Nabijonova munojatning



Download 1,5 Mb.
bet4/5
Sana22.07.2022
Hajmi1,5 Mb.
#837378
1   2   3   4   5
Bog'liq
10 sinf Ko\'chirma va o\'zlashtirma gaplarning uslubiyati (восстановлен)

III. Yangi mavzu bayoni:
O‘qituvchi yangi mavzuni e’lon qiladi, o‘quvchilar daftarlarga yozadilar.
O‘quvchilarning yozuvlari ko’rib chiqiladi va rag’batlantiriladi.
- O‘quvchilar, bugun biz sizlar bilan “ Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar uslubiyati ” mavzusini o‘rganamiz.
- Mana endi, sizlar, nimani yaxshi bilib olishlaring kerak.
- Demak, ko’chirma gap va o’zlashtirma gaplar uslubiyati qanday bo‘lishini, nutqingizda bu gaplarni qanday qo‘llashingizni va bu boradagi bilimlaringizni mustahkamlab olishni xohlaysizlar.
Darslikdan 93- sahifadan yangi mavzuni topamiz. Yangi mavzu 1- topshiriqni bajarishdan boshlanadi. Berilgan ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantiring, deyilgan.

  1. Ichkaridan xotinining beshikni mushtlagani, zardali tovushi eshitildi: Ovozi o‘chsa, koshkiydi! To‘qqiz kechasida jin tekkan bunga! ( O‘. Hoshimov)

  2. Abduzafar akning ichi achidi: Hali ham o‘tmadimi? Sanatoriy naf qildi, degan eding-ku? ( Ahmad A’zam)

  3. Begimqul… to ‘satdan ko‘zini qisib: Menga qara, og‘ayni,- dedi.- Bir gap aytsam xafa bo‘lmaysanmi? ( O. Yoqubov)

  4. Ahmadqul bobom odamlar to‘plangan kata mehmonxonadan yugurib chiqib: Hamzaxon, - deb qattiq chaqirdi, - yoningga bir kishini olgin-da, borib Eracholni zambilga solib olib kelinglar, u mening yetmish yillik qadrdonim bo‘ladi-ya, og‘ir kunimda yonimda tursin… ( X. To‘xtaboyev )

Guruhlar bu gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantiradilar va qanday o‘zgarish bo‘lganligini tushuntiradilar.



  1. Ichkaridan xotinining chaqaloqning ovozi o‘chishini va unga to‘qqiz kunda jin tekkanligini aytib beshikni mushtlagani, zardali tovushi eshitildi.

  2. Abduzafar aka sanatoriy naf qilmagani va kasallikning hali ham o‘tib ketmagani uchun ichi achidi.

  3. Begimqul og‘aynisiga bir gap aytsa xafa bo‘lmasligini so‘rab ko‘zini qisdi.

  4. Ahmadqul bobom odamlar to‘plangan mehmonxonadan yugurib chiqib, Hamzaxonga yoniga bir kishini olib , Erkacholni zambilga solib olib kelishni, u yetmish yillik qadrdoni ekanligi, og‘ir kunda yonida turishini aytib qattiq tayinladi.

Demak, ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda maqsad aniq ifoda etiladi.
Ular o‘zlashtirma gaplarga aylantirilganda esa bir oz o‘zgaradi. Lekin og‘zaki nutqimizda ko ‘proq o‘zlashtirma gaplardan foydalanamiz.
Monitorda qoidalar ko’rsatiladi. O‘qituvchi qoidalarni tushuntirib o‘tadi.

Yodingizda tuting.
Ko‘chirma gaplarning uslubiy-tasviriy imkoniyatlari juda katta. O‘zganing hech bir o‘zgarishsiz, aynanberiladigan gapi, ayniqsa, badiiy asarda qahramon qiyofasini chizishda, to‘laqonli obraz yaratishda, turli ruhiy holatlarni asvirlashda alohida o‘rin tutadi.
Ko‘chirma gap muallif gapi bilan birga o‘ziga xos qo‘shma gap turini tashkil etadi. Badiiy uslubdagi tasvir maqsadiga uyg‘un ravishda bu qo‘shma gap sodda gapga aylantrilishi mumkin.
O‘zlashtirma gap deb yuritiladigan bu sodda gap ko‘chirma gapli qo‘shma gap bilan ma’nodoshlik hosil qiladi.





O’zlashtirma gap:
Do‘stim O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga a‘zo bo‘lganligini mamnunlik bilan aytdi.

Ko’chirma gapli qo’shma gap:
Men O‘zbekiston Yoshlar ittifoqiga a’zo bo‘ldim, - dedi mamnunlik bilan do‘stim.

O’zlashtirma gap:




O‘qituvchi : Endi 107- mashqni bajarishda “ Zinapoya” usulidan foydalanamiz. Har bir zinaning o‘z savollari bo‘ladi. O‘quvchilar birma-bir savollarga javob beradilar.

  1. guruhga ushbu gap beriladi:

Mirzaabdulla ashulani to‘xtatib uni turg‘izdi. Sudrab tashqariga
opchiqib ketdi: - Shu yerda turib aytasan. Hamma eshitadigan qilib qattiq-qattiq ayt!
2-guruhga: U bir lahza jim qoldi-da, o‘ziga gapirganday sekin qo‘shib qo‘ydi: Pashanba kuni Komil tabibning uyiga boruvdim. Har kuni nahorga bir kosadan qo ‘y suti ichsa, dard ko ‘rmaganday bo ‘lib ketadi, -dedi.

Qolip
3-guruhga: O ‘rtadagi yaltiroq stolga popukli qalin dasturxon yozarkan, bilinar-bilinmas kulimsirab: - Xizmatlar yaxshi o ‘tyaptimi,Hikmat aka? – deb so ‘radi.

Sintaktik tahlil

Morfologik tahlil


Fonetik tahlil

Guruhlar gaplarni zina bo ‘yicha tahlil qiladilar.



Fonetik tahlil

Jarangli: m, r, z, b, d, l, n, g ‘, g, y
Jarangsiz: sh, t, s, q, p, ch, k

Sintaktik tahlil

Fe’l: to ‘xtatib, turg ‘izdi, sudrab obchiqib ketdi

Mirzaabdulla ashulani to ‘xtatib uni turg ‘izdi, sudrab
__________ ----------- ……………. ---- ======= ………….
tashqariga opchiqib ketdi:- Shu yerda turib aytasan.
………………. ============== ……………… =============

Morfologik tahlil

Ot: Mirzaabdulla, ashula, yer
Sifat: -
Son: -
Olmosh: u, shu
Ravish : tashqari

Qolip

M: “ K!”

Qolgan gaplarni ham shu tartibda tahlil qiladilar. Faol o ‘quvchilar rag‘batlantirib boriladi. Ko ‘chirma gaplarning muallif gapi bilan munosabati haqida fikrlashildi.


Shundan so‘ng 108-mashq bajarildi. Berilgan o‘zlashtirma gaplarni ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarga aylantirish mumkinmi? Hosil bo‘lgan ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gap bilan qiyoslang. Mazmundagi farqli holatlarni tushuntiring.
O‘quvchilar bu mashqni daftarga yozma bajardilar.
1. Qurvonbibi bir nafas tinmasdan, Zebini maqtab gapirar, uning dutor chalishi, ashula aytishi, chok tikishi, to‘ppi bosishlarini hikoya qilar, yurish-turishlari , qaddi- qomati, ko‘zlari va qoshlarining chiroyliligini aytar edi. ( Cho‘lpon )
Qurvonbibi bir nafas tinmasdan Zebini maqtab gapirardi:- Dutor chalishing, ashula aytishing, chok tikishing, to‘ppi bosishing, yurish-turishing, qaddi-qomating, ko‘zlaring va qoshlaring juda chiroyli.
2. Majlisning boshlig‘i bo‘lgan Otabek qipchoqlarning zulm va taadisini, qipchoqlaridan ishni olmoq uchun Toshkandda Azizbek va o‘z otasi boshliq bilfe’l ish boshlaganlarini so‘zlab, Marg ‘ilonning ham mundan so‘ng oyoqqa qalqishi kerakligini aytdi… ( Abdulla Qodiriy)
Majlisning boshlig‘I bo‘lgan Otabek: - Qipchoqlarning zulm va taaddisi oshgan, Toshkandda Azizbek va otam qipchoqlardan ishni olmoq uchun ish boshlaganlar, mundin so‘ng Marg‘ilon ham oyoqqa qalqishi kerak,- dedi.
Qolgan gaplar ham shu tartibda yakunlanadi.
Darslikdagi 109- mashq og‘zaki bajariladi, o‘quvchilar ko‘chirma gaplarni turli o‘rinlarda qo‘llab ko ‘radilar. O‘qituvchi berilgan namunani tushuntirib o‘tdi.

1. Onam menga tushuntirdi: - Biz Rais boboning uyiga qo‘ndik. Bir-ikki yil turamiz. Keyin yanaa rayonga qaytib ketamiz.

2. Onam qayrilib qarab: - Gapim esingdan chiqmasin, Sodiq! Haligi kitobingni o‘qi!- dedi.

3. Zohid uning fikrini uqib:- Oq it, qora it- baribir itmi?- dedi piching bilan.

4. Kechki ovqatdan so‘ng mezbonlar ketishgach, Manzura Abdulhamiddan so‘radi:- Nishon to‘yi deyishdi, u nima degani?

Biz Rais boboning uyiga qo ‘ndik. Bir-ikki yil turamiz,-onam menga tushuntirdi.-Keyin yana rayonga qaytib ketamiz.

-Gapim esingdan chiqmasin, Sodiq!- dedi onam qayrilib qarab.- Haligi kitobingni o‘qi!

- Oq it, qora it- baribir itmi?- dedi piching bilan Zohid uning fikrini uqib.

- Nishon to‘yi deyishdi,- Kechki ovqatdan so‘ng mezbonlar ketishgach, Manzura Abdulhamiddan so‘radi.- u nima degani?

-Biz Rais boboning uyiga qo‘ndik. Bir-ikki yil turamiz. Keyin yanaa rayonga qaytib ketamiz. – deb onam menga tushuntirdi.

- Gapim esingdan chiqmasin, Sodiq! Haligi kitobingni o‘qi!- dedi onam qayrilib qarab.




- Nishon to‘yi deyishdi, u nima degani?- Kechki ovqatdan so‘ng mezbonlar ketishgach, Manzura Abdulhamiddan so‘radi.

Munozarali mashqdan so’ng, 110- mashq bajariladi. O’qing. Ko’chirma gaplarni o ‘zlashtirma gaplarga aylantirib ko’chiring. O’quvchilar “ Kim chaqqon“ o’yini orqali ko’chirma gaplarni o ‘zlashtirma gaplarga aylantirib yozadilar.



  1. Lekin Qosimtoy odamlari Ibrohimning qochganini ko‘rganligini , so ‘raganda rostini aytmasa, boshi kesilishini aytib, unga ishonmadi.

  2. Tepalik ustidan buning hammasini ko ‘rib turgan Bobur yog ‘iy Dehlini bekitmoqchi ekanligini aytdi..

  3. Niyoz chodirga yaqinlashganlarida uning uchun bir kunini ajrata olishini so ‘radi.

  4. Podpolkovnik Maqsud Soliyev kirgach, o ‘rnidan turib peshvoz chiqdi va unga tabriklab rahmat aytdi.

O‘quvchilar yozib bo‘lib o ‘qib beradilar, o ‘qituvchi ularnin fikrlarini to‘ldiradi va rag‘batlantiradi.



Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish