Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Kayumars afsonasi.
Hikoya qilinishicha, Kayumars adolatli, ko‘p joylarni 
obod etgan podshohdir. Kayumarsning Pushang otli o‘g‘li bo‘lgan. U Damovand 
tog‘larida yurgan. Pushangning dushmanlari dev va jinlar edi. Bir kuni Pushang 
sajdaga bosh ekkan vaqtida ustiga tog‘ni qulatib o‘ldiradilar. Bu fojiadan hech 
kimning xabari bo‘lmaydi. Lekin Kayumarsning ko‘ngliga qattiq g‘ashlik va 
g‘amginlik tushadi. U o‘g‘lidan xavotirlanib tog‘ sari yo‘l oladi. O‘g‘li uning 
istiqboliga chiqmaganidan ko‘ngli battar qorong‘ulashadi. Shu payt bir qushning 
qaqttiq nolasini eshitadi. Qush tomon yaqinlashsa, qush undan yana uzoqlashib 
nolishida davom etar edi. Qush Kayumarsni shu yo‘sinda Damovand tog‘i 
tepasigacha olib boradi va u yerda o‘glining jasadiga duch keladi. Qushning nolasi 
shum xabar ekanini angladi. Kayumars Damovand tog‘i ustida anchagacha yig‘lab 
o‘tiradi. U o‘g‘lining jasadini nima qilishini bilmas edi. Shunda bir chuqur bino 
bo‘ldi. Kayumars o‘g‘lining jonsiz tanasini yuvib o‘sha chohga ko‘mdi. 
Chuqurning yoniga esa dev va jinlarni yo‘latmaslik uchun olov yoqdi. Olovning 
dudi hamon o‘sha tog‘ ustida ko‘rinib turar emish. 
Bir kecha tushida bir chol Kayumarsga o‘g‘lini qaysidir joydagi devlar 
o‘ldirganidan xabardor qiladi. Kayumars uyg‘onib shukur qildi, o‘g‘liga tortiq qilib 
olib kelgan narsalarini unga hamisha hamroh bo‘lgan qushlarga sochdi va u yerdan 
ketdi. 
Keyinchalik Kayumarsning yana boshqa g‘oyat quvvatli va dilbar farzandlari 
bo‘ldi. Ularning ichidan birini boshliq qilib tayinladi. So‘ng ularga: 
“Birodaringizni devlar o‘lqirishgan, men o‘shalar oldiga boraman, toki ular boshqa 
farzandlarimga ziyon yetkaza olishmasin”, – dedi. Unga o‘g‘illari hamrohlik 
qilishmoqchi bo‘ladi, lekin Kayumars rozi bo‘lmaydi. U yo‘lda ketayotib bir oq 
xo‘rozni ko‘radi. Xo‘roz yo‘l boshida turib chaqirar edi. Sal nariroqda esa bir 
makiyonni ilon o‘rab olgan. Xo‘roz qichqirib ilonga tashlanar, uni o‘ldirishga 
urinar edi. Bu holatdan Kayumars hayratlandi. “Agar o‘z juftini qutqarishga 


66 
harakat qilar ekan, demak, bu jonivorning ta’bi ham inson farzandining ta’biga 
o‘xshash ekan”, dedi. Kayumars bir tosh olib ilonni urib o‘ldirdi va xo‘roz bilan 
makiyonni olib o‘g‘illariga keltirib berdi. Bularni asrang, deb topshirdi. Shundan 
buyon Ajam elida tovuqlar har bir xonadonda bor. Ular bor uyda devlar 
yaqinlashmas emish. Xo‘rozning qichqirishi yaxshilik foli hisoblanadi. Ammo 
xo‘rozning kechki vaqtda qichqirishi yaxshilik alomati emas. Chunki o‘sha oq 
xo‘roz bir kun kechqurun qichqirganida odamlar hayron bo‘lib qarshsa, Kayumars 
o‘lgan ekan. O‘shandan buyon bevaqt chaqirgan xo‘rozni so‘yishadi. 
Aytishlaricha, Kayumars vafot etgan joy Balx shahridir. Balx shahrini Kayumars 
o‘zi bino qilgan edi. Kayumars atrof yerlardagi dev va parilarni yengib qaytgan va 
ko‘p joylarni obod etgan edi. Vaqtlar o‘tib bu yerlarga ancha odam yig‘ilib 
o‘rnashgach, Kayumars ularni o‘z tasarrufiga uyushtirib, o‘zi podshoh bo‘lgan edi. 
Kayumars odillik bila hukmronlik qilgan. Kamtarona hayot kechirgan. 
Odamlarga matodan kiyim tikib kiyishni ham u o‘rgatgan edi. Kayumars yetti yuz 
yil yashagandan so‘ng vafot etgan. Shundan so‘ng hokimiyat tepasiga Shuhang 
chiqqan. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish