“Nafis kechinmalar kuychisi”
“E’zoz uchun yaralgan ayol”
-
Bahor haqida Zulfiya Isroilova she’ri qo’yiladi
-
Kurtaklar kulgusin sochadi bahor,
Ko’ngillar ko’zini ochadi bahor,
Qishning belbog’ini yechadi bahor,
Bahorga yetganlar omon bo’lsinlar.
3.Orziqqan dillarning orazidek xush,
G’unchalar jilmayar, bulbullar behush,
Sog’inchlarin sochib turnalar sarxush,
Bahorga yetganlar omon bo’lsinlar.
4.Shaftoli gullasa uyalgan qizday,
Lolalar latifdir ul anor yuzday,
Ay gulim, dunyoda oshiq yo’q bizday,
Bahorga yetganlar omon bo’lsinlar.
5.Bulutlar ortidan mo’ralagan oy,
Bahorni sog’ingan biram yoqimtoy,
Qaytgan qaldirg’ochlar ayvonga chiroy,
Bahorga yetganlar omon bo’lsinlar.
6.Bahor, bemor kutgan malhamday shirin,
Bahor, sevdim degan alhamday shirin,
Bizlarga qay fasl ko’klamday shirin,
Bahorga yetganlar omon bo’lsinlar.
7.Bahor oftobining iliq haroratidan tog’ cho’qqilaridagi qorlar qatlami erib, nuqra jilg’alar hosil bo’ladi. Jilg’alar shalolalarga, shalolalar esa daryolarga aylanadi. Daryo o’tgan joyda hayot gurkiraydi. Tabiatning so’lim obidalari daryolar yoqasida qad ko’taradi.
8.Shoirlar ham daryo yanglig’ jilg’alardan hosil bo’ladilar. Ba’zi bir jilg’alar qaqroq dashtlarga yetmay, yo’q bo’lib ketadi. Boshqalari esa qancha olis yo’l bossa, shuncha qudrat va ko’lam kasb etib, ulkan daryoga aylanadi. Daryolar tutashgan joyda esa dengiz tug’iladi. Dengiz butun bir o’lkaga suv va nur beradi, unga mo’tadil iqlim, husn va latofat bag’ishlaydi.
9.Bugungi kechamiz o’zbek xotin-qizlariga bugungi kunda vafo va sadoqat ramzi bo’lgan nafis kechinmalar kuychisi, kuchli sabr, matonat, iroda sohibasi bo’lmish o’zbek shoirasi Zulfiyaxonim Isroilovaga bag’ishlanadi. Zulfiyaxonim ham o’zbek adabiyotining ulkan daryolaridan biri edi. Bugun Zulfiyaxonim tavalludiga 100 yil to’ldi.
10.Bahor fasli o’z nafosati, tarovati bilan dunyoga yangilanish, surur va shukuh bag’ishlovchi fasl. Bu fasl onalarimiz, qizlarimiz, dilbar ayollarimizning bayrami bilan boshlanishida albatta ramziy ma’no bor. Chunki ayol zoti o’zi bahor bilan uyg’un zotdir.
11.O’zbekiston xalq shoirasi, taniqli jamoat arbobi, Javoharla’l Neru nomidagi xalqaro mukofot sohibasi, tinchlik va do’stlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun xalqaro “Nilufar” mukofoti sovrindori Zulfiya Isroilovaning bosib o’tgan hayot yo’li, meros qoldirgan ijodi va ayniqsa, har bir o’zbek qiziga, nafaqat o’zbek qizi, balki sharq qizlariga o’rnak bo’ladigan ma’naviy dunyosi, axloqiy qiyosafi xalqimiz va yurtboshimiz tomonidan yuksak baholanib kelmoqda.
12. Shoiraning hayot yo’li va hayotning har ne zarbalarida ham vafo va sadoqat bilan o’z e’tiqodiga, xalqiga sodiq qolganligiga Prezidentimiz alohida e’tibor bilan yondashdi va uning insoniy fazilatlarini bugungi avlodga ibrat sifatida ko’rsatib o’zlarining “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarlarida shoirani ma’naviy jasorat sohibasi sifatida ulug’ladi.
13.1999-yil 10-iyunda O’zb.Res. Prez.ning “Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi 2326-sonli Farmoni asosida Zulfiya mukofoti ta’sis etilgan bo’lsa, 2007-yil e’lon qilingan “Toshkent shahrida O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaning haykalini o’rnatish to’g’risida”gi qarori asosida shoiramizning badiiy siymosi yaratildi. Har yili bahorning ilk kunidan an’anaga aylangan Zulfiyaxonim haykali poyiga gullar qo’yish marosimi bo’lib o’tadi.
14. Qo’shiq.
Derazamning oldida bir tup Derazamning oldida bir tup
O’rik oppoq bo’lib gulladi… O’rik oppoq bo’lib gulladi…
Novdalarni bezab g’unchalar, Novdalarni bezab g’unchalar,
Tongda aytar hayot otini Tongda aytar hayot otini
Va shabboda qurg’ur ilk sahar Va shabboda qurg’ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini. Olib ketdi gulning totini.
Har bahorda shu bo’lar takror, Har bahorda shu bo’lar takror,
Har bahor ham shunday o’tadi, Har bahor ham shunday o’tadi,
Qancha tirishsam ham u beor Qancha tirishsam ham u beor
Yellar meni aldab ketadi. Yellar meni aldab ketadi.
Mayli deyman va qilmayman g’ash, Mayli deyman va qilmayman g’ash,
Xayolimni gulga o’rayman; Xayolimni gulga o’rayman;
Har bahorga chiqqanda yakkash, Har bahorga chiqqanda yakkash,
Baxtim bormi deya so’rayman. Baxtim bormi deya so’rayman.
Yuzlarimni silab, siypalab, Yuzlarimni silab, siypalab,
Baxting bor deb esadi yellar, Baxting bor deb esadi yellar,
Etgan kabi go’yo bir talab, Etgan kabi go’yo bir talab,
Baxting bor deb qushlar chiyillar. Baxting bor deb qushlar chiyillar.
Hamma narsa meni qarshilar, Hamma narsa meni qarshilar,
Har bir kurtak menga so’ylar roz. Har bir kurtak menga so’ylar roz.
Men yurganda bog’larga to’lar Men yurganda bog’larga to’lar
Faqat baxtni maqtagan ovoz: Faqat baxtni maqtagan ovoz:
“Mana senga olam-olam gul, “Mana senga olam-olam gul,
Etagingga siqqanicha ol, Etagingga siqqanicha ol,
Bunda tole har narsadan mo’l, Bunda tole har narsadan mo’l,
To o’lguncha shu o’lkada qol. To o’lguncha shu o’lkada qol.
Umrida hech gul ko’rmay yig’lab, Umrida hech gul ko’rmay yig’lab,
O’tganlarning haqqi ham senda, O’tganlarning haqqi ham senda,
Har bahorni yig’lab qarshilab Har bahorni yig’lab qarshilab
Ketganlarning haqqi ham senda…” Ketganlarning haqqi ham senda…”
Derazamning oldida bir tup Derazamning oldida bir tup
O’rik oppoq bo’lib gulladi… O’rik oppoq bo’lib gulladi…
15.Zulfiya hayotiga oid muhim sanalar:
1915-yil 1-mart- Zulfiya Isroilova Toshkentning o’qchi mahallasida hunarmand oilasida tug’ildi.
Otasi zahmatkash temirchi edi, onasi Xadicha opa esa juda ko’p qo’shiq, ertak, afsona va dostonlar bilar, bolalariga aytib berar edi.
1922-1931-yillarda Zulfiya o’rta maktabda o’qidi.
1931-1934-yillar Toshkent xotin-qizlar pedagogika bilim yurtida o’qiydi. Adabiyotga bo’lgan qiziqishi kuchaydi. Navoiy, Pushkin, Abdulla Qodiriy, G’ayratiy asarlarini, Uyg’un va Hamid olimjon ijodini qiziqib kuzatdi. Adabiy to’garaklarga qatnashdi va she’rlar mashq qildi.
1931-yil 17-iyul birinchi she’ri “Men istagan qiz” “Ishchi” gazetasida bosilib chiqdi.
1932-yil- Hamid Olimjon bilan uchrashadi. Shu yili 18 yoshli shoiraning “Hayot varaqlari nomli 1-she’rlar to’plami chop etiladi.
1933-1935-yil- Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutida o’qiydi.
1935-1938-yillar O’zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi til-adabiyot institutida aspiranturada o’qiydi.
1938-1940-yillar Respublika bolalar va yoshlar adabiyoti nashriyotida muharrir bo’lib ishlaydi.
1938-1939-yillar Shoiraning 2 ta she’rlar to’plami “She’rlar” va “Qizlar qo’shig’i” chop etiladi.
1943-yil “Hulkar “ kitobi, “Uni Farhod der edilar” poemasi nashr etiladi.
1944-yil “Hijron kunlarida” she’riy to’plami hamda rus tlida “Vernost” to’plamini nashr ettirdi. Shu yili Hamid Olimjon vafotiga atab “Kechir, qoldim g’aflatda ,“ “Yulduz “ , “Ne baloga etding mubtalo “ , “Sen qaydasan, yuragim”, “Ko’rganmiding ko’zlarimda yosh”, “Bahor keldi seni so’roqlab” she’rlarini yozadi.
1950-1954-yillarda O’zbekiston xotin qizlari jurnali “Saodat” da bo’lim boshlig’I, 1954-yildan so’ng 30 yil davomida jurnalda bosh muharrir bo’lib ishladi.
1950-yildan to umrining so’nggi yillarigacha “Men tongni kuylayman”, “Dugonalar bilan suhbat”, “Yuragimga yaqin kishilar”, “Kuylarim sizga”, “Visol”, “Yillar,yillar” ,”Kamalak”, “Shalola” she’riy kitoblari chop etildi.
Ushbu yillarda shuningdek, “Oydin” ocherki, “Mushoira” she’ri, “Zaynab va Omon” operasi librettosi, “O’ylar” adabiy maqolalar kitobi, “Quyoshli qalam” poemasi , 2 jildlik “Asarlar” to’plami chop etildi.
Zulfiya umri davomida O’zbekiston xalq shoiri unvoni (1965), Javoharla’l Neru nomidagi xalqaro mukofot (1967) , “Nilufar” nomli xalqaro mukofot (1970) , Bolgariya xalq respublikasining 1-darajali “Kirill va Mefodiy ordeni”(1972) , Mehnat qahramoni unvoni (1984), Hamza nomidagi Davlat mukofoti (1976) ga sazovor bo’lgan.
1997-yil Ozbek xalqining shoirasi Zulfiya Isroilova vafot etdi.
O’quvchi:
Hamon e’tiqodim haqiqat, haqdir
So’zlayman yuzimni tutib Ka’baga,
Yemira olmaydi o’tkinchi taqdir,
Osuda o’tadi ruhim abadga.
E’zozlar, ardog’lar uchun tashakkur,
Asli siz oftobim, men ziyosiman.
Tonglaringiz kulsin dorilomon, hur,
Baxtim shul o’zbekning Zulfiyasiman.
O’quvchi: “Xalqimga aytar so’zlarim”
O’zing tashna etding, o’zing suv tutding,
Qalbimdagi sahrom, daryomsan, xalqim!
Seni seva-seva men boyib ketdim,
Dunyo ichra topgan dunyomsan, xalqim!
Yurak chaqmoq tekkan osmon yuziday,
Lekin e’tiqodim, iymonim butun,
Umrimda qilganim ozmi ko’pimdan,
Mehrim daryosidan serobman bugun.
Menga Navoiydan ayting alla deb, Lutfiydan ongimga ziyo taratding,
Qiynalgan olamga bo’lgin dalda deb
Asli o’zing meni shoir yaratding…
Yosh shuur, kurashchan tuyg’ular bilan
Sening taqdiringga mahkam tutashdim’
Ne-ne g’animlar-la kurashganing on
Ko’pning biri bo’lib malhamga shoshdim.
Sarg’aygan dashtlarga berding yashil qon,
Tuproq tepalarda shahar ko’tarding:
Har bir g’alabangni ko’rgan suyuk on
Dildagi o’z g’amim kuyi cho’kardi.
O’quvchiLaylo)
Yo’l yurdim, sog’indim, to’kildi baytim
Xorijning shomlari, saharlarida,
Ezgu istaklaring jaranglab aytdim
Osiyo,Afrika minbarlarida.
Paxta xirmonining o’sdi bo’ylari,
Tanidi, tan oldi yaqin-u yiroq
G’ururdan dengizday to’lib kuyladim,
Tolelar tiladim bundan yorqinroq.
Maktublar yozding sen, maktublar bitdim,
Goh ko’zga man qalqib, gohida xushbaxt.
She’r bilan, so’z bilan qalbingga yetdim,
O’sha qalb men uchun eng sharafli taxt.
Ko’zim ustidasan bu tug’yonli dam,
Sen bilan taqdirdosh kunduzli bo’ldim.
Seni deb siyladi umr, aziz vatan.
E’zozli bo’ldim men, yulduzli bo’ldim.
Hali bor oldimda o’tmagan burchim
O’tayman ko’zimda tirik tursa nur
Umrimdagi barcha fasllar uchun
O’ziga bek xalqim, senga tashakkur.
O’quvchi: (Aziza)
O’zbek she’riyatining otashnafas shoiralaridan biri, inson ruhiyati dunyosining betakror kuychisi Zulfiyani bilmaydigan, uning she’rlaridan yod olmagan o’quvchi orangizda topilmasa kerak. Sevimli shoiramiz o’z she’rlari bilan ezgulikka, nafosatga oshno etib, oppoq tong sari yetaklab, qalb harorati bilan isitib kelmoqda.
O’quvchi: (Oqilaxon)
Zilfiyaning ijodiy kamolotida turmush o’rtog’I Hamid Olimjonning ta’siri, shubhasiz, katta bo’ldi.Hayotda ham, ijodda ham hamfikr, hammaslak Hamid Olimjonning vafoti shoira ruhiyatiga qattiq ta’sir qiladi. Shoirsiz kechgan bahorlar Zulfiya uchun juda og’ir bo’ldi.
“Ne baloga etding mubtalo” (Mahliyo)
O’quvchi: (Dilshoda)
Zulfiyaxonimning ovozi, qalbi, ayol nazokati, mo’tabar inson orzusini kuylagan she’rlari faqat O’zbekistondagina emas, butun Osiyoda, jahonda kezib yuribdi. Zulfiyaxonim jamoat arbobi, xorijlik yozuvchilar mehmoni sifatida juda ko’p mamlakatlarda bo’ldi. Zulfiya haqida zamondoshlari samimiy fikrlarni bildirishgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |