41
Deviant xulqni tashhis etishda qiyoslash metodi bilan bir davrda
longityud (uzluksiz) metodi ham qo’llanadi. Uning boshqa metodlardan farqi
bir yoki bir nechta sinaluvchilar uzoq muddat, hatto, o’n yillab tekshirilishidir.
Mazkur metod orqali bir xil jinsli (Xasan-Husan, Fotima-Zuhra) yoki
aralash jinsli (Xasan-Zuhra, Fotima-Husan) egizaklar kuzatilgan. SHuning
uchun qator tadqiqotlarning «ona kundaligi» (N. A. Menchinskaya, V. S.
Muxina) deb nomlanishi bejiz emas. Uzoq vaqt-bir shaxsni (kichik guruhni)
kuzatish unda paydo bo’layotgan yangi fazilatlarning rivojlanish
dinamikasini,
xulq-atvoridagi illatlarni (xatti-xarakat) va ularning oldini olish tadbirlarini,
murakkab psixologik munosabatlari, ichki bog’lanish qonuniyati, mexanizmi
to’g’risida mukammal,
ishonchli, barqaror ma`lumotlar to’plash imkonini
yaratadi.
Longityud metodi yordamida sub`ektiv omillarning o’ziga xosligini, ob`ektiv
shart-sharoitlar va ijtimoiy muhitningsinaluvchiga ta`sirini o’rganiladi.
Psixologiya sohalarida (psixofiziologiya, kosmos, tibbiyot psixologiyasi,
injenerlik yoki aviatsiya psixologiyasida tadqiqot ob`ektiga sistemali
yondashish printsipi amalga oshirilmoqda. Kompleks metod yordamida
o’rganilayotgan ob`ektdagi o’zgarishlar turli nuqtai nazardan
tahlil qilinadi yoki
ularga har xil yondashiladi. Masalan, bolada oddiy bilimlarni o’zlashtirish
xususiyati psixologik jihatdan tekshirilayotgan bo’lsa, kompleks yondashish
ta`sirida ana shu o’zlashtirishning falsafiy, mantiqiy,
fiziologik, ijtimoiy, biologik
xususiyatlari yoritiladi. Aytaylik, keksayishning biologik omillarini o’rganish
uning psixologik, fiziologik, mantiqiy jihatlarini yoritishga xizmat qiladi.
Kompleks dastur yordamida amalga oshirilgan tadqiqot natijasi ilmiy
ahamiyatga molik bo’lib, insonshunoslik muammolarini hal qilishda katta
yordam beradi. [2.23. 224-c]
Ilmiy tadqiqot metodlarining ikkinchi guruhiempirik metodlardan iborat
bo’lib, bu guruhga kuzatish (o’zini o’zi kuzatish), eksperiment (tabiiy, labo-
ratoriya), test, anketa, so’rov, sotsiometriya, suhbat, intervyu, faoliyat
jarayoni va uning maxsulini tahlil qilish, tarjimai hol (shaxsiy guvohnoma,
42
hujjat, turmush faoliyati voqealarini tahlil qilish) kabilar kiradi va ular
sinash, tekshirish, diagnoz (aniqlash) va prognoz (oldindan belgilash)
vazifalarini bajaradi. Insonda tug’ilganidan umrining oxirigacha sodir
bo’ladigan psixologik o’zgarishlarni chuqurroq va ob`ektivroq tadqiq, etish
uchun empirik metodlardan navbati bilan foydalanish yaxshi natija beradi.
Ilmiy tadqiqot metodlarining uchinchi guruhi
natijalarni qayta ishlashga
mo’ljallangan bo’lib, ular statistik (miqdor) va psixologik (sifat) tahlil
turlariga bo’linadi. Psixologik-pedagogik tadqiqotlarda ko’pincha quyidagi
statistik metodlardan foydalaniladi.
To’plangan miqdorlarni ishlab chiqishda mana bu formulalarni qo’llash
mumkin:
1)
Do'stlaringiz bilan baham: