6.10.2-jadval
“C” sinfining quyi tarmoqlarga bo‘linishi
Manzillar
Soni
|
Maska
|
10-lik
|
16-lik
|
Oxirgi 8 ta bitning qiymati
|
256
|
255.255.255.0
|
FFFFFF00
|
0000 0000
|
128
|
255.255.255.128
|
FFFFFF80
|
1000 0000
|
64
|
255.255.255.192
|
FFFFFFC0
|
1100 0000
|
32
|
255.255.255.224
|
FFFFFFE0
|
1110 0000
|
16
|
255.255.255.240
|
FFFFFFF0
|
1111 0000
|
8
|
255.255.255.248
|
FFFFFFF80
|
1111 1000
|
4
|
255.255.255.252
|
FFFFFFFC
|
1111 1100
|
IP manzilni qo‘l bilan yoki avtomatik ravishda kiritiladi.
5.10.1-rasm. IP manzilni qo‘l bilan yoki avtomatik ravishda kiritilishi.
IP manzilni avtomatik ravishda belgilash uchun DHCP(Dunamic Host Configuration Protocol) protokoli qo‘llaniladi - uzellarni dinamik konfiguratsiyalash protokoli.
DHCP bevosita TCP/IP stek parametrlarini ishchi stansiyada avtomatik o‘zgartirishga imkon beradi. Bu yerda 2 ta uslub qo‘llaniladi:
- statik;
- dinamik.
DHCP server ishchi stansiyaga statik uslubda IP manzilni belgilashda, unda oldin berilgan IP manzilni belgilab beradi. Dinamik uslubda yesa manzil ijaraga beriladi. Ijara vaqti tugagach, manzil boshqa ishchi stansiyaga beriladi. Ya’ni uzel tarmoq bilan ishlamaydigan bo‘lsa, uning manzili boshqa uzelga beriladi, natijada IP manzillarni tejash mumkin bo‘ladi.
Tarmoqda IP manzillarni belgilashda maxsus IP-kalkulyatorlardan foydalansa bo‘ladi, masalan
http://jodies.de/ipcalc?host=192.168.0.0&mask1=255.255.0.0&mask2=
IPv6 (ingl. Internet Protocol version 6) — IP protokolining yangi varianti, IPv4 protokolida mavjud cheklovni , ya’ni 32 bitli manzilni 128 bitli manzilga o‘zgartirish. 2014-yilda dunyoda 5000 tadan ortiq tarmoqlarda IPv6 qo‘llanilmoqda.
IPv6 ptotokolida adres 4 ta 16-lik raqamlardan iborat 8 ta guruhlangan qismdan iborat, masalan: 2001:0db8:11a3:09d7:1f34:8a2e:07a0:765d
Agar bir necha guruhlarda faqatgina 0000 bo‘lsa, ularni quyidagicha qisqartirish mumkin: 2001:0db8:0000:0000:0000:0000:ae21:ad12 adresini quyidagicha yozish mumkin 2001:db8::ae21:ad12, yoki 0000:0000:0000:0000:0000:0000:ae21:ad12 adresni ::ae21:ad12 deb yozish mumkin. Agar qisqartiriladigan to‘plamlar 2 ta bo‘lsa, u holda qisqartirish amalga oshirilmaydi, aksincha tushunmovchilik paydo bo‘ladi. Masalan, 2001::ae21::ad12 dan asl manzilni tiklab bo‘lmaydi.
URL qatorida IPv6 adres quyidagicha yoziladi:
http://[2001:0db8:11a3:09d7:1f34:8a2e:07a0:765d]/
Agar portni ko‘rsatish kerak bo‘lsa, unda quyidagicha yozamiz:
http://[2001:0db8:11a3:09d7:1f34:8a2e:07a0:765d]:8080/
Manzillarni belgilar orqali ifodalash
Sonli manzillardan tashqari belgili manzillar ham keng qo‘llaniladi. Ular qandaydir ma’noga ega bo‘lishi bilan qulay hisoblanadi. Lekin ularning uzunligi har xil bo‘lishi, ularni tarmoq bo‘yicha uzatish qiyinroq hisoblanadi.
Shu bois Internetda qo‘llaniladigan IP-manzil amaliy qatlamda belgilar bilan beriladi, ya’ni ular haqiqiy IP-manzilning mnekodi hisoblanadi.
Internetda DNS (Domain Name System) nomlarning domenli tizimi qo‘llaniladi. U daraxtsimon tarkibli bo‘lib, ichma-ich joylashgan domenlardan tashkil topishi mumkin. Ular bir-biri bilan nuqta bilan ajratiladi.
Domen – o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lgan kompyuterlar to‘plami.
6.10.2.-rasm. Domenlar daraxtsimon tizimi
Masalan,
unesco.sies.uz
bu yerda uz - 1-darajali domen, sies - 2-darajali domen, unesco - 3-darajali domen.
TCP/IP stekini asosida qurilgan tarmoqda “tarmoq uzeli” xost deyiladi (ingl. host).
Do'stlaringiz bilan baham: |