XULOSA
1. Eronshunoslikda evfemik va disfemik ma’noli vositalarni o‘rganish dolzarb
masala sifatida kun tartibiga qo‘yilmagan. Bugungi kunda nutqiy strukturani ilmiy
tadqiq qilish muammosi doirasida mazkur vositalarni ham tadqiq qilish dolzarb
masaladir.
2. Lisoniy hodisalarni ilmiy o‘rganish zamon bilan hamqadam rivojlanadi.
Shunga muvofiq ravishda, har bir davrda o‘rganish ob’ektining yangidan-yangi
qirralari namoyon bo‘ladi. Evfemik birliklarning mohiyati asosan tabu hodisasi
bilan bog‘lab o‘rganilmasdan, ularga nafaqat qo‘llanishi ijtimoiy taqiqlangan til
birliklari o‘rnida ishlatiluvchi vositalar sifatida, balki uslubiy bo‘yoq, nutqiy
bezamlilik, fikrni nozik bayon etish, qolaversa, sharqona madaniyatga xos hurmat
maqsadida qo‘llanuvchi, so‘zlovchining manipulyativ taktikasini ta’minlovchi kabi
vositalar sifatida ham qaralmog‘i lozim.
3. Evfema va tabu tushunchalari uzviydir. Evfema dastlab diniy, keyinchalik
dunyoviy fikrlash, masalan, axloq-odob normalari, muomala odobi talabi asosida
shakllangan. Evfema qo‘llash uzoq tarixga ega bo‘lsa-da, eng kam o‘rganilgan.
Uning qo‘llanish doirasi, sababi, o‘rganish ob’ekti tor tushunilgan, unga aytilishi
man etilgan predmetlar nomini yashiruvchi, til egalarini har xil xavflardan,
baxtsizliklardan saqlovchi “
xaloskor
” vosita deb qaralgan.
4. Faktlar hozirgi fors nutqining evfemik qatlami tilning o‘zi kabi tarixiy-
evolyutsion jarayonini kechiruvchi soha - uslubshunoslikning tarkibiy qismi
sifatida baholash: tasviriy ob’ektini aniqlash, semantik, uslubiy-funksional
61
tasniflash, uslubshunoslik va uning vazifaviy turlariga munosabatini aniqlash
kabilarga imkon beradi.
5. Evfema metaforik, metonimik, sinekdoxaviy, funksiyadoshlik ko‘chimlar
asosida shakllangan.
6. Evfema ma’no va shakl jihatdan nomutanosib (asimmetrik) hodisa, majoziy
ma’no ifodalaganligidan, uni tilning biron sathida o‘rganib bo‘lmaydi.
7. Evfemik vositalar evfemik sinonimiyani hosil qiladi. Evfemik sinonimlar
inson tafakkurining tasviriy vositalar “
kashf etish
” faoliyatidir.
8. Evfemik vositalar sinonimiyaning shakllanish sababini, boyish manbaini
ko‘rsatishdan tashqari, semantik-funksional lug‘at tuzish, ularning tematik, izohli
turlarini yaratishga imkon beradi.
9. Evfemik nutq asosan badiiy, publisistik, so‘zlashuv nutqining tarkibiy
qismi bo‘lib, masalaning o‘rganilishi nutqning vazifaviy turlarini xususiy planda
yoritishga yo‘l ochadi.
10. Fors tilida ismiy va fe’liy evfemizmlarning quyidagi semantik guruhlari
ajratildi: o‘lim bilan bog‘liq, axloq bilan bog‘liq, kambag‘allik bilan bog‘liq,
yolg‘onchilik bilan bog‘liq, tana tuzilishi bilan bog‘liq, yomon odatlar bilan
bog‘liq, qallob va ayyorlar bilan bog‘liq va qizg‘anchiqlikni bildiruvchi
evfemizmlar.
11. Fors tilida disfemizmlarning mavzu doirasi evfemizmlarga nisbatan ancha
tor va u so‘kish, haqorat, qarg‘ish, kinoya, masxara ifodalovchi birliklar
guruhlaridan iborat.
12. Fors tilida disfemik birliklar sirasida kontekstual ma’nodoshlik, zid
ma’nolilik holatlari e’tiborga molik.
13. Fors tilida disfemik birliklar ma’noviy ko‘lami jihatidan monosemantik va
polisemantik birliklarga bo‘linadi.
62
Do'stlaringiz bilan baham: |