`
Havoning ionlashuvi
.
Sinf xonalari va boshqa binolarni shamollatish havoning
kimyoviy tarkibini o’zgartiribgina qolmay, balki havoning elektr zaryadi va ion
tarkibiga ham ta’sir qiladi.
Ma’lumki, toza havoda teng miqdorda manfiy va musbat ionlar bo’ladi. Odam
ko’p bo’ladigan bino havosida nafas organlariga yaxshi ta’sir ko’rsatadigan manfiy
ionlar soni kamayib qoladi, binolar shamollatilganida esa tashqaridan manfiy ionlar
keladi.
Yopiq binolar havosining ion tarkibini yaxshilash uchun ionizatorlar deb
ataladigan maxsus asboblardan foydalanish mumkin. Bu asboblar havoga ionlar
tarqatadi va shu yo’l bilan uning xossalarini yaxshilaydi.
Havoning harorat rejimi
. Zamonaviy maktab binolarida mutadil harorat
rejimini saqlab turish uchun ko’pincha past bosimli suv bilan markazdan turib
isitadigan tizimi o’rnatiladi. Biroq yana pechka bilan isitish usuli ham uchrab turadi,
buni ba’zan mahalliy isitish usuli ham deb yuritiladi.
Normal ish uchun sinfda harorat 16-22° atrofida bo’lishi zarur, rekreatsion
binolar (tanaffuslar vaqtida bolalar chiqib yuradigan keng koridorlar) va fizkultura
zallarida harorat kamida +14° bo’lishi kerak, chunki bu joylarda bolalar harakat qilib
turadi.
Past bosimda suv bilan markazdan turib isitish tizimi bolalar muassasalari uchun
juda qulay. U binolarda haroratning bir tekis bo’lishini ta’minlab beradi, havoni
ortiqcha quritib yubormaydi, isituvchi asboblarda (radiatorlarda) chang qo’nmaydi.
Bolalar jarohat olmasliklari uchun radiatorlar yog’och to’siqlar bilan to’silgan bo’lishi
kerak.
Sinf xonasining havo tarkibi va mikroiqlimi
.
Sinf xonasi tarkibidagi uglerod
(CO
2
) - oksid miqdori 0,07-0,1% dan oshmasligi kerak (ruhsat yetilgan miqdor - 0,03-
0,04%), havo tarkibida uglerod (CO
2
) - oksid ko’payib ketsa, o’quvchilar asab
tizimining tez charchab qolishiga va o’tilgan fanlarni o’zlashtirilish darajasining
pasayishiga sabab bo’ladi. Ayniqsa, qish faslida boshlanqich sinflarda ba’zi
o’quvchilar dars paytlarida uxlab qoladi. Bunga xona havosida uglerod (CO
2
)
oksidining ko’payib ketishi sabab bo’ladi. Shuning uchun tanaffus vaqtida va dars
mobaynida fortochkalar ochilib, sinf havosini yangilab turish zarur.
Sinf xonasida har bir o’quvchi uchun 4,5-5 m
3
havo to’g’ri kelishi lozim. Bir
soatlik dars davomida har bir o’quvchi uchun 16-26 m
3
havo mo’ljallanadi. Shuning
uchun qish faslida dars vaqtida fortochkalarni har 10-15 daqiqada 0,5; 1,0 daqiqaga
ochib havoni yangilab turilishi, yilning issiq fasllarida esa sinf derazalarini dars vaqtida
umuman ochiq qo’yish kerak.Sinf harorati 16-18
0
C, nisbiy namlik 40-60%, havoning
yo’nalish tezligi 0,1 m/s bo’lishi kerak.
O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya darsini deyarli yil davomida
(yog’ingarchiliksiz kunlarda) ochiq havoda o’tkazgan ma’qul.Dars vaqtida sport
zalining harorati 14-15 °C, nisbiy namlik 40-60% va havoning yo’nalish tezligi 0,2-
0,3 m/s dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |