Bog'liq Nafta iqtisodiy integrarsiyasining asosiy yo\'nalishlari
rejasi» kabi Shimoliy Amerikadagi «Ebbot rejasi» Kanada iqtisodiyotining yetakchi sanoat tarmoqlariga xorijiy (eng avvalo, Amerika) kapitalining oqib kelishi uchun ochiqligi va bu bilan Kanada-Amerika iqtisodiy integratsiyasining rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarning yaratilishini ko‘zda tutgan. Boshqa tomondan, Kanada hukumati GATT kelishuvi bo‘yicha xalqaro savdoni erkinlashtirish jarayonini qo`llab-quvvatlagan holda, AQSh bilan ikki tomonlama iqtisodiy kelishuvlaning imzolanishini istamagan. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdoning erkinlashtirilishiga yo‘naltirilgan ayrim kelishuvlar imzolangan. Shunday qilib, qo'shma harbiy ishlab chiqarishga oid
bo`lgan 1959-yilgi Kelishuv Kanadada harbiy mahsulotlami ishlab chiqarishda Amerika standartlarining joriy etilishiga olib kelgan hamda Shimoliy Amerikada butun harbiy sanoatning chuqur integratsiyalashishini ta’minlagan dastlabki tarmoqli Amerika - Kanada kelishuviga asos solgan. Keyinchalik, 1965-yilda AQSh va Kanada ko‘pgina boshqa tarmoqlarning integratsiyasini rag‘batlantirgan, jum ladan avtomobilsozlik mahsulotlari savdosini erkinlashtirish to‘g ‘risidagi Kelishuvni imzoladi. Umuman olganda, ikkala kelishuv ishlab chiqarish va xizmat doirasidagi hamkorlikning kengayishiga yordam berdi va tegishli tarmoqlardagi texnika taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Kanada - Amerika xo‘jalik
munosabatlaridagi erkinlashtirisli jarayonining boshqa tarmoqlarga keyingi tatbiq etilishi 70-yillarda savdo-sotiq shart-sharoitlari keskin yomonlashgan, iqtisodiy o‘sish sekinlashgan, proteksionizm darajasi o‘sgan va nihoyat xalqaro valyuta va energetika sohasidagi tanglik oqibatida to‘xtatildi. Natijada 70-yillar mobaynida Amerika kapitalining oqib kelishini cheklashga qaratilgan iqtisodiy millatchilik va yetakchi sanoat tarmoqlarini «kanadalashtirish» siyosati Kanada iqtisodiy
hayotining asosiga aylandi. Bunday shart-sharoitlarda Kanada bozorining Amerika tovarlari uchun ochiqlik darajasi pasayib, va faqat o‘n besh-yildan so‘ng mamlakatning boshqaruv doiralari mintaqaviy integratsion blokning yaratilish jarayonini tezlashtirish taraddudiga tushdilar. 70-yillaning oxiridan boshlab, AQSh Kanada va Meksika bilan savdo-siyosiy birlashish yo‘lida faol harakatlarni boshladi.
Amerika kongressi 1979-yilda savdo kelishuvlari to‘g‘risidagi
qonunda AQSh prezidenti nomiga Shimoliy Amerika erkin savdo
zonasini tashkil etish istiqbollarini (1 104-seksiya) o‘rganish yo‘l-yo'riqlarini yo‘lladi. 80-yillarda R.Reygan va J.Bush bir necha marotaba Shimoliy Amerika mintaqasida erkin savdoni ta’minlashning uzoq muddatli maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashlari to‘g‘risida bayonot berganlar. Natijada 1988-yilning sentyabrida
Shimoliy Amerikada integratsion jarayonlarni rivojlantirishdagi yangi sifat bosqichi sifatida erkin savdo zonasining shakllanishiga yo‘naltirilgan AQSh - Kanada erkin savdo kelishuvi (Canada — USA Free Trade Agreement - CUSFTA) imzolandi (1989-yil 1 yanvardan kuchga kirdi). Mazkur kelishuv o‘n-yil mobaynida tarif va ko‘pgina notarif cheklovlarning bekor qilinishi, shuningdek xorijiy investitsiyalarning nazorat qilinishining erkinlashtirilishini ko‘zda
tutgan bo`lib, uning amalga oshirilishi bir qator murakkabliklar bilan bog‘liq bo‘ldi. Chunonchi Kanada kompaniyalari raqobatbardoshligining mustahkamlanishi yuqori ishsizlik va real daromadlar o‘sishining sekinlashishi evaziga erishildi.
Kanada — Amerika erkin savdo zonasi tashkil etilganidan so‘ng
AQSh unga Meksikaning ham qo‘shilishi bo‘yicha faol ish harakatlarni boshlab yubordi. 80-yillarda Amerika - Meksika munosabatlarining istiqbollari bo‘yicha ikki tomonlama komissiya tuzilgan bo‘lib, uning yakuniy ma'ruzasida AQSh va Meksikaning davlatlararo darajadagi o‘sib boruvchi o‘zaro iqtisodiy bog`liqligini
tartibga solish zarurati to‘g‘risida xulosa chiqarildi.
80-yillarning oxirlarida Amerika - Meksika savdosini erkinlashtirishga yo‘naltirilgan bir nechta kelishuvlar imzolandi: 1985-yilda eksportni subsidiyalash qoidalari to‘g‘risidagi Amerika - Meksika kelishuvi, 1987-yilda — AQShga Meksikadan to'qimachilik va ayrim boshqa tovarlarning (po‘lat, pivo va vino) olib kirilishini kengaytirishga qaratilgan savdo kelishuvi shular jumlasidandir.
AQSh, Meksika prezidentlari va Kanada bosh vaziri tomonidan erkin savdo to‘g‘risidagi Shimoliy Amerika kelishuvining imzolanishiga olib kelgan 1991 -yilning iyunida boshlangan murakkab muzokaralar Amerika qit’asida yangi savdo uyushmasiga yaratgan holda, muvaffaqiyatli yakunlandi.
NAFTAga a’zo alohida mamlakat uchun Shimoliy Amerikada integratsion uyushmani tashkil etishning turli jihatlarini e’tirof etish mumkin.