashtirish ishlari bo’ladi.
Sinfdan tashqari ishlar uch xil formada: ommaviy, to’garak va individual
formalarda tashkil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |